Reja: kirish madaniyaning inson hayotidagi o’rni


Ro‘znomalarda, statistik ma’lumotlarda «iqtisod va mada-niyat», «fan va madaniyat», «siyosat va madaniyat» iboralari



Yüklə 33,52 Kb.
səhifə5/9
tarix07.03.2023
ölçüsü33,52 Kb.
#86953
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Madaniyatning inson va jamiyat hayotidagi o‘

Ro‘znomalarda, statistik ma’lumotlarda «iqtisod va mada-niyat», «fan va madaniyat», «siyosat va madaniyat» iboralari ko‘p ishlatiladi, bunda madaniyat ma’naviy ustqurma yoki axloq va san’at sohalari bilan cheklangan. Ilmiy nuqtai nazardan iqtisodni,

16


siyosatni va fanni madaniyatdan tashqari turuvchi soha deb hisoblash haqiqatdan yiroqdir. Shuningdek, mumtoz qadriyatlar va san’atning buyuk namunalari, ideal va yuksak intilishlar madaniyatga taalluqli sohalar bo‘lib, oddiy, kundalik narsalar unga yotdir, degan fikrlar asossizdir. Kundalik hayotda madaniyatga faqat qadriyatlar yig‘indisi sifatida qaralishi ham to‘g‘ri emas, chunki madaniyatda insoniyatga zararli bo‘lgan, eskilik qoldiqlari, to‘liq tekshirib ko‘rilmagan «yangiliklar» kabi salbiy narsalar ham o‘zlashtirilishi mumkin.

Kundalik hayotda va fanda madaniyat atamasidan foydalanish to‘g‘risidagi mulohazalarni xulosa qilib shuni aytish mumkinki, madaniyat eng keng ma’noda insonni o‘rab turgan tabiatdan, ijtimoiy munosabatlarda va bevosita o‘zida stixiyali ravishda vujudga kelgan tayyor ma’lumotlardan foydalanishni, ongli ravishda ajratib olishni taqozo etadi. Madaniyat tabiatdan farq qiladi, an’analar, ramzlar, til, bevosita taqlid qilish va amaliy o‘rganish orqali avloddan-avlodga singdiriladi. Madaniyat shaxs tomonidan, uning sotsial jihatdan shakllanishi jarayonida o‘zlashtiriladi va asosan keng tarqalgan va ko‘pchilik qabul qilgan axloq, tafakkur va his qilishning parchalaridan tashkil topib, individual harakatlar hissasi bunda juda kamdir.


Oddiy ongda madaniyatni tushunishning xususiyati bevosita unda amaliy ishtirok etilishiga bog‘liqligidadir. Madaniy voqelik-larga inson befarq munosabatda bo‘la olmaydi. Uning qadriyatlarga munosabati va hissiy emotsional tasavvurlari bolalik davrida to‘plagan tajribasidan boshlanadi va kishining jamiyatda tutgan o‘rniga, yoshiga, mavqeiga ham bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan, u o‘ziga begona bo‘lgan urf-odatlar va xatti-harakatlarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladi.


Fan esa bevosita umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan, obyektiv haqiqatga mos tushunchalardan foydalanishi kerak.


1. Qadriyat (aksiologik) o‘lchovi asosidagi ta’rif. Bunda mada-niyat insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy qimmatlarning yig‘indisidan iborat deb talqin etiladi. Madaniyat inson faoliyatidan tashqarida mavjud emas. Baholash qadriyat nuqtai nazaridan voqelikni tahlil qilish faoliyatining tabiiy va zarur bo‘lgan shartidir. Madaniyat nimada namoyon bo‘lishidan qat’i nazar, muayyan qadriy o‘lchovga ega bo‘ladi.



17


«Madaniyat» tushunchasi taraqqiyot, tarix, inson, insonparvarlik kabi kategoriyalar bilan bir qatorda turadi. Insonning faoliyat natijasi, muayyan qadriyatlarga ega bo‘lgan voqelik predmetli aksiologik ta’rifning negizini tashkil etadi. U kishilarning ishlab chiqarish, ijtimoiy va aqliy faoliyatni qamrab oladi. Bu ta’rif kamchiliklardan ham xoli emas. U voqelikni yaxlit idrok etishga, natijalarni mexanik hisobga olishga asoslangan. Bunday yondashuv voqelikka subyektiv baho berishga imkoniyat yaratadi. Aksiologik yondashuv doirasida madaniyat faoliyat natijasi í o‘tmishga aylanib qolib, o‘tmish va hozirgi zamon bilan tabiiy aloqalar buzilishi mumkin.

2.Madaniyatni «faoliyat» tushunchasi asosida ta’riflash. Madaniyatning umumiy tabiatini idrok etishga qilingan harakat tufayli madaniyatni kishilarning ijodiy faoliyati jarayoni sifatida tushunish vujudga keldi. Faoliyat kategoriyasi o‘rganish obyekti inson bo‘lgan fanlar harakatini integratsiya qilish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Madaniyatni ijodiy faoliyat va inson faoliyatining o‘ziga xos uslubi sifatida ta’riflash konsepsiyasi bir qator muhim masalalarda bir-birini to‘ldiradi. Jamiyat nafaqat qayta qurishga, balki an’analarni, madaniy yodgorliklarni saqlab qolishga ham muhtojdir. Jamiyatning amaliy va nazariy, moddiy va ma’naviy kabi har qanday faoliyati ijodiy soha bilan birga, o‘zida faoliyat ko‘rsatish va madaniyatning o‘zlashtirish aspektlarini mujassam-lashtiradi. Ijodiyot faoliyat ko‘lami qancha katta bo‘lsa, madaniyat-ning ishlab turishi funksiyasi va kelgusi avlodlarga yetkazib berish uchun zarur bo‘lgan faoliyat ko‘lami shuncha keng bo‘ladi. Faoliyat maqsadli yo‘naltirilgan faollikdir. Inson qanchalik faol harakat qilsa, shunchalik madaniyatning «chegaralari» yo‘qolib boradi. Bu chegaralar zamon, makon va qimmat o‘lchovlariga ega. Faqatgina belgilangan vaqt intervalida inson faoliyati natijalarini to‘g‘ri tasavvur qilish va ularni rejalashtirish mumkin. Faoliyat natijasi boshlanishidan qanchalik yiroq bo‘lsa, shunchalik uning madaniyat-ga munosabati noaniqlashib boradi.





Yüklə 33,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin