Rudalardan metallar olish — metallurgiyaning vazifasidir.
Metallurgiya — bu tabiiy xomashyodan sanoatda metallar olish usuli haqidagi fan. Metallurgiya sanoati ham metallurgiya deyiladi.
Hozirgi metallurgiyada 75 xildan ko‘p metallar va ular asosida turli-tuman qotishmalar olinadi. Metallar olishning usullariga qarab piro-, gidro- va elektrometallurgiya bo‘ladi.
Pirometallurgiya metallurgiyada yetakchi o'rinni egallaydi. U rudalardan metallarni yuqori temperaturalarda qaytarish reaksiyalari yordamida olish usullarini o‘z ichiga oladi. Qay?;aruvchilar sifatida ko‘mir, aktiv metallar, uglerod (II) oksid, vodorod, metan ishlatiladi. Masalan, ko‘mir bilan uglerod (II) oksid qizil mis rudasi (kuprit) Cu20 dan misni qaytaradi: