Gaz holat. Gaz – moddaning agregat holati bo’lib uni tashkil qiluvchi molekulalar orasidagi masofa juda katta boʻlganligidan ularning oʻzaro tortishish kuchlari eʼtiborga olinmaydi. Shuning uchun gaz aniq shakl va aniq hajmga ega boʻlmaganligidan oʻzi turgan idishning butun hajmini egallaydi hamda idish shakliga ega boʻladi.Gazlarning asosiy harakteristikasilari: Past bosimga ega, chunki zarralar bir-biridan uzoq masofada joylashadi. Xususiy shaklga ega, xususiy hajmga ega emas.
Moddalarning qaysi agregat holatda bo’lishlari ayni moddaning tabiatiga, temperaturaga va bosimga bog’liq. Agar modda gaz holatda bo’lsa, u ma’lum bir shaklga, hajmga ega bo’lmay uning zichligi, yopishqoqligi juda kam bo’lib, xoxlagancha hajmni to’ldirishi mumkin. Gazlarning xossalarini o’rganish natijasida gazlarning kinetik nazariyasini kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Bu nazariyaga ko’ra gazni tashkil qiluvchi atomlar yoki molekulalar har doim harakatda bo’ladi. Atom va molekulalar to’g’ri siniq chiziq bo’ylab harakatlanadi va shu harakatlanayotgan molekulalar idish devori bilan o’zaro to’qnashish natijasida o’zlarining harakatlanish yo’nalishlarini o’zgartiradi. Molekulalar va atomlar harakatlaganda har xil tezligkka ega bo’ladilar. Engil gazlar molekulalari eng katta o’rtacha tezlikka egadir: vodorod molekulasi uchun o’rtacha tezlik 0⁰C da 1698 sm/sek. Gaz molekulalarining idish devori bilan to’qnashishi bosimni hosil bo’lishiga sabab bo’ladi.
Suv (bu holatda) va kislorod molekulasining koʻrinishi https://phet.colorado.edu/sims/html/states-of-matter/1.2.5/states-of-matter_uz.html Ideal gaz. Agar gaz molekulalarining o’zaro tortishish kuchlarini va molekulalarning hajmini e’tiborga olinmasa, u holda hajm bosim va temperatura o’rtasidagi bog’lanishni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: PV=nRT. Bu tenglamani ideal gazlar uchun KlapeyronMendeleev tenglamasi deyiladi. R-uneversal gaz doimiyligi. n-gazni kilomoli. Real gaz. Real gaz ustida gap baror ekan, gazni tashkil qiluvchi molekulalarning o’zaro tortishish kuchlarini va molekulani hajmini e’tiborga olish zarur.O’zaro tortishish kuchlar shu gazning egallab turgan hajmning kvadratiga teskari proportsionaldir va uni Van-der-Vaals «a» harfi bilan belgilangan. Molekulalararo tortishish kuchi gazning siqilishiga olib keladi va buning natijasida gazning bosimini av 2 miqdorida oshiradi. Shuning uchun «V» hajmdagi real gazning bosimi p av 2 ga tengdir. «a» gaz moddaning tabiatiga bog’liq. Bundan tashqari, gazni tashkil qiluvchi molekulalarning hajmini ham e’tiborga olish zarur, chunki real gaz molekulalari ma’lum hajmga ega. Shuning uchun gaz molekulalari «V» hajmda harakatlanmay, balki V-b hajmda harakatlanadi.