Reja: Kirish “Yashil moliyalashtirish tushunchasi” ” Yashil moliyalashtirish tiziming tarkibi va amal qilish xususiyatlari” ” Jahon moliya bozorida “yashil obligatsiyaning”ning o’rni” Xulosa


Yashil moliyalashtirish tushunchasi



Yüklə 32,56 Kb.
səhifə2/4
tarix20.12.2023
ölçüsü32,56 Kb.
#187297
1   2   3   4
Referat mavzu Yashil moliyalashtirish tiziming tarkibi va amal

1.Yashil moliyalashtirish tushunchasi.

Global miqyosida “yashil iqtisodiyot”ga o’tish jarayoni uzoq muddat va katta miqdordagi investitsiyalar talab etishi, asosiy e’tibor tiklanadigon energiya manbalaridan samarali foydalanish, energiyani tejaydigon texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilganligi bilan ajralib turiladi. Xalqaro energetika agentligi prognozlariga ko’ra, 2050 yilgacha atmosferaga chiqarib yuboriladigon CO2 emissasiyasini ikki baravarga kamaytirish uchun “yashil iqtisodiyotga” dunyo yalpi ichki mahsulotning 1-2,5%i darajasida qo’shimcha investitsiyalar sarflash zarur. “Yashil iqtisodiyot”ga o’tishdagi muhim masalalardan biri ushbu jarayonni moliyalashtirish hisoblanadi. Iqtisodiy adabiyotda “yashil” yoki “ekologik” moliya atamasining umuqabul qilingan tarifi mavjud emas. Birinchidan, “yashil iqtisodiyot”ga oid aksariyat adabiyotlarida “yashil moliyalashtirish” tushunchasiga ta’rif berilmagan, ikkinchidan, mavjudi kam sonli ta’riflar mazmunan bir-biridan keskin farq qiladi. Umumiy tarzda “yashil moliyalar” (“Green finance”) deyilganda ekologik toza, enegiya samaradorligi yuqori va past uglerodli loyihalarni amalga oshirishga yo’naltirilgan investitsiyalar va boshqa moliyaviy dastaklar yig’indisini tushuntirish mumkin. Aksariyat holatda ekologik ma’suliyatli investitsiyalash va iqlim o’zgarishlari bog’liq envestitsiyalash kabi tushunchalar “yashil moliya” sinonimi sifatida foydaniladi. “yashil moliya”lar atamasi ilk bor taniqli iqtisodchi olim Richard Sandor tomonidan 1992 yilda Nyu-Yorkdagi kolumbiya universitetida ishlab chiqilgan maxsus o’quv dasturida qo’llanilgan. 2002 yilda Stenford universiteti professori Gletchen Deyl tomonidan nashr etilgan “Yangi tabiat iqtisodiyot” kitobida tabiiy resurslar muhofazasini moliyalashtirish masalalari ko’rib chiqilgan. Karl Burkat rsa “yashil iqtisodiyot”ni tarmoq nuqtai nazaridan qarab chiqadi ca uni quyidagi tarmoqlarga bo’ladi. -tiklanadigon energiya manbalari (quyosh, shamol, bioyoqlig’I va h.k.); -“yashil” binolar (qurilish va arxetekturada resurs va energiya tejovchi texnologiyalarni qo’llash); -ekologik toza transport (muqobil yoqilg’I turlari, jamoat transportini rivojlantirish, gibrid/elektr avtomobillari va karshering va karpuling); -suv resurskaridan foydalanishni boshqarish (suvni tozalash va qayta foydalanish, suv sarfini kamaytirish, yomg’ir suvlaridan foydalanish va h.k.) xo’jalik va ishlab chiqarish chiqindilari itilizatsiya (chiqindilarni qayta ishlash, utilizatsiya talab yetmaydigon tara va qadoqlardan foydalanish); -yer holatini yaxshilash (shahar hudularga parklar v akichik o’rmonlar barpo etish, organic qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, o’rmonlarni va daraxtzorlani tiklash, tuproq unumdorligini yaxshilash). Karl Barkat fikricha, “yashil iqtisodiyot”ning tegishli tarmog’I turli rivojlanish bosqichida bo’ladi va shuning uchun ularni moliyalashtirish usullari va manbalari bir-biridan farqlanadi. “Yashil iqtisodiyot” sohasida turli tadqiqotlar olib boorish bilan shug’ullanuvchi xususiy kompaniyalar “yashil moliyalashtirish” tushunchasining mohiyatini ochib berishga harakat qilishgan. Jumladan, Bloomberg New Energy Finance kompaniysai mutaxasislari “yashil moliya”lar “yashil investitsiyalar” bilan bir qatorda qo’llaniladi, ammo amaliyotda “yashil moliyalashtirish” investitsiyalarga nisbatan kengroq tushuncha sifatida ishlatiladi, deb hisoblanadi. Pricewaterhouse Cooper Consultants konsatling kompaniyasi mutaxasisslari tomonidan berilgan ta’rif esa “yashil moliyalashtirsh”ni bank sektori nuqtai nazardan tavsiflashga asoslanadi. Ularning fikricha, bank sohasi uchun “yashil moliyalashtirish” ekologik omillarni hisobga oluvchi moliyaviy mahsulot hisoblanadi va ushbu tamoyiliga kredit berish jarayonidan boshlab to kredit yopilish oralig’idagi barcha jarayonlarda amal qilinadi. Xalqaro moliya korporatsiyasi mutaxassislari esa “yashil moliyalasjtirish-barqaror iqtisodiy o’sishni ta’minlashga yo’naltirilgan moliyaviy qo’yilmalar, loyihalar va investitsiyalarni ifodalovchi keng tushuncha bo’lib, ekologik mahsulotlar ishlab chiqarish orqali barqaror riqtisodiy rivojlanish darajasini yanada oshirishni nazarda tutadi”, deb hisoblanadi. Ularning fikricha, “yashil moliyalashtirish” atrof muhitga sanoat chiqindilarni chiqarish hajmini qisqartirish, suv resurslari ifloslanishining oldini olsih va bioxilma-xillikni saqlab qolishga qaratilgan loyhalarni moliyalashtirish bilan birgalikda iqlim o’zgarishi ta’sirini yumshatish va unga moslashish jarayonlariga sarflanayotgan investitsiyalarni o’z ichiga oladi. Iqtisodiy adabiyotdagi ta’riflarni quyidagicha guruhlash mumkin: birinchi guruhga xos umumiy jihat shundaki, atrof muhitni muhofaza qilish bilan bog’liq texnologik jarayonlar, loyihalar va dasturlarni moliyalashtirishning keng qamrovli usullari “yashil moliya” ekolgik tarkibiy elementga ega bo’lgan moliyaviy mahsulotlar (dasttaklar) va xizmatlar (kreditlar, obligatsiyalar, aksiyalar va boshqalar) sifatida tushuntiriladi. Demak, “yashil moliyalashtirish” atrof muhitga ta’sir ko’rsatuvchi barcha omillarni hisobga oluvchi va ekologik barqarorlikni ta’minlashni nazarda tutuvchi investitsiyalash va kreditlashning barcha shakillarni qamrab oladi.


Yüklə 32,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin