Qarshilikni yengib o‘tish orqali to‘pni olib yurish To‘pni olib yurish ko‘pgina aldamchi harakatlar singari 1x1 vaziyatli o‘yin olib borishdagi asosiy vosita hisoblanadi. Dastlabki maqsad raqib o‘yinchilarini engib chiqishdan iborat. Bunining uchun barcha to‘pni olib yurish hamda aldamchi harakatlardan imkon qadar foydalaniladi.
To‘pni olib yurishda chaqqonlik, hujum uyushtirishda tezlik hamda maqsadga intiruvchanlik kerak bo‘ladi. Kutilmaganda joydan yoki engil yugurish, yugurish tezligini va yo‘nalishini o‘zgartirib bajarilgan hujumlar hamda ko‘p bora takrorlangan hujumlarni tezda yakunlargan harakatlarda ham to‘pni olib yurish harakatlari muhimdir.
Aldamchi harakatlar (Fintlar) Aldamchi harakatlar raqibni aldab o‘tishga qo‘yilgan maqsadni ongli ravishda bajarish harakati hisoblanib, raqibni xato qilishga o‘ndaydi. Aldab o‘tish harakatlarini hujumchi va himoyachilar bajarishadi (to‘p va to‘psiz). Ular individual taktik harakatlar vositasi hisoblanib, to‘pni olib yurish imkoniyatlarida, raqib o‘yinchilarini engib o‘tish va qo‘tilib hujum harakatlari uchun vaqt va masofani qo‘lga kiritishda foydalaniladi. To‘pni olib yurish harakatlari o‘yinchiga har tomonlama aldamchi harakatlardan foydalanish imkonini beridi.
Samarli aldamchi harakatlarni amalga oshirilgandan keyin qo‘lga kiritilgan imkoniyatdan foydalanib ikkinchi marotaba raqib o‘yinchilarini qarshilik qilishga qiyinchilik tug‘dirish kerak. Kutilmaganda amalga oshiriladigan aldamchi harakatlar raqibni o‘yinchilari ustidan samarali amalga oshiriladigan harakatlari bo‘lib, ikki qarama-qarshiliklardan yutib chiqish imkonini yuqoriligi bilan belgilanadi.
Foydalaniladigan aldamchi harakatlar boshqa harakatlar singari raqib zonasida amalga oshiriladi. To‘p va to‘psiz amalga oshiriladigan aldamchi harakatlarning asosiy farq bo‘lsa ham ayrimlari alohida qayd etiladi. Misol uchun, zarba berib aldash harakatlari yoki tana qismida amalga oshiriladigan aldamchi harakatlar to‘pni olib yurish vaqtida tana og‘irilik markazini o‘zgarishi raqibni noto‘g‘ri harakatga chalg‘itadi. Ko‘p hollarda tana bilan yoki qadamlab bajariladigan aldamchi harakatlar zarba va to‘p oshirish harakatlari bilan birga keladi.