Reja: Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya bo’yicha ishlar



Yüklə 37,89 Kb.
səhifə3/6
tarix03.05.2023
ölçüsü37,89 Kb.
#107060
1   2   3   4   5   6
Maktabgacha yoshdagi bolalarning umumiy jismoniy tayyorgarligi asoslari

Tizimlilik va izchillik tamoyili.
Jimoniy tarbiya maqsadlarida foydalaniladigan tadbirlarning (kun tartibi, chiniqish, harakat ko‘nikmalarining shakllanishi) tizimlilik butun maktabgacha tarbiya davri davomidagi jismoniy tarbiya jarayonining uzluksizligi, muntazamligi, rejalashtirilganligidan, yuklama va dam olishning majburiy almashinib turishi asosidagi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarining aniq izchilligidan, mashg‘ulotlarning izchilligi, ketmaketligi, mazmunan o‘zaro aloqadorligidan iboratdir.
Har kuni muayyan bir vaqtda o‘z xarakteriga ko‘ra turli jismoniy mashqlarni (ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya mashgulotlari, sayr paytidagi harakat faoliyati…) tizimli tarzda muntazam bajarish, chiniqtirish tadbirlari bolalarni belgilangan sog‘lomlashtirish-tarbiyalash tartibiga o‘rgatadi.
Jismoniy tarbiya hosil qilinayotgan harakat ko‘nikmalarining takrorlanishini talab etadi. Faqat ko‘p marta takrorlangandagina harakatlar shakllanadi.
Onglilik, faollik va mustaqillik tamoyillari bolaning o‘z faoliyatiga ongli va faol munosabatda bo‘lishga tayanishni ko‘zda tutadi, u yoki bu maqsadni amalga oshirish uchun nimani qanday bajarish kerakligini aniq tasavvur kilish lozim.
Bolaning mustaqil faol faoliyati berilgan vazifaga bo‘lgan qiziqishga, uni ongli idrok etishga, vazifa maqsadini amalga oshirish yo‘llarini tushunishga bog‘liq bo‘ladi.
.Jismoniy tarbiya tamoyillari
Ta’limning ko‘rgazmali, og‘zaki va amaliy usullarini birgalikda qo‘shib olib borish tamoyili.
Bilish faoliyati – hissiy bilish jarayonlarini amaliyot bilan birligidir. Harakatlarga o‘rgatish jarayonida bilishning bu ajralmas qismlari o‘zaro aloqadorlikda bo‘ladi. Biroq qo‘yilgan vazifaga qarab ularning izchilligi har-xil bo‘ladi: bolalarni harakatga o‘rgatish ko‘rsatib tushuntirish; tarbiyachining mashqni og‘zaki tushuntirishi va uning bolalar tomonidan harakatda bajarilishi bilan boshlanishi mumkin.
Yangi harakatlarni o‘rganishda ko‘rgazmalilik tamoyili harakatlarni tarbiyachi tomonidan juda aniq qilib ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi.
Ko‘rgazmalilik onglilik bilan chambarchas bog‘liqdir: og‘zaki berilgan topshiriq kishi tomonidan tushunib olinadi, harakatni qaytadan bajarish bilan amalda sinaladi. Bunda sezgilar, ayniqsa harakat sezgilari muhim rol o‘ynaydi. Bundan tashqari ko‘rgazmalilik bilan obrazli so‘zning o‘zaro aloqadorligi katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

Yüklə 37,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin