Reja: Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining umumiy asoslari. Fanning predmeti va vazifalari. Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Maktabgacha ta’limga kirish


Maktabgacha ta’lim - uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bosqichi



Yüklə 32,16 Kb.
səhifə6/10
tarix01.12.2023
ölçüsü32,16 Kb.
#170903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Reja Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining umumiy-fayllar.org

Maktabgacha ta’lim - uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich bosqichi

Ma’lumki, maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich halqasi bo‘lib hisoblanadi. U sog‘lom, har tomonlama yetuk bola shaxsi shakllanishini ta’minlashga, uni muntazam ravishda ta’lim olishga tayyorlab, o‘qishga bo‘lgan havasini uyg‘otishga qaratilgan bo‘lib, bu 6-7 yoshgacha bo‘lgan davrda davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalga oshiriladi.


Maktabgacha ta’lim jarayonida maktabgacha yoshdagilar ta’lim va tarbiyasining shaxsiy yo‘nalganlik modeli ustuvor bo‘lib hisoblanadi. Shaxsiy yondashuvning maqsadi – bu shaxsning shakllanishi bo‘lib, belgilangan standart bo‘yicha uni o‘zgartirish emas, balki uni qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qilishdir. Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim – tarbiya muassasasi hisoblanadi va uning vazifasiga bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilishga doir qiziqishlarini, madaniy–axloq-odob extiyojlarini, dastlabki mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirish, unda bilimga muxabbat uyg‘otish, salomatligini mustahkamlash kiradi. Maktabgacha ta’lim muassasasi ”Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni talablariga hamda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:
- Malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;
- Maktabgacha ta’limni samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish;
- Bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;
- Zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar, o‘yinchoqlar va o‘yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;
- Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun lozim-sharoitlar yaratish;
- Maktabgacha ta’lim muassasalarining har xil turlari uchun muqobil dasturlarni tanlab olish, barcha masalalar bo‘yicha malakali maslahat ko‘rsatish imkoniyatini yaratish;
- Maktabgacha ta’lim va sog‘lomlashtirish muassasalari tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqish.
- Maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
- Bolalarning sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrovini oshirish, undan teng foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash, mazkur sohada davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ish mazmuni va vazifasi o‘quvchilarga fan asoslarini o‘rganish, ularda ijtimoiy faoliyatni tashkil etish borasida ko‘nikma va malakalar hosil qilish, shuningdek, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limiga ularni tayyorlashdan iboratdir.
Umumiy o‘rta ta’lim quyidagi bosqichlardan iboratdir:

Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-yetti yoshdan qabul qilinadilar. Boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifasi va ish mazmuni umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, ko‘nikma va malaka asoslarini shakllantirishdan iboratdir. Umumiy o‘rta ta’lim boshlang‘ich ta’lim negizida tashkil etilib, u o‘quvchilarga bilimning zarur hajmini beradi (umumiy o‘rta ta’lim DTS da belgilangan), ularda mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba-ko‘nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo‘naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.


Umumiy o‘rta ta’lim doirasida bolalarning qobiliyati va iste’dodini rivojlantirish maqsadida muayyan yo‘nalishdagi ixtisoslashtirilgan, maxsus ta’lim muassasalari (maktab-internatlar, musiqa, sport, xoreografiya hamda tasviriy san’at, shuningdek, ijtimoiy-gumanitar va tarbiyaviy fan yo‘nalishlar bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim beruvchi maktablar va boshqalar)ni tashkil etish mumkin.
Uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta’lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta’lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma’naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida:

Yüklə 32,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin