Reja: Kirish “Yashil moliyalashtirish tushunchasi” ” Yashil moliyalashtirish tiziming tarkibi va amal qilish xususiyatlari” ” Jahon moliya bozorida “yashil obligatsiyaning”ning o’rni” Xulosa


Yashil moliyalashtirish tiziming tarkibi va amal qilish xususiyatlari



Yüklə 32,56 Kb.
səhifə3/4
tarix20.12.2023
ölçüsü32,56 Kb.
#187297
1   2   3   4
Referat mavzu Yashil moliyalashtirish tiziming tarkibi va amal

2. Yashil moliyalashtirish tiziming tarkibi va amal qilish xususiyatlari.
Jahon amaliyoti ko’rsatishicha, “yashil iqtisodiyoni” moliyalashtirishga bo’lgan extiyojini qondirish imkoniyatlari mavjud. Barcha “yashil loyihalar” jiddiy moliyalashtirishni talab etadi. “Yashil loyihalarni”ni an’anaviy usullar yordamida moliyalashtirishda risk darajasi yuqoriligi sabab ular investitsiya nuqtai nazaridan jozibador hisoblanmaydi. Moliya, bank va sug’urta investitsiyalari “yashil iqtisodiyot”ga sarflanayotgan xususiy investitsiyalarning muhim yo’nalishiga aylanmoqda.Mikromoliyalashtirish esa qishloq xo’jaligi darajasida muhim o’rin egallashi mumkin. U past doramadli aholiga o’z mablag’larini resurslar va energiyani tejashga joriy qilish hamda ushbu faoliyatning risk dajasini pasaytirish imkonini beradi. “Yashil moliyalashtirish” iqtisodiy o’sish, atrof muhit muhofazasi va moliya institutlarini o’zaro bog’lovchi element sifatida “yashil iqtisodiyot” konsepsiyasining markazida turadi. Bu borada “yashil moliayalshtirish” “yashil iqtisodiyotga” o’tish imkonini beruvchi real moliyaviy dastakdir.

Iqtidoiy osish-yangi texnologiyalarni rivojlantirish va ommalashtirish; ekologik yo’nalishdagi kompaniyalar ommaviyligini oshirish; uglerod bozorlarining amal qilish mexanizmini ishlab chiqish

Moliya sohasi: innovatsion moliyaviy mahsulotlarni yaratish yangi tarmoq va texnologiyalarni moliyalashtirish; Risk-menejmentni qo’llash; Uglerod bozorlarning samarali faoliyati.

“Yashil moliyalashtirish”


-“yashil texnologiyalar” va kompaniyalarni moliyalashtirish;
-“yashil investitsiyalar” uchun sharoitlar yaratish;
-uzoq muddatli strategic loyihalarni rejjalashtirishda atrof-muhitga ta’sir darajasini hisobga olish;
-uglerod bozorlarining samarali faoliyati

Atrof muhit muhofazasi: “yashil texnologiyalar” va kompaniyalar hisobiga tabiyy resurslar muhofazasini ta’minlash; qonun doirasida atrof-muhitni muhofaza qilishning ustuvor yo’nalishlarini aniqlash va takkomilashtirish faol uglerod bozorlari.


“Yashil moliyalashtirish” manbalarini quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:



-davlat byudjeti mablag’lari;
-xalqaro moliya tashkilotlari mablag’lari;
-xususiy sector mablag’lari (ichki va tashqi).
Moliyaning turli yo’nalishlari “yashil moliyalashtirish” tarkibiga kiradi va ularni quyidagi yirik uch guruhga birlashtirish mumkin:Infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan moliyalashtirish. “Yashil loyihalar” uchun ajratilgan davlat investitsiyalarning aksariyat qismi infratuzilma holatini yaxshilash bilan bog’liq. Infratuzilma loyihalarning aksariyat qismi energiya tejash va tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishga qaratilmoqda. Xususan jahonda 2018 yilda energiya tejash va tiklanadigan energiya manbalarini o’zlashtirishga yo’naltirilgan investitsiyalar hajmi 2010 yilga nisbatan 55%ga ortdi. Tarmoqlar va korxonalarga moliyaviy ko’mak berish. Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishda “yashil” yondashuvga ega bo’lgan ayrim korxona va tarmoqlar an’anaviy texnologiyaga ega bo’lgan raqiblari oldida raqobatbardosh bo’lishi uchun davlat ko’magi lozim bo’lad. Ushbu maqsadda hukumat “yashil investitsiyalar” bilan shug’ullanuvchi korxonalar yoki investorlarga soliq imtiyozlari va ma’muriy prefensiyalar ko’rinishida bilvosita moliyaviy ko’mak berishi mumkin. Moliya bozorlarni rivojlantirish. Moliya bozorlari “yashil moliyalashtirish”ning muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Ko’pchilik institutsional investorlar o’z investitsion deklaratsiyasida sarmoyalashda ijtimoiy mas’ullik va atrof mnuhit muhofazasi tamoyillariga asoslanishini ko’rsatib o’tishgan. Investorlar maqsadida ushbu tamoyilning mavjudligi amalga oshirilishi rejalashtirayotgan loyihaning hukumat oldidagi jozibadorligini oshiradi. Chunki ekologiya va atrof muhit muammolariga mas’uliyatli yondashuvni naazarda tutuvchi loyihalarda ijrochilarning otrof- muhit borasidagi majburiyatlari aniq belgilangan bo’ladi. “Yashil moliyalashtirish” bilan bog’liq yuqori risklar, yetarli darajada daromadlikka ega bo’lmaslik xususiy investorlarning ekologik loyihalarga investitsiya sarflashiga to’sqinlik qilishi mumkin. Ular tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
-uglerodalar narxining shakillanishi- “yashil investitsiyalar” miqdorini hisoblashda xarajatlar qiymatini aniq hisoblash zarur;
-yoqilg’I qazib chiqarish uchun ajratilayotgan subsidiyalarning mavjudligi;
-“yashil loyihalarni” amalga oshirishda birlamchi harajatlarning yuqoriligi va “yashil investitsiyalar”ni qoplash muddatining uzoqligi;
-texnologik risklarning mavjudligi;
-tranzaksion xarajalarnig yuqoriyligi; -sof energiya manbalarning amaldagi energiya tizimidaga integratsiyalashuvi bilan bog’liq xarajatlarning yuqoriligi; -axborotlarning yetishmasligi va boshqa risklar. Shuning uchun davlat bu yo’nalishida xususiy investorlar uchun qulay investitsion muhit yaratishi lozim. Davlat tomonidan “yashil iqtisodiyot”ni qo’llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi siyosiy, moliyaviy va soliq dastaklarini qo’llash samarali hisoblanadi.

Yüklə 32,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin