109
kirishildi. Ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va
akkreditatsiyalash yo‘lga qo‘yildi. Ayni vaqtda, yangi turdagi
ta’lim muassasalari tashkil etila boshlandi.
Oliy o‘quv yurtlarida kadrlar tayyorlashni markazlash-
tirishdan hududiy yo‘nalishga o‘tkazish chora-tadbirlari ko‘rildi.
O‘quv yurtlari tarmog‘i
kengaydi, universitet ta’limi rivojlanishi
ta’minlandi. Yangi ixtisosliklar, bilimlarning yangi tarmoqlari
bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga kirishildi. Umuman,
maktab ko‘p tarmoqli tizimga o‘tkazildi. Abituriyentlar va
talabalarning bilim darajasini test va reyting usulida baholashga
o‘tildi. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar sifatiga
qo‘yilayotgan talablar hisobga olingan holda, doktoranturada
kadrlar tayyorlash tubdan qayta ko‘rib chiqildi. Jumladan, Oliy
Attestatsiya komissiyasi tashkil etildi.
Iqtidorli
bolalar va
:
o‘quvchi yoshlarni har taraflama qo‘llab-
quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Iste’dodli
o‘smir va qizlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish, ularning
qobiliyati va iste’dodini o‘stirish bo‘yicha maxsus jamg‘armalar
tashkil etildi. Qobiliyatli talaba — yoshlarni Amerika Qo‘shma
Shtatlari, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Germaniya, Buyuk
Britaniya, Rossiya Federatsiyasi va boshqa taraqqiy etgan
davlatlarning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida va ilmiy markazlarida
o‘qitish va stajirovkadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.
Ammo ta’lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi puxta
o‘zaro hamkorlik va foydali integratsiyaning
mavjud emasligi
kadrlar tayyorlash tizimidagi eng jiddiy kamchiliklardan biri
edi. Ana shunday sharoitda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A.Karimov tashabbusi va bevosita rahbarligi ostida 1997-yildan
boshlab,
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi va
izchil amalga oshirishga kirishildi.
Milliy dasturga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini tubdan
isloh qilishning muhim omillari etib
quyidagilar belgilandi:
110
—
respublikaning demokratik huquqiy davlat va adolatli
fuqarolik jamiyati qurish yo‘lidan izchil ilgarilab borayotganligi;
—
mamlakat iqtisodiyotida tub o‘zgartirishlarning
amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti, asosan,
xomashyo
yo‘nalishidan raqobatbardosh pirovard mahsulot ishlab chiqarish
yo‘liga izchil o‘tilayotganligi, mamlakat eksport salohiyatining
kengayayotganligi;
—
davlat ijtimoiy siyosatida shaxs manfaati va ta’lim
ustuvorligi qaror topganligi;
— O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyasi,
respublikaning jahondagi mavqei va obro‘-e’tiborining
mustahkamlanib borayotganligi.
Ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan
mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish,
rivojlangan
davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy axloqiy talablarga javob
beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini
yaratish, kadrlar tayyorlash Milliy dasturining maqsadi etib
belgilandi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsadini amalga oshirish
uchun
quyidagi vazifalarni hal etish belgilab qo‘yildi:
— «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi
qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish,
davlat va
nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash
sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini
yagona o‘quv ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil
rivojlantirishni ta’minlash;
—
ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga
oshirilayotgan yangilanish, rivojlangan demokratik huquqiy
davlat qurilishi jarayonlariga moslash;
—
kadrlar tayyorlash tizimi
va mazmunini mamlakatning
ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat
ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning
zamomaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish;
235
tahlil qilish, umumlashtirish, shu asosda tegishli xujjatlarni
tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘lishlari talab qilinadi. Olib
borilgan tadqiqotlar boshqaruv
xizmati mutaxassislari ish
vaqtining 30 foizdan 80 foizgachasi ana shu ma’lumotlar bilan
ishlashga sarflanishini ko‘rsatmoqda. Bu tabiiydir, chunki,
axborot bilan ishlash samarali boshqaruvning hal qiluvchi omili
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: