Temir rudalaridan cho‘yan va po‘lat olish ham pirometallurgiyaga misol bo‘ladi.
Agar ruda metall sulfidi boisa, u oldin kuydirib oksidlash (havoli joyda kuydirish) yo‘li bilan oksidga aylantiriladi. Masalan:
2Z nS+302= 2 Z n 0 + 2 S 0 2
So'ngra metall oksidi ko‘mir yordamida qaytariladi:
2 Z n 0 + C = 2 Z n + C 0 2
Ko‘mir (koks) bilan qaytarib olinadigan metallar karbidlar hosil qilmaydigan yoki beqaror karbidlar (uglerodli birikmalar) hosil qiladigan hollardagina qo‘llaniladi; bunday metallarga temir va ko‘pchilik rangdor metallar — mis, rux, kadmiy, germaniy, qalay, qo‘rg‘oshin va b. kiradi.
Metallarni ularning birikmalaridan kimyoviy jihatdan aktivroq bo£lgan boshqa metallar bilan qaytarish metallotermiya deyiladi. Bu jarayonlar ham yuqori temperaturalarda sodir bo‘ladi. Qaytaruvchilar sifatida aluminiy, magniy, kalsiy, natriy shuningdek, kremniy ishlatiladi. Agar qaytaruvchi aluminiy bo‘lsa, u holda jarayon aluminotermiya, agar magniy bo'lsa — magniytermiya deyiladi. Masalan: