A tonik-astatik shakli mushak tarangligining susayib ketishi xarakterlanadi.Tonik bo‘yin va labirint reflekslari keskin namoyon bo‘lmaydi, ularni bola o‘ta hayajonlanganda yoki erkin harakatlar qilmoqchi bo‘lganda kuzatish mumkin. Serebral falajlikning bu shaklsida 2-3 yoshli bola miyacha shikastlanishining quyidagi belgilari namoyon bo‘ladi: intension tremor, tana harakatining buzilishi, harakat muvozanatining buzilishi. Bunday kasallarda muvozanat funksiyalar keskin buziladi, ular o‘tira olmaydilar, tura olmaydilar, muvozanatni saqlab yura olmaydilar, boshlarini tuta olmaydilar. Psixik rivojlanishning kechikishii aniq kuzatiladi. Intelektning pasayish darajasi miyachaning shikastlanish doirasiga bog‘liq. Ko‘proq bosh miyaning peshona qismi shikastlanganda psixik rivojlanishning kechikishii ustunlik qiladi.
Giperkinetik shakl rezus – konflikt homiladorlikdagi qobiq ostida paydo bo‘lgan shikastlanish bilan xarakterlanadi. Giperkinezlar bir yoshdan so‘ng paydo bo‘ladi, faqat og‘ir hollardagina ularni bir yoshgacha aniqlash mumkin. Giperkinezlar yuz mushaklarida, oyoq va bo‘yin mushaklarida kuchli namoyon bo‘ladi. Ko‘pincha nutq buzilishlari kuzatiladi. Boshqa shakllariga nisbatan bu shaklda psixik rivojlanishning sekinlashuvi kuzatiladi, biroq murakkab harakat va nutq buzilishi bolaning rivojlanishi uning o‘qishi va sotsial moslashuvini qiyinlashtiradi.
Nutq buzilishi – serebral falajga chalingan bolalarda nutqning buzilishi, nutq rivojlanishining kechikishi, dizartriya va alaliya bilan xarakterlidir. Nutq rivojlanishining kechikishii, bolaning tili chiqishi davrigacha aniqlanadi. Kasallik gu-gulash va chug‘irlashining kechikishii, uzuqyuluqligi, tovush komplekslarining kamligi, kichik ovoz aktivligi kabi belgilar bilan ajralib turadi. Shuninngdek, gapira boshlashi kechiqadi, faol lug‘ati sekin yig‘iladi, nutqning shakllanishi buziladi. Nutq rivojlanishining kechikishii odatda dizartriya alaliyaning turli shakllari bilan uyg‘unlashib ketadi.
Serebral falaj bolalarda ko‘pincha psevdobulbar dizartriya kuzatiladi. Dizartriyaning bu shakli uchun nutq muskulaturasi tonusining ko‘tarilishi xosdir. Bunda og‘iz bo‘shlig‘idagi til taranglashadi, uning orqasi spastik egilgan uchi aniq emas. Lablar spatik taranglashib, mushak tonusining ko‘tarilishi bo‘lib artikulyatsion apparat ayrim mushak gruppalaridagi gipotoniya va distoniya bilan almashinib turishi mumkin. Artikulyatsion mushaklar parezi psevdobulbar dizartriya tipidagi ovoz chiqarishining buzilishini keltirib chiqaradi. Ovoz hosil qilish va nafas buzilishi xarakterlidir. Ko‘pincha artikulyatsion muskulaturada hamoxang harakatlar (sinkneziyalar) kuzatiladi.
Serebral falaj bo‘lgan bolalarda nutq buzilishlari kamdan-kam hollarda alohida uchraydi. Ko‘pincha dizartriyada nutq rivojlanishi kechikishii yoki alaliya birga uchraydi.