O'zbekiston issiqxonalarida yetishtiriladigan bodringni nav va duragaylari. «O'zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo'jahgi ekinlari Davlat reyestriga» 2012 yil himoyalangan yerlar uchun 69 nav namunalari kiritilgan. Ular orasida 1997 yilda tumanlashtirilgan yagona mahalhy Sersuv-14 navi, uchta mahalhy geterozis duragaylari: Navbahor (1991 y.), ToshDAU-70 (2001 y.) va Sovg'a (2008 y) mavjud. Shuningdek, unga Turkiyaning - 1 (Suzan Fi), Germaniyaning - 3 (Sultan F1 Ehza F b Aksent Fj), Ispaniyaning - 2 (Seydra Fi va Majestik SFF 01 Fi), Isroilning — 6, Fransiyannig — 7, Niderlandiya-46 duragaylari kirithgan.
Respublikaning urug' bozoriga kirib kelgan uzoq chet el seleksion-urug'shunoslik firmalari turli-tuman talablarga javob beradigan bir qator duragaylar seriyasini taqdim etmoqda. Hozirgi vaqtda o'zining ertapisharhgi va bo'g'imda bir necha tugunchalar shakllantiradigan, kalta barrah (10-12 sm) duragaylarga qiziqish katta bo'hnoqda. Urug'lik firmalarini sotuvga chiqarhadigan urug'lari qalin qog'ozh paket-ga qadoqlanadi. Bunda ularnnig morfologik belgilari va xo'jalik-biologik xususiyatlari, alohida yetishtirish xossalari bo'yicha tavsiyalar beriladi.
O'zbekiston issiqxonachilari orasida quyidagi duragaylar katta shuhrat qozongan: kuzgi-qishki aylanishda-Kuraj, Magnum, Amur, o'tuvchanda-Magnum, Orzu; qishki-bahorgida-Orzu, Kuraj, Artist, Roki, Multistar. Ulardan Kuraj F| tumanlashtirilmagan, qolganlari tumanlashtirhgan. Bu duragaylar quyidagi belgi va xususiyatlari bilan ajrahb turadi:
Orzu F1 Gollandiyaning «Nunems» firmasi duragayi, O'zbekistonda 2002 yildan tumanlashtirilgan. Partenokarpik, sihiq mevah, juda kalta 8-12 sm duragay. Haqiqiy «o'zbek» bodringi. Butun o'sish davrida mevalari o'zining yashil rangini saqlaydi. Issiqxona sharoitida u unshudring kasalhgiga eng yuqori darajada, peronosporozga esa nisbatan chidamlihgini ko'rsatadi. Mevalari yangi va sirkalangan (marinadlangan) holda juda yuqori sifatli ta'mga ega. Issiqxonalarda turli muddatlarda yetishtirish uchun mo'ljahangan. O'simlik o'rtacha quwat kuchiga ega. Kuzgi-qishki aylanishida o'sishni birinchi bosqichlarida azotni oshirilgan me'yorlarda talab qiladi (103-rasm).