Reja: Kirish


Navoiy issiklik elektr stansiyasi



Yüklə 27,65 Kb.
səhifə2/3
tarix02.01.2022
ölçüsü27,65 Kb.
#44728
1   2   3
Malakaviy ishlab chiqarish amaliyoti bo’yichahisobo t (1)

Navoiy issiklik elektr stansiyasi - Oʻzbekistondagi yirik issiqlik elektr stansiyasi. "Oʻzbekenergiya" davlat aksiyadorlik kompaniyasi tarkibida shoʻʼba korxona. Navoiy shahrining Karmana tumani hududida joylashgan. 1960—81 yillarda qurilgan. Birinchi agregati 1962 yil fevralda ishga tushirilgan. Elektr stansiyasining asosiy uskunalari ochiq havoda oʻrnatilgan. Asosiy yoqilgʻi turi — tarkibida oltingugurt boʻlgan tabiiy gaz hisoblanadi, ehtiyot yoqilgʻisi sifatida esa mazutdan foydalaniladi.

St-yada oʻrnatilgan quvvatlari 1250 MVt boʻlgan 11 ta turboagregat (6 ta blok), 8 bugʻ qozoni bor. Bugʻ kozonlari 540° issiklikda va 130 atm. bosimidagi bugʻni ishlab beradi. Suvni Zarafshon daryosidan oladi.

Navoiy issiklik elektr stansiyasie.s. Oʻzbekistonning gʻarbiy-jan. hududlarini elektr energiyasi bilan taʼminlaydigan asosiy manbadir. St-ya Qizilqumdagi togʻ-kon va gaz sanoati korxonalariga, Navoiy "Elektrkimyozavodi", "Qizilqumsement" korxonasiga, AmuBuxoro, Qarshi magistral kanallaridagi nasos stansiyalariga, Buxoro, Samarqand, Kattaqoʻrgʻon shaharlari isteʼmolchilariga elektr energiyasi beradi. Shuningdek, Navoiy shahridagi korxonalarni va kommunal-maishiy ehtiyojlarni issiq suv bilan taʼminlaydi. Elektr styasi kuchlanishi 220 ming voltli elektr uzatish liniyalari bilan Urganch shahridagi taqsimlash qurilmasi orqali Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasiga, Kattaqoʻrgʻon, Samarqand shaharlaridagi taqsimlash qurilmalari orqali Oʻrta Osiyo Birlashgan energetika tizimi ("Energiya" birlashgan dispetcherlik markazi)ga ulangan. 2002 yilda 5931,5 mln. kVt-s elektr energiyasi ishlab chiqarildi, isteʼmolchilarga 3042 ming Gkal issiklik yetkazib berildi.[1]
2015 yilning yanvar oyida energotarmoqqa 820 556 600 kVt.soat elektr energiyasi, issiqlik energiyasi iste’molchilariga 2 039 856 gigakaloriya issiqlik energiyasi yetkazib berildi.

Stansiya qurilishi avvaliga Navoiy tog’ metallurgiya kombinati tarkibida boshlanib, 1965 yildan korxona O’zbekiston energetika Vazirligi tasarrufiga o’tkazildi.

Stansiyaning elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi quvvatlari quyidagilarda iborat: har biri 25 MVtdan, umumiy quvvati 50 MVt 1- va 2-energobloklar (2 ta TGM-151 rusumli bug’ qozoni va 2 ta VPT-25-4 rusumli turboagregatlari); har biri 150 MVtdan, umumiy quvvati 300 MVt – TGM-94 rusumli bug’ qozoni va PVK-150-130 rusumli turboagregatli 3- va 4-energobloklar; har birining quvvati 50 MVt dan – R-50-130 rusumli 2 ta turboagregat, quvvati 60 MVt bo’lgan – PT-60-130 rusumli bitta turboagregat, TGM-84 rusumli 4 ta bug’ qozoni; har birining quvvati 160 MVtdan, umumiy quvvati 320 MVt – TGM-94 rusumli bug’ qozoni va K-160-130 rusumli turboagregatli 8- va 9-energobloklar; umumiy quvvati 420 MVt, har birining quvvati 210 MVtdan – TGMYe-206 rusumli bug’ qozoni va K-210-130 rusumli turboagregatli 11- va 12- energobloklar. 2012 yilning to’rtinchi choragidan boshlab quvvati 478 megavatt bo’lgan bug’-gaz qurilmasi ham ishga tushdi.

Texnika xavfsizlik qoidalari

Elektr tokining kishiga qanchalik zarar yetkazishi tanadan o’tgan tokning miqdoriga bog’liq. 0, 05 amperdan ortiq tok yoki 36 voltdan ziyod kuchlanish kishi hayoti uchun xavfli . 0,1 amper va bundan ortiq tok kishini o’ldiradi.

Insonni quyidagi hollarda tok o’ldiradi:

A) elektr ustanovkasining tok o’tib turadigan qisimlariga tegilsa;

B) elektr ustanovkasining tok o’tmaydigan, lekinavariya paytida tok o’tishi favfi bo’lgan qismlariga bevosita tegilsa;

V) elektr ustanovkasining yuqori kuchlanishli tok o’tib turadigan qismlariga yaqin borilsa yoki tegilsa;

G) elektr ustanovkasining avariya vaqtida yuqori kuchlanishli tok ta’sirida bo’ladigan qismlariga yaqin borilsa.

Tok o’tishi havfini yo’qotish uchun elektr ustanovkalarining tok o’tmaydigan yoki kuchlanish ta’sirida bo’lmaydigan barcha metal qismlari yerga ulanishi lozim. Gaz tadbirni yerga ulash (zazemleniye) deyiladi. Elektr ustanovkalari quyidagicha yerga ulanadi.

Chilangarlik o’quv ustaxonalarida xavfsizlik texnikasi bo’yicha yo’riqnoma.





Yüklə 27,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin