I ntellektual buzilishning rivojlanishi. Serebral falajli bolalarda intellektual rivojlanish ko‘pincha kechiqadi yoki buziladi. Bolalar serabral falajligida intelektual buzilish turlicha bo‘ladi. Taxminan 30% bolalarda oligofreniya turidagi intelektning to‘liq rivojlanmaslik, 2030% bolalarda intelektning saqlnib qolishi, qolganlarda esa harakat, nutq va sensor buzilishlarga xos intelektual rivojlanish kechikishii kuzatiladi.
Xulosa. Kasallikni vaqtida aniqlab, diagnostika qilish va davolashni iloji
boricha ertaroq boshlash muhimdir. Erta davolash bolalar serebral falajini muvaffaqiyatli davolash garovidir. Bolalar serebral falajining davolashni to‘g‘ri tashkil qilish juda muhimdir. U quyidagi shartlarga asoslanishi kerak: erta boshlash, bosqichlilik, izchillilik va kompleks davolash.
Bolalar serebral falajligini davolashdagi bosqichlilik turli bosqichdagi davolashni bildiradi: tug‘ruqxona-shifoxona harakatlari buzilgan bolalar uchun sanatoriy – bolalar uyi – bolalar bog‘chasi – serebral falajlik va poliomiyelit asoratli bolalar uchun internatlar va maxsus maktablar.
Bu tashkilot o‘rtasida izchil aloqa bo‘lishi kerak, shunda davolash muvaffaqiyatli bo‘ladi. Kompleks davolash shuni bildiradiki, bunda turli tiklantiruvchi – korreksion ishlar: harakatlar bilan davolash (davolash fizkulturasi), massaj, fizioterapevtik ta’sirlar, ortopedik va medikamentoz davolash, medika-pedagogik korreksiya olib boriladi.
Adabiyotlar: Po‘latxo‘jayeva M.R. Defektologiyaning klinik asoslari. O‘quv qo‘llanma.
T., TDPU - 2013. 2. Alimov X.A., Manasipova I.X. Nekotoriye voprosi organizatsii i razvitiya psixiatricheskoy pomoshi v Uzbekistane. Trudi Tashkentskoy psixiatricheskoy bolnitsi. NII tom. T:, 1996.
2.Agranovskiy M.L. Obshaya meditsinskaya psixologiya i psixopatologiya.
Andijan. «Andijon», 2004 – 215.
3.Sodiqova Q, Aripova S.X, Shaxmurova G.A . Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi. T., “Yangi asr avlodi” - 2009.
4.McGill-Franzen A., Allington R.L. (Eds.) Handbook of Reading Disability Research. Routledge, 2011. — 522 p.