Reja: kirish silikatlar guruhi silikatlar minerallari haqida malumot xulosa foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 20,56 Kb.
tarix13.04.2023
ölçüsü20,56 Kb.
#97543
SILIKATLAR


SILIKATLAR SINFI

REJA:



1.KIRISH
2.SILIKATLAR GURUHI
3.SILIKATLAR MINERALLARI HAQIDA MALUMOT

4. XULOSA
5.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


Silikatlar hozirda asosiy struktura turiga qarab tasnif qilinadi.
Silikatlarning strukturasi ularning kimyoviy tarkibi bilan chambarchas
bog‘liqdir. Shuningdek, minerallarning muhim fizik xossalarini va hatto
ma'lum darajada genezisini ham aks ettiradi.
Hozir silikatlar strukturasini rentgenoskopiya usuli bilan tekshirish
natijasiga qarab quyidagi beshta kichik sinflarga bo‘linadi: 1) orolsimon,
2) zanjirsimon, 3) lentasimon, 4) varaqsimon, 5) to‘qimasimon silikatlar.
Orolsimon silikatlar Bu turdagi strukturada kremniy-kislorodli
tetraedrlar yakka-yakka, qo‘shaloq yoki bir-biri bilan halqa holida bog‘
langan 3,4 yoki 6 ta tetraedr guruhlari bo‘ladi.
Kremniy-kislorodli tetraedrlarning bu orolchalarini Mg, Ca va boshqa
kationlar ushlab turadi. Yakka tetraedrli orolsimon silikatlar kimyoviy
jihatdan tub ortosilikatlarga to‘g‘ri keladi. Orolsimon silikatlarga
minerallardan sirkon Zr2[SiO4], forsterit Mg2[SiO4] va granat kiradi.
Forsterit minerali olivin guruhiga kiradi va ular izomorf qatorni tashkil
qiladi. Bu qatorning chekka hadlari magneziyli forsterit va temirli fayalit
Fe2[SiO4] dir. Odatda, shu ikki komponentning izomorf aralashmasi olivin
(MgFe)2[SiO4]2 deb ataladi. Temir magniyli, lekin silikat kislotasi ham
bo‘lgan bu silikat asos va o‘ta asos magmatik jinslar uchun xosdir.
Granatlar (anortosh). Magmatik jinslarda kam uchraydi. U asosan
metamorflashgan jinslar uchun xosdir. Granatlarning xillari ko‘pdir.
Ularga pirop Mg3A12[SiO4]3; almandin - Fe3A12[SiO4]3; spessartin
Ca3Al2[SiO4]3; grossulyar Ca3A12[SiO4]3; andratit Ca3A12[SiO4]3; uvarovit
Ca3Cr2[8 SiO4]]3 kiradi. Hammadan ko‘p tarqalgani pushti-qizil rangdagi
temir glinezyomli granat - almandin va yashil-qo‘ng‘ ir va qoramtir ohak
temirli andradit va eng kam tarqalgan granat - yashil rangdagi ohak gilli
grossulyardir. Granat kristallari juda ko‘plab uchraydi. Ularning juda katta
kristallari ham ko‘pdir. Masalan: Norvegiyada 700 kg og‘ irlikdagi
granat topilgan. Granat abraziv va yarim qimmatbaho toshdir.
Orolli silikatlarga (ortosilikatlarga) magmatik va metamorflashgan
jinslarni hosil qiluvchi, odatda ko‘kimtir-sariq rangdagi donador va
shu'lasimon agregatlar hosil qiluvchi epidot
(CaSe)(A1,Fe)3·(OH)O[SiO4][Si2O7] yoki Ca3(A1,Fe)Si3O12[OH] kiradi.
Uning qattiqligi 6-7, kristallari triklin singoniyada; oq va zangori rangli,
shishasimon yaltiroq , plastinkasimon. Qattiqligi 4-6,5 bo‘lgan disten
A12O[SiO4]; rombik singoniyali, kulrang va pushti, shishasimon yaltiroq
va ulanish tekisligi aniq bo‘lmagan ustunsimon, prizmasimon kristall,
qattiqligi 7,5 bo‘lgan andaluzit A12O[SiO4]; qizil-qo‘ng‘ ir rangdagi, qattiqligi 7-7,5 bo‘lgan stavrolit 2A12O[SiO4]Fe(OH)2 va qattiqlik shkalasida
8 o‘rinda turuvchi, jins hosil qilishi jihatidan uncha ahamiyati yo‘q,
rombik singoniyali topaz A12(F,OH)2[SiO4] minerallari kiradi.
Ortosilikatlar juda sodda tuzlgan bo‘lib, ionlari zich joylashgan.
Shuning uchun ham solishtirma og‘irligi va nur sindirish ko‘rsatkichi
katta. Ayni vaqtda alyuminiy umumiy kislorod ionlari bilan birikmaydi.
Ortosilikatlarning kristallari odatda izomorf bo‘ladi.
Zanjirsimon silikatlar strukturasida kremniy-kislorodli tetraedrlar
[Si2O6]4- radikali bilan uzluksiz zanjirli bog‘ lanishda bo‘ladi.
Zanjirsimon silikatlarga piroksen guruhlaridagi monoklin va rombsimon
minerallar kiradi. Monoklin piroksenga kimyoviy tarkibi murakkab
bo‘lgan avgit kiradi.
Avgitlar qirqimi sakkiz burchakli kalta ustunsimon shaklda bo‘lib,
ulanish tekisligi 87° burchak ostida kesishadi. Avgitning umumiy
formulasi Ca(Mg, Fe, Ti, A1)[(SiA1)2O6].
Avgit strukturasida alyuminiy, kislorod tetraedrining markazida
kremniyning o‘rnini egallaydi. Agar mineralning tarkibida Na2O va Fe2O3
bo‘lsa, uni egirin - avgit deb yuritiladi. Avgit uchun kalta ustunsimon,
yonlarining yaltiroq ligi; yaltiroq qora rang va sakkiz burchakli kristallar
xarakterlidir. Uni alyuminiyli piroksen deb ham yuritiladi.
Lentasimon silikatlarga amfibol guruhidagi minerallar kiradi.
Amfibollarda [Si4O11] lentasidan kislorod atomiga yana OH guruhlari
qo‘shiladi. Ba'zi amfibollarda ayniqsa alyuminiyli, radikaldagi kremniyning bir qismi alyuminiy bilan almashadi (masalan: rogovaya
obmankada [A12Si6O22] alyumosilikatli qatorni hosil qiladi).
Kristallografiya belgilariga qarab, ular rombik va monoklinal
amfibollarga bo‘linadi.
Amfibollarning murakkabligini ko‘rsatish uchun rogovaya
obmankaning to‘liq formulasini keltiramiz:
NaCa2(Mg,Fe)4(A1,Fe)(OH,F) [A12Si6O22].
Formuladan uning alyumosilikatligi ko‘rinib turibdi.
Rogovaya obmankaning kristallari prizma ustunsimon ko‘rinishda
bo‘lib, rangi och-yashil, to‘q-yashil yoki qo‘ng‘ ir tusli bo‘ladi. Kristallarning ko‘ndalang kesimi olti burchaklidir. U avgitdan kristallarining
ipakdek yaltiroqligi va tolaliligi bilan farq qiladi. Oddiy "rogovaya
obmanka"dan tashqari metamorflashgan yo‘l bilan hosil bo‘lgan
tog‘jinslari uchun och-yashil rangdagi shu'lasimon rogovaya obmankaaktinolit xarakterlidir. Bu mineralning shakli ignaga o‘xshaydi. Tarkibi
Ca2(Mg,Fe)5(OH)2[Si4O11]2. Amfibolni oddiy ko‘z bilan piroksendan
ajratish qiyin. Uni faqat mikroskop ostida aniqlash mumkin.
Varaqsimon (qat-qat) silikatlar. Varaqsimon silikatlarga kristall
strukturalarida [SiO4] tetraedrlarining uzluksiz qavati bor bo‘lgan
minerallar kiradi. Ular bitta tutash qatlam ko‘rinishida ulangan lentalardan
tuzilgan. Bu kichik sinfga bir tomonlama juda mukammal ulanishli,
varaqsimon minerallar kiradi. Ko‘pchilik varaqsimon minerallarning
qattiqligi kam (1-4) bo‘ladi.
Talk - Mg3[Si4O10][OH]2. Varaq-varaq, tangacha, ko‘pincha yog‘li tosh,
yoki kuloltosh deb ataladigan zich massalar holida uchrashi xosdir. Rangi
och-yashil yoki sarg‘ish, yashilroq . Sadaf kabi tovlanib turadi. Qattiqligi
Moos shkalasida 1. Qo‘lga yog‘dek seziladi. Varaqlari egiluvchan. Ulanishtekisligi o‘ta mukammal.
Talk minerali
Talk o‘ta asos tog‘ jinslarining metamorflashgan - qayta o‘zgarishidan
hosil bo‘ladi. U rezina, qog‘oz sanoatida, tibbiyotda va boshqa sanoat
tarmoqlarida qo‘llaniladi.
Serpentin - Mg6[Si4O10][OH]8. Tarkibida magniyning ko‘pligi
kremniyning kamligi bilan talkdan farq qiladi. Faqat serpentindan iborat
bo‘lgan yashil, targ‘il rang tog‘ jinsini serpentinit deb yuritiladi.
Serpentinning ipakdek yaltirab turadigan ingichka tolali xili asbest deyiladi
Asbest o‘tga juda chidamli bo‘ladi. Serpentinitlar olivinli, ba’zan
piroksenli va rogovaya obmankali jinslarning metamorfizmga duchor
bo‘lishidan hosil bo‘ladi. O‘zbekistonda ular janubiy Farg‘onada ko‘plab
uchraydi. Rangi to‘q-yashil, qoramtir yashil, ba’zan qo‘ng‘ ir-yashil
bo‘ladi. Shishasimon yaltiroq, yog‘langandek, mo‘msimon bo‘ladi.
Xloritga o‘xshagan varaq-varaq turi antigorit deb yuritiladi. U kulrang
ba’zan ko‘kimtir bo‘ladi.
Serpentinlar qoplamtosh sifatida, turli zeb-ziynat buyumlari yasash
uchun ishlatiladi.
Asbest minerali
Kaolinit - A14[Si4O10](OH)8. Alyumosilikatga boy bo‘lgan magmatik va
metamorflashgan tog‘jinslarining nurashidan hosil bo‘ladi. Shuning uchun
ham kaolinit ko‘pchilik gillarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi.
Kaolinitning tuproq qa o‘xshash massasi kaolin gili yoki kaolin deb
ataladi. Kaolin o‘tga chidamli (chinni) gillar sifatida va qog‘oz sanoatida
ishlatiladi.
Slyudalar Varaqsimon alyumosilikatlar orasida jins hosil qilishi
jihatidan monoklin singoniyasida kristallanuvchi slyudalar muhim o‘rin
tutadi.
Yer qobig‘idagi jinslarda slyudalar 4 foizni tashkil qiladi. Slyudalar
magmatik (asosan, nordon va o‘rta) va metamorflashgan jinslarning
tarkibiga kiradi.
Slyudalar bir tomonlama juda mukammal ulanish tekisligi bo‘lganidan
yupqa-yupqa varaqlarga ajraladi. Ular quyidagi turlarga bo‘linadi:
Muskovit - KAl12(F,OH)2[A1Si3O10]. Rangsiz yoki bir oz sarg‘ish, ochyashil rangli, shaffof. Mayda tangachali turi seritsit deb yuritiladi.
Muskovit ko‘pincha plastinka yoki tabletkachasimon bo‘lib, ko‘ndalang
qirqimi psevdogeksagonal yoki rombga o‘xshash bo‘ladi. U shishasimon
yaltiroq. Ulanish tekisligini yuzasi sadafdek tovlanadi va o‘ta
mukammaldir.
Muskovit yaxshi elektr izolyatordir. Oyna sifatida ham ishlatiladi.
Biotit - K(MgFe)3(OH,F)2[A1Si3O10]. Qora rangli temir-magniyli
slyudalarga kiradi. Muskovit varaqlari singari biotitning yupqa varaqlari
flogopitga, ya'ni ko‘kimtir qo‘ng‘ir rangli mineralga qarama-qarshi o‘laroq
egiluvchan bo‘ladi, lekin flogopitning rangi biotit rangiga o‘xshaydi. Biotit
jins yarat uvchi mineral sifatida tomir va metamorflashgan jinslarda aydi.
Biotit minerali
Xloritlar yashil rangli bo‘lib, juda mukammal ulanish xossasiga ega, ular
orasida tashqi ko‘rinishdan farq bo‘lmasa ham, kimyoviy tarkibi har xil
bo‘lgan bir necha xillari bor. Umuman, magniy, temir va alyuminiyli
varaqsimon alyumosilikatlardir, tarkibi taxminan
(Mg,Fe)5A1(OH)8[A1Si3O10]. Xloritlarning tarkibi ancha o‘zgaruvchandir.
Slyudalardan farqi xloritlarda ishqor bo‘lmaydi.
Nomi - grekcha xloros - yashil degan ma'noni bildiradi. Bu minerallar,
asosan metamorflashgan jinslarda uchraydi. Bunday jinslarda ular magniytemirli silikatlar hisobiga hosil bo‘ladi. Xloritning kristallari taxtasimon
va tabletkasimondir. Uyumlari tangacha, sferolit va yashirin kristalli
bo‘ladi. Ba’zan xloritlar metamorflashgan jinslarda xloritli slanes
qatlamlarini hosil qiladi.
Glaukonit - (gidroslyudalar guruhi). Temir va magniyning suvli
alyumosilikati bo‘lib, tarkibi jihatdan temirli slyudaga yaqin turadi.
Glaukonit formulasi: K(Fe, A1, Mg)2(OH)2[Si3(Si, A1)O10]·nH2O.
Glaukonit bir qancha minerallar aralashmasidan iboratdir. U asosan
dengizda hosil bo‘ladi. Shuning uchun glaukonit qum, qumtosh, gillar,
ohaktosh va boshqa cho‘kindi jinslarda ko‘p uchraydi. U kristallar hosil
qilmaydi.
To‘qimasimonsilikatlar.Kristall strukturalarda (SiA1)O4 tetraedrlarninguch o‘lchamli uzluksiz to‘qimasi bo‘lgan silikatlarning
juda ko‘pi tabiatda keng tarqalgan va muhim jins yaratuvchi
minerallardir. To‘qimasimon silikatlarning qattiqligi bir xil (5-6 atrofida)
bo‘lishi xosdir.
Ortoklaz (Kaliyli dala shpati) - K[A1Si3O8] katta ahamiyatga egadir.
Ulanish tekisliklaridagi burchagi 90°. Bu mineral monoklin singoniyada
kristallanadi vato‘g‘ri burchaklar hosil qiladi.
Yashil rangdagi ortoklazni amazonit deb yuritiladi, u keng
tarqalgandir. Shaffof, rangsiz xili adulyar nomini olgan. Ortoklaz
kristallarining tashqi ko‘rinishi ko‘proq prizma shaklida bo‘lib, ulanish
yuzasi mukammaldir. Rangi och-pushti, qo‘ngir-sariq, qizg‘ish oq , ba’zan
go‘shtsimon qizil bo‘ladi va shishasimon yaltiraydi.
Ortoklaz bilan mikroqlin nordon va o‘rta magmatik jinslarning asosiy
tarkibiga kiradi. Ortoklaz, asosan shisha va keramika sanoatida, rangli xili
har xil bezaklar va buyumlar tayyorlashda qo‘llaniladi.
Natriy va kalsiyli dala shpatlari plagioklazlar deb yuritiladi

Xulosa Demak, yuqoridagilardan ma`lum bo`ldiki, tarkibi xilma-xil bo`lgan oksid, gidrooksidlarning maksimal miqdori Yer po`stining ustki qismlarida – erkin kislorodli atmosfera chegarasida joylashgan. Yer po`stining chuqur qismiga kislorodning kirib borishi yer osti suvining sathiga bog`liq. Yer po`stining ustki qismi turli tog` jinslari va ma`dan konlarining oksidlanish zonasi minerallarni qayta hosil qiluvchi kimyoviy reaksiyalar yuzaga keladigan maydon hisoblanadi. Ushbu oksidlanish maydonlarida yuzaga kelgan minerallar orasida metall oksidlari va gidrooksidlari muhim rol o`ynaydi. Oksidlanish zonasidagi ikkilamchi minerallarni paydo bo`lishida tarkibida karbonat angidrid bo`lgan yomg`ir suvlarining ahamiyati


Foydalanilgan adabiyotlar
Umumiy geologiya»dan amaliy mashg'ulotlar (uslubiy qo'llanma). -Toshkent: ToshDTU
Jan 2010
B T ToshmuhamedovT Z ShermuhamedovN TulyaganovaSh
Toshmuhamedov B.T., Shermuhamedov T.Z., Tulyaganova N.Sh. «Umumiy geologiya»dan amaliy mashg'ulotlar (uslubiy qo'llanma). -Toshkent: ToshDTU, 2010.
Umumiy geologiyаdаn lаborаtoriyа mаshg'ulotlаri bo'yichа metodik qo'llаnmа (minerаllаr)
Jan 2000
Yüklə 20,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin