Sensor buzilishlar – bolalar serebral falajligida (ayniqsa giperkinetik shaklda) ko‘pincha eshitish qobiliyati pasayadi (odatda yuqori chastotali tonlarda kuzatiladi). Bu esa, dizartriyaning bo‘lmasligiga, bir qator tovushlarni hosil qilishning buzilishiga olib kelishi mumkin. Yuqori chastotali tovushlarni (t, k, s,p, e, f, sh) eshitmaydigan bola, ularni nutqida ishlatmaydi. Kelgusida bunday bolalarni o‘qish va yozishga o‘rgatish qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Ayrim kasalliklarda fonematik eshitish to‘liq rivojlanmaydi. Eshitish qobiliyatining har qanday buzilishlari nutq rivojlanishining kechikishiga olib kelishi mumkin, og‘ir hollarda esa nutqning qo‘pol to‘liq rivojlanmasligiga olib keladi.
Serebral falaji bolalarda eshitish qobiliyatining buzilishini erta aniqlash katta ahamiyatga ega, chunki bunday nuqsonni o‘z vaqtida bartaraf etish nutq rivojlanishi kechikishiining oldini oladi.
Bosh miya po‘stloq qismi faoliyatining buzilishi. Atrof muhitni tasavvur qilishning buzilishi. Atrof- muhitni qabul qilish (atrof – muhit gnozisi) turli analizatorlarning birgalikdagi natijasi sifatida qaraladi, ular orasida kinestetik-harakat muhim ahamiyatga ega. Serebral falaj bo‘lgan bolalarda atrof-muhit gnozisi to‘liq rivojlanmasligi muhim o‘rin egallaydi, u ko‘rish qobiliyatining buzilishi va bosh miya katta yarim sharlari tepa qismining shikastlanishi yoki to‘liq rivojlanmaganligi bilan bog‘liq.
Ko‘rish qobiliyati buzilishlari ko‘rish funksiyasining yetishmovchiligi bilan qonvergensiya, ko‘rish maydonining torayishi, ptoza, g‘ilaylik, nistagma va ko‘rish o‘tkirligining pasayishi bilan bog‘liq. Ko‘z olmasi harakatlanishining buzilishi, ko‘z olmasini harakatlantiruvchi mushaklar parezi oqibati hisoblanadi. Atrof-muhit gnozisi shakllanishining buzilishida, shuningdek, eshitish qobiliyatining buzilishi ham katta ahamiyatga ega. Bunday sensor buzilishlar kelgusida diqqatning buzilishi va fikrni jamlay olmaslikning sababi bo‘lib xizmat qiladi.
His-tuyg‘uning buzilishi. Bolalar serebral falaji bilan kasallanganlarda his-tuyg‘u buzilishi kuzatiladi, bu esa kuchli ta’sirlanish, qayfiyatning o‘zgarib turishi, qo‘rquvning paydo bo‘lishida namoyon bo‘ladi tug‘iladi.