ToshDAU-70 duragayi ToshDAUda yarathgan, O'zbekistonda 2001 yildan beri tumanlashtirhgan. Maysalari hosil bo'lgandan 50-55 kunda keyin hosilga kiradi. Ari yordamida changlanadigan, urg'ochi turli guhashga va kam seziluvchan parte nokarpiylikka ega bo'lgan duragay. Asosiy poya 190-200 sm balandhkda, o'rtacha shoxlanuvchi, shoxlanishni o'zi boshqaruvchi.
Har bir bo'g'imda 1-2 donadan meva hosil qiladi. Barrasini yuzasi tekis, 11-13 sm uzunlikda, diametri 3 sm, vazni esa 100-105 g. Barrasi silindrsimon shaklda, yuzasi silliq, rangi to'q yashil. Zich etli, xushbo'y, tashishga ehidamli. Barralari yuqori ta'm sifatiga ega. Ildiz chirish va unshudring kasalligiga ehidamli (108-rasm).
Sovg'a F1.O'zbekistonda 2008 yilda tumanlashgan, Toshkent DAU chiqarilgan duragay. Maysalar ko'ringanidan 48-53 kundan so'ng hosilga kiradi, barraning o'rtacha vazni. O'simliklarni 0,32 m 2 oziqlanish maydonida, 80440 sm sxemada 1 m 2 ga 3 ta o'simlik joylashtirib ekish tavsiya etiladi. Duragay partenokarpik. To'liq urg'ochi turkumda gullaydigan bir poyah tipdagi o'simlik. Asosiy poyaning balandligi 230-250 sm, o'rtacha serbarg, o'zini boshqaruvchi shoxlanishga ega. Har bir bo'g'imda 1-3 dona meva hosil bo'ladi. Barrasining yuzasi tekis, ko'kish rangda, yuqori ta'm sifatiga ega. Barrasi silindrsimon shaklda, uzunhgi 16-18 sm, diametri 3-3,5 sm, mevani o'rtacha vazni 130 g. Ildiz chirish va unshudring kasalligiga chidamh duragay
Bodring mevalariga nihoyatda turli-tuman talablar qo'yiladi: ham yirik, ham mayda, ham tekis, ham g'adur-budur mevalar talab qilinadi. Bu bir xo'jalik-da bir necha navlarni yetishtirish zarurligini, taqozo etadi. Bu yana havo sharoitini kutilmagan o'zgarishlari, isitish tizimida tez-tez sodir bo'ladigan buzilishlar natijasida bir duragayni yutug'i mahsuldorligi kam bo'lgan boshqa duragayni o'rnini qoplay olishi mumkin.
Katta issiqxonalarda nav va duragaylarni sinash uchun kichik maydonlarni ajratish va u yoki bu duragay yoki navning ustunligiga iqror bo'lgandan so'ng, keyingi yil uchun maydonlarini kengaytirish maqsadga muvofiq. yetishthilgan duragaylarning mevalaridan olingan urug'lar kuchh o'zgaruvchan avlod berishini va bu umg'larni ekish natijasida hosildorlik keskin kamayib ketishi, mevalarni shakh va o'lchamida kuchh notekisliklar sodir bo'hshini esda tutish zarur. Shuning uchun yetishtirilgan duragaylardan umg' tayyorlash va ularni ishlatish mumkin emas. Yuqoridagi sabablarga ko'ra firma tomonidan joylab solingan umg'larni olish mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari Davlat reestriga 2006 yilda himoyalangan yerlar uchun 29 ta nav namunalari kiritilgan – ular ichida bitta mahalliy nav Sersuv-14, 1997 yildan beri tumanlashtirilgan, ikkita mahalliy geterozisli duragaylar: Navbahor (1991 y) va ToshDAU-70 (2001 y) 1977 yildan beri Moldaviya duragayi – Syurpriz, 1979 yildan beri – Rossiya duragayi Manul, 1984 yildan beri Marafon va Sentyabrskiy duragaylari tumanlashtirilgan. 2002 yildan boshlab uzoq chet el davlatlari seleksiyasining duragaylari mamlakatimiz Davlat reestriga jadal kiritilmoqda. Oxirgi besh yilda ulardan 22 tasi tumanlashtirilgan, shu jumladan Isroilni 2 ta (Natan NA-673, Safi NA-9976), 18 ta Niderlandlarni (Alamir, Alanis, Adrian, Barxan, Voleystar, Dissure, Krispina, Multestr, Melan, Nail, Orzu, Passandra, Pikolino, Pontiya, Seray, Superdelta, Jazzer, Xarmen) duragaylari tumanlashtirilgan.
Bu duragaylarni tavsifi urug‘ joylashtirilgan paketlarda yoki boshqalarda keltiriladi. Bunda urug‘larni qaysi aylanish davrida foydalanish kerakligi haqida tavsiyalar berilgan.
Bodringning O‘zbekistonda salat va konservabop Ranniy 645, Pervenes
Uzbekistana 265, Parad 176, Konkurent, Beregovoy, Gul-noz, Omad, Talaba,
Uzbekskiy 740, Margelanskiy 822, Magistr, Navro‘z, Nafis, Parker-Miks, Ayaks-
miks navlari va Alibi G‘ As-teriks G‘ Amur G‘ Zena G‘1 kabi geterozisli
duragaylari rayonlashtirilgan va keng ekiladi