Metallotermiya yo‘li bilan, odatda, qaytarilganda ko‘mir bilan karbidlar hosil qiladigan metallar (va ularning qotishmalari) olinadi. Bular — marganes, xrom, titan, molibden, volfram va b. Ba’zan metallar ularning oksidlaridan vodorod bilan qaytariladi.
Gidrometallurgiyaga metallarni tuzlarining eritmalaridan olish usullari kiradi. Bunda ruda tarkibiga kiradigan metall dastlab mos reagentlar yordamida eritmaga o‘tkaziladi, so'ngra shu eritmadan ajratib olinadi. Masalan, tarkibida mis (II) oksid CuO bor mis rudasiga suyultirilgan sulfat kislota bilan ishlov berilganda mis sulfat holida eritmaga o‘tadi: