Reja: Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining umumiy asoslari. Fanning predmeti va vazifalari. Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Maktabgacha ta’limga kirish



Yüklə 32,16 Kb.
səhifə2/10
tarix01.12.2023
ölçüsü32,16 Kb.
#170903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Reja Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining umumiy-fayllar.org

2. Fanning predmeti va vazifalari.
Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining maqsadi maktabgacha ta’lim-tarbiya qonuniyatlari bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek, maktabgacha ta’limga qo‘yilgan talablar, tamoyillar, mazmuni, tarbiya turlari va tarbiyachi shaxsini shakllantirishning pedagogik asoslarini o‘rgatishdan iborat.
Fanning vazifalari: pedagogik qonuniyatlar hamda tamoyillarga asoslangan holda o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish haqidagi bilimlarga ega bo‘lish, ta’limni tashkil etishning asosiy shakllarini amaliyotda qo‘llash, maktabgacha ta’lim-tarbiyaning mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, ta’limiy-tarbiyaviy jihatlarini topish, hamda kasbiga bo‘lgan munosabatni tarbiyalash.
Quyidagi sxemada Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining predmeti ko‘rsatib o‘tilgan:

Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining predmeti

Bola tug‘ilgan kundan boshlab, maktabga borguniga qadar bo‘lgan davrda har tomonlama yetuk barkamol etib tarbiyalash qonuniyatlarini o‘rganish maktabgacha ta’lim pedagogikasining mavzusidir. U maktabgacha ta’lim muassasalari va oilaning tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishi birligini, maktabgacha ta’lim muassasasi va maktab ishidagi aloqadorlikni, bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashni ta’minlab, ijtimoiy Maktabgacha ta’lim sharoitida tarbiya va ta’lim berish ishlarining vazifalarini, tamoyillarini, mazmunini, metodlarini, shakllarini va uni tashkil etishni ishlab chiqdi. Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish pedagogika fanlar tizimida uning ajralmas qismi bo‘lib shakllandi.



Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining vazifalari

Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etishning nazariyasi va amaliyoti maktabgacha yoshdagi bolalarga har tomonlama tarbiya berishning maqsadi, bolaning imkoniyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roli, Maktabgacha ta’limni hayot, zamon bilan bog‘lab olib borishning zarurligi, bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhitning hal qiluvchi ahamiyatiga asoslanadi. Pedagogika fani tarbiyani pedagogik hodisa sifatida o‘rganib, bir qator tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Pedagogikada tarbiya, ta’lim, ma’lumot asosiy tushunchalar hisoblanadi.





  1. Yüklə 32,16 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin