Reja: Moyda eriydigan vitaminlar


Alfatokoferolning ishlatilishi



Yüklə 148,6 Kb.
səhifə4/9
tarix24.12.2023
ölçüsü148,6 Kb.
#193550
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Metabolizmga ta’sir qiluvchi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi

Alfatokoferolning ishlatilishi.
1. Kislorod va temir dorilari olayotgan chala tug‘ilgan chaqaloqlar. Bular sof holdagi kislorod radikallari hosil bo‘lishini ko‘paytiradi va YE vitaminining ichakdan so‘rilishini kamaytiradi. Bundan tashqari, alfatokoferol temirning gemga kirishi uchun kerak.
2. Giperbilirubinemiya (bilirubin metabolizmini faollash uchun).
3. Gemolitik (eritrotsitlar membranasi butunlygyni saqlash uchun) yoki"gipoxrom (gemoglobin sintezini faollash uchun) kamqonliklarda.
4. Sklerema va sklerema (teri osti yog‘ qavatida moy almashinuvini va uning tarkibidagi kollagenni kuchaytirish maqsadida).
5. Gipotrofiya, miokard distrofiyasida, raxitda, miopatiyalarda (kollagen sintezini, qisqarish oqsillari sintezini yaxshilash uchun).
6. Bola ko‘rmaslikda (gonadotropinlar va yo‘ldoSH oqsillari sintezini kuchaytirish uchun).


2. SUVDA ERIYDIGAN VITAMINLAR

S vitamini, bu birikmalarga S] (askorbinat kislotasi), S2 (pentaoksiflavo«) kiradi. Ular sitrus o‘simliklarida topilgan. Bu vitaminlar guruhi skorbut xastaligini yo‘qotadi. Shuning uchun sintetik askorbinat kislotaga nisbatan tabiiy ekstraktlari foydalidir.


Farmakokinetikasi va ta’sir mexanizmi. So‘rilish og‘iz bo‘shlig‘ida boshlanadi, lekin u sust bo‘ladi. Faol so‘rilish esa ingichka ichakda boshlanib, unga glukozaning me’yordagi miqdorda bo‘lishi yordam beradi. Peptik yara, qabziyat, ich ketishi, ichakda gijjalar ko‘payishi, lyamblioz vitaminning so‘rilishini buzadi.
Qondagi eng yuqori miqdori dori ichilgandan 4 soat keyin yuzaga keladi, qon zardobidan leykotsitlarga va boshqa a’zolarga o‘tadi. Kichik yoshli bolalarda kattalarga nisbatan ko‘p bo‘ladi, ortiqcha miqdori leykotsitlar, miya va testikulalarda (zahira ko‘rinishida) saq
lanadi,
Tanada askorbinat knslota degidroaskorbat kislotaga (zahira ko‘rinishi), dezoksiaskorbat, diketogulon kislotalar, oksalat kislotalariga aylanib, siydik orqali chiqariladi. Tana askorbinat kislota degidroaskorbinat kislota bilan oksidlanishqaytarilish tizilmasini tashkil qilib, N+ ionlarini tashishda ishtirok etadi, ya’ni to‘qimalar nafas olishida ishtirok etib, fermentlar faolligini boshqarib turadi: temir so‘rilishida ishtirok etib temirning gemga kirishida va uning gemda ikki valentli ko‘rinishda saqlashda, folat va tetragidrofolat kislotalarining qaytarilgan ko‘rinishida saqlab turishda ishtirok etadi.
S vitamin Krebs siklida glukoza va pirouzum kis
Lbtysi MetabolizMini yaxshilab, katexolaminlar faolligini yaxshilab (oksidlanishdan saqlab), ularning sin tezini kuchaytiradi.
Askorbinat kislota oqsil, kollagen, teri, shilliq parda, tog‘ay, suyak, tishlar sintezini, hujayralararo modda, gialuron kislota sintezlarini yaxshilab, tomir devori mustahkamligini, antitelolar, interferon sintezini nazorat qilib turadi. Askorbinat kislota leykotsitlar fagotsitozi uchun zarurdir.
Askorbinat kislota to‘qimadan gistaminning ajralib chiqishiga qarshilik ko‘rsatib, uning qon zardobidagi miqdorini kamaytiradi. Jigarda nafas olish fermentlari faolligini ko‘tarib, oqsil sintezi va zaharsizlantirish faoliyatini oshiradi. Askorbinat kislota katexolaminlar metabolizmini oshiradi, jinsiy a’zolar va steroid gormonlar sintezini, o‘t kislotalarining hosil bo‘lishini ko‘paytchfadi.
Organizmning askorbinat kislotaga bo‘lgan ehtiyoji jismoniy yoki ruhiy zo‘riqishlarda, shamollash, infeksiyalarda, allergiyada, revmatoid artritda, neoplazmalarda oshadi.
Ishlatilishi. Gipovitaminoz, bolalarni sun’iy ovqatlantirish, zotiljam, infeksion va allergik kasalliklar, kamqonlik, gnpotrofik bolalarda D vitaminiga qo‘shib beriladi.
Gipervitaminoz askorbinat kislota yuqori miqdorlarda uzoq vaqt ishlatilganda yuz beradi. Qonda digidroaskorbinat kislotasi miqdori oshib ketadi va u bilan glukoza o‘rtasida tashish uchun raqobat boshlanadi.
Natijada qonda qand miqdori ko‘payadi. Bundan tashqari, oshqozon osti bezi betahujayralarining degranulyatsiyasi ortadi, insulin ishlab chiqarish kamayadi. S vitamini siydik orqali juda ko‘p miqdorda chiqadi va siydik yo‘llarida oksalat toshlari hosil qiladi, siydik yo‘llarining achishishiga sabab bo‘ladi. Oshqozonichak yo‘llari shilliq pardasining qattiq qitiqlanishi natijasida ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketvdli kuzatiladi. Qayta qabul qilinganda allergik reaksiyalar keltirib chiqarishi mumkin. Vitaminning ortiqcha miqdori markaziy asab tizilmasining qo‘zg‘alishiga, uyqu buzilishiga, giperxolesterinemiyaga sabab bo‘ladi. Juda yuqori miqdori fagotsitozning sekinlashuviga olib keladi.
S vitamini. 0,025; 0,05; 0,1 tabletka holida ichish uchun va 5 foizli 1—2 ml dan eritma holida chiqariladi. Ma’matak myovalarydan tayyorlangan sharbatlary ham ishlatiladi.
R vitamini. Bioflavonoidlar, na’matak, limon, smorodina, ryabina mevalaridan va choy bargidan olingan bo‘lib, rutin, kvarsetin, katexinlar va gesperedinlar ko‘rinishida ishlatiladi. R vitamini askorbin kislotaning to‘qimalarga tashilishi va to‘planishini yengillashtiradi. Bundan tashqari, qon tomirlar devorining o‘tkazuvchanligini mustahkamlaydi.
Bioflavonoidlarning farmakologik xususiyatlaridan yana biri oksidlanishqaytarilish jarayonlarida ishtirok etishi va gialuronidaza ta’sirini to‘xtatishidir.
R vitamini dorilari qon tomirlar devori o‘tkazuvchanligining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan qon quyilishlarda (ko‘z to‘r pardasidagi qon quyilishlarda, gemorragik diatezlar, kapillarotoksikoz, nur kasalligi, septik endokardit, bod kasalligi, glomerulonefrit, xafaqon kasalligi, araxnoidit, allergik kasalliklar, yuqumli kasalliklar: qizamiq, skarlatina, terlama va b. ishlatiladi. Shuningdek, bioflavonoidlar antikoagulyantlar va salitsilatlar ishlatilganda, kapillarlar shikastlanishining oldini olish va davolashda ishlatiladi. Rutin va kvarsetin 0,02 dan ichish uchun tavsiya etiladi.
Qatexin (choy bargidan tayyorlangan R vitamini) 0,05 va 0,1 dan tabletka holida ichish uchun tavsiya etiladi.
Gasperidin (sitrus mevalaridan olingan R vitamini) 0,05 va 0,1 dan tabletka holida ichish tavsiya etiladi.
V] vitamini, tiamin. Bu guruhning sun’iy dorilariga tiaminning tuzli hosilalari bo‘lmish tiamin bromid va tiamin xloridlar., shuningdek bi vitaminining koferment shakli — kokarboksilaza kiradi.
V] vitamini guruhining biologik faolligi va ta’sir doirasi ularning tanada kokarboksilazaga aylanib, uning bir necha muhim biologik jarayonlarining sintezida ishtirok etuvchi koferment faoliyatidir.. Bu jarayonlarga birinchi navbatda alfakislotalarining (pirouzum kislotasi) kislorodli va kislorodsiz dekarboksillanishi, shuningdek pentoza davridagi nuklein kislotalari, oqsil va lipidlar biosintezi uchun zarur bo‘lgan qaytarilgan nikotinamiddinukleotid fosfat va riboza5 fosfatning transketolaza fermenti yor damida hosyl bo‘lishidir. Pirouzum kyslotasinymg dekarboksillanishi sirka kislotasining faol ko‘rinishi A atsetilkofermentining hosil bo‘lishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida oqsil, yog‘ va uglevodlarning eiyergiya almashinuvida ishtirok etishiga olib keladi.
Tiamin dorilari xolinesteraza faolligini falajlab, endogen atsetilxolin ta’sirini kuchaytiradi va uni parchalanishdan saqlaydi. Boshqa to‘rtlamchi azot hosilalari singari u sinapslarda asab impulslarining o‘tishiga ta’sir ko‘rsatadi, gangliyalarni falajlovchi va kuraresimon ta’sirga ega. Shu sababli b! avitaminozida asosiy belgilar asab tizilmasi faoliyatining buzilishi bilan bog‘liq belgilar (teri sezuvchanligining o‘zgarishi, nevritlar, falajlanish, yurak va oshqozonichak tizilmasi faoliyatining buzilishi) hisoblanadi.
Farmakokinetikasi. Tiamin og‘iz orqali ichilganda ingichka ichakda so‘riladi. Uning ko‘p qismi jigarda fosforillanish jarayonida mono,diva trifosfat efirlarini hosil qiladi. Tiaminning qolgan qismi boshqa to‘qimalarga taqsimlanadi yoki yana ichaklarga tushib, u yerda qayta so‘riladi va uning tanadagi doimiy aylanishini ta’minlaydi. Tiamin asosan buyraklar orqali o‘zgarmagan va ichaklarda tiaminaza fermenti ta’sirida hosil bo‘lgan nofaol metabolitlar ko‘rinishida chiqib ketadi.
Tiaminning ichaklarda so‘rilishiga va ichaklarda uning boshqa mahsulotlardan sintez qilinishida ichak mikroflorasining ta’siri katta. Bu jarayon ayniqsa, ichak infeksiyalarida va mikroblarga qarshi dorilar bilan davolash davrida buzilishi mumkin. Shu tufayli og‘iz orqali qabul qilinadigan mikrobga qarshi dorilar ishlatilganda tiamin dorilarini tavsiya etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ishlatilishi. Maxsus davolovchi modda sifatida tiamin dorilar.i Bj gipovitaminozini davolashda va oldini olishda ishlatiladi. Bundan tashqari, vitamin b! dorilari nevritlar, radikulit, nevralgiya, periferik falajlar, poliartritlar, keksalarda aterosklerozni davolashda ishlatiladi. Oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yarasida, jigar kasalliklarida, qon aylanishining surunkali yetishmovchiligida, teri kasalliklarida tiamin dorilari ijobny natijalar beradi.
Qokarboksilazaning farmakologik xususiyati aloqida e’tiborga loyiq. Dori koma holatlarida atsidozni kamaytiradi, aritmiyalarda yurak urish me’yorini
mo‘tadillashtiradi, stenokardiyada yurak sohasida og‘riqlarni kamaytiradi. Kokarboksilaza koma, prekomatoz holatlarda, qand kasalligi atsidozida, yurak aritmiyalarida (ekstrasistoliya), qon aylanishining yetishmovchiligida ishlatiladi.
Kokarboksilaza 50—100 mg dan muskul orasiga va venaga yuboriladi. Tiamid bromidning 3 va 6 foizli eritmasi 1—2 ml dan teri ostiga, muskul orasiga yuboriladi.
Tiamin dorilari bemorlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi. Lekin uning eritmalari rN kam bo‘lganligi uchun teri ostiga va muskul orasiga yuborilganda kuchli og‘riqqa sabab bo‘ladi. Tiaminni piridoksin va sianokobalamin bilan birgalikda ishlatish tavsiya etilmaydi, chunki bunday holatda tiaminning allergik xususiyati oshib ketadi.
To‘qimalarda tiamin miqdorining ortib ketishi qon bosimining ko‘tarilishiga, mushaklar qisqarishining buzilishiga, nafas buzilishiga va sinaptoplegiyaga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda prozerin va kalsiy dorilari tavsiya etiladi.
V2 vitamini (riboflavin) amaliyotda riboflavin V2 vitaminidan tashqari, uning ikki koferment shakli: rriboflavin mononukleotid va flavinat ham ishlatiladi.
Tekshirishlar natijasiga ko‘ra, riboflavinning o‘zi farmakodinamik faollikka ega emas. Faqat biotransformatsiyalanish jarayonidan so‘ng riboflavyn koferment shakliga o‘tgandan keyingina vodorodni tashish yo‘li bilan to‘qimalar nafas olishidagi oksidlanishqaytarilish xususiyatini namoyon qiladi. Riboflavinlarni biotransformatsiyalovchi fermentlarning yetishmovchiligi ko‘pgina endogen V2 gipovitaminoziga sabab bo‘ladi. Bunda ishtaha va tana og‘irligi kamayadi, bosh og‘rig‘i kuzatiladi, paresteziya, teri qichishishi, qaltirash, ko‘zlarda sanchiq, shabko‘rlik, og‘iz burchaklarining yaralanishi, konyunktivit, blefarit, ko‘z gavharining xiralashishi, jigar va ichak faoliyatining buzilishi kabi belgilar kuzatiladi.
Riboflavin mononukleotid yoki flavinat organizmda oqsil komponentlari bilan birikib, 50 ga yaqin har xil fermentlar hosil qiladi. Flavin fermeitlari uglevod almashinuvini boshqarish xususiyatiga ega, oqsillar sintezida ishtirok etadi, yog‘larning o‘zlashtirilnshida qatnashadi,
Flavin fermentlari ko‘rishni, rang ajratish faoliyatini ta’minlashda ishtirok etadi.
Farmakokinetikasi. Riboflavin ichaklarda so‘riladi va uning ko‘p qismi ichak devorida, jigar hujayralarida, qon va tananing boshqa to‘qimalarida fosforillanishga uchraydi. Bunda avval riboflavin5monofosfat (bu jarayon noturg‘un xususiyatga ega) hosil bo‘ladi, keyinchalik esa flavinadenindinukleotid hosil bo‘ladi. Erkin riboflavin tanadan siydik orkali tezda chiqib ketadi.
Ishlatilishi. Amaliyotda riboflavin faqat ichki (endogen) gipo va avitaminozni davolashda va oldini olishdagina emas, balki flavin fermentlari faolligining kamayishi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklarmi davolashda ham ishlatiladi. Botkin kasalligida, jigar sirrozida, shuningdek qon aylanish yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan jigar faoliyatining yetishmovchiliklarida, miokardiodistrofiyada, yuqumli kasalliklarda ishlatiladi.
Riboflavin dorilari teri va ko‘z kasalliklarini davolashda keng qo‘llaniladi. Bundan tashqari, ular ovqatlanish buzilganda umumiy ta’sir ko‘rsatadi, antibiotiklar va sulfanilamid dorilari uzoq vaqt ishlatilganda birga qo‘shib qo‘llaniladi.
Riboflavin 0,002; 0,005; 0,01 g dan tabletka holida ichish uchun va 0,01 foizli eritmasi ko‘zga tomizish uchun ishlatiladi.
Flavinatning 0,002 g li ampuladagi kukunini bevosita yuborish oldidan osh tuzining izotonik eritmasida eritilib, muskul orasiga va konyunktiva ostiga yuboriladi.
V6 vitamini (piridoksin) dorilari. Piridin hosilalaridan bir qanchasi V6 vitamini faolligiga ega, ulardan dori modda sifatida piridoksin gidroxlorid, piridoksalfosfat va piriditol ko‘rinishida ishlatiladi.
^Ular tanada birbiriga aylanishi mumkin, lekin qayta o‘zgarmaydigan piridoksal kislota holida, siydik bilan tanadan chiqib ketadi. Ular ichak florasi tomonidan sintez qilinadi.
Gipovitaminoz holati ichak mikroflorasining o‘si>shi buzilganda, ya’ni bola sun’iy ovqatlantirilganda yuz berishi mumkin. Homilador ayol tanasida piridoksinning kamayishi erta toksikoz sabablaridan biri deb hisoblanadi. Bu holat bolaning ona qornida va tug‘ilishdan keyingi rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Piridoksin va piridoksal fosfatning biofaollik roli tanada oqsil almashinuviga faol boshqaruvchi ta’siridir. Aynan piridoksalfosfat ko‘pgina aminokislotalarni dekarboksillovchi va qayta aminlovchi fermentlari — triptofan, metionin, serin, tirozin, glutamin va boshqa aminokislotalar almashinuvida hamda gistamin almashinuvida muhim ahamiyatga ega. Yog‘ almashinuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, aterosklerozda xolesterin va lipidlar miqdorini kamaytiradi. Piridoksal fermentlari uglevodlar almashinuvi jarayonida ishtirok etib, jigarda glikogen miqdorini ko‘paytiradi. Piridoksil fosfatning piridoksindan afzalligi shundaki, u tez natija beradi.
Ishlatilishi. Piridoksin gidroxlorid va piridoksalfosfat homiladorlik toksikozida, aterosklerozda, jigar kasalligida, dermatologiya amaliyotida — psoriaz, ekzema, neyrodermitlarni davolashda ishlatiladi. Piridoksalfosfat sideroblast va irsiy sideroaxrestik kamqonlikda, porfiriyaning teri va buyrak ko‘rinishlarida, yuvenil qon ketishda, vestibulosensor buzilishlarda ishlatiladi.
Ikkala dori ham sil kasalliklarini davolashda tubazid va boshqa dorilardan zaharlanishning oldini olish maqsadida birga qo‘shib ishlatiladi.
Piridoksin gidroxlorid va piridoksal fosfatlardan farqli ravishda piriditol vitaminlik xususiyatiga ega emas, u kuchli psixofarmakologik ta’sirga ega, uning bu ta’siri markaziy asab tizilmasining metabolitik jarayonlariga ijobiy ta’siri bilan tushuntiriladi.
Piriditol keksalardagi ruhiy o‘zgarishlarda: serebral aterosklerozlarda, involyutsion depressiyada qo‘llaniladi. Dori, shuningdek, posttravmatik ensefalopatiyada, parkinsonizmda, tutqanoqda, nevroz va nevralgiyada, surunkali alkogolizmni davolashda ishlatiladi.
Pediatriya amaliyotida piriditol markaziy asab tizilmasining organik kasalliklarida ishlatiladi. Dori kam zaharli birikma bo‘lib, tanada faolligini yo‘qotib, siydik orqali chiqib ketadi. Piridoksis gidroxlorid 0,002; 0,005; 0,01 dan tabletka holida ichish uchun, 1 va 5 foizli eritmasi 1 va 2 ml teri ostiga, muskul orasiga va venaga yuborish uchun tavsiya etiladi.
Piridoksalfosfat 0,01 va 0,02 g, piriditol 0,05; S59
0,1; 0,2 g dantabletka holida ichish uchun tavsiya etiladi.
Salbiy ta’sirlaridan allergiya, teri toshmalari va qichishishlar uchraydi. Oshqozon va o‘n ikki barmoq ichak yaralarida, kuchli zaharlanishda, jigar kasalliklarida extiyot bo‘lib ishlatish kerak. V12 vitamini bilan birga bitta shpritsda yuborib bo‘lmaydi.
V3 vitamini. Farmakodinamikasi. Vitamin V3 (RRvitamin, nikotin kislotasi) nikotinamidadeninnukleotid (NAD) va nikotinamidadenindinukleotid fosfat (NADF) tarkibiga kiruvchi degidrogenazalar kofermenti bo‘lib, to‘qimalar nafas olishida va metabolitik jarayonlarda qatnashadi.
Farmakologik ta’sirlari:
1) to‘qimalar nafas olishida ishtirok etadi; oqsil, moy sintezida va kollagenning parchalanishida ishtirok etadi.
2) rodopsin sintezida ishtirok etuvchi retinolning transko‘rinishini sisko‘rinishga o‘tishini ta’minlaydi.
3) fibrInolityk tizilmani faollaydi, trombotsitlar yopishqoqligini (tromboksan A2 hosil bo‘lishini kamaytirish hisobiga) kamaytiradi.
4) gistamin ajralishi va kinin tizilmasini faollaydi.
5) juda kam qalinlikdagi lipoproteidlar sintezini kamaytiradi va ko‘p qalinlikdagi lipoproteidlarga xolesterin o‘tishini ko‘paytiradi.
Farmakokinetikasi. V3 vitamini va uning amidi (nikotinamid) parenteral va ichishga beriladi. Ular oshqozon va o‘n ikki barmoq ichaklarda yaxshi so‘riladi. OshqozonichaK tizilmasi kasalliklarida vitamiyeni qonga tashib o‘tish (transportirovka) buzilishi mumkin.
Biotransformatsiya jigarda kechadi, buning natijasida quyidagi: Nmetilnikotinamid, metilpiridonkarboksamidlar, glyukuron kislota efiri va glitsin bilan komplekslar hosil bo‘ladi. Nikotin kislota siydik bilan o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi.
Vitamin V2 va Be ishtirokida jigarda va eritrotsitlarda triptofan aminokislotadan sintez bo‘lishi mumkin.
Uzaro ta’siri. Nikotin kislotani qon tomirlarini kengaytiruvchi va fibrinolitik moddalar bilan birga ishlatish samarali hisoblanadi.
Bunday tayyor dori shakllari (nikoshpan, nikoverin, nigoksin, ksantinol, nikotinat) mavjud. V3 vitamini gipolipidemik dorilar bilan sinergist hisoblanadi.
Biroq V3 vitaminini bitta shpritsda boshqa dorilar bilan yuborib bo‘lmaydi, chunki kislotali muhitda farmatsevtik o‘zaro ta’siri kuzatiladi. Xolestiramin, xolestipollar bilan birga ichilganda ularning ychakdan so‘rilishi kamayadi, shu sababli ularni qabul qilish orasidagi vaqt 1,5—2 soatni tashkil qilishi kerak. Etanolning jigarga salbiy ta’siri kuchayadi, qandni kamaytiruvchi dorilar samarasini kamaytiradi.
Salbiy ta’sirlari. Qon bosimining tushib ketishi, bosh aylanishi, terining qizarishi, toshmalar toshishi, teri qichishi, siydik ajralishida achishish kabi salbiy ta’sirlari gistamin va kinin tizilmasining faollashuvi bilan tushuntiriladi.
Gipervitaminozda ich ketishi, ishtaha yo‘qolishi, qayt qilish, qand ko‘payishi, giperurikemiya, oshqozon shilliq pardasining yaralanishi, jigar faoliyatining buzililishi, yurak ritmining buzilishi bilan kechishi mumkin.
Ishlatilishi. Uning Nmetilnikotinamid siydikdagi kreatinning miqdoriga nisbati gipovitaminozni aniqlashga yordam beradi. Normada 0,5 g Nmetilnikotinamid 1,0 kreatinga nisbatda va undan ortiq bo‘ladi.
1. Pellagrada (markaziy asab ishi buzilishi belgilari: yalqovlik, chumoli yurishi kabi sezgilar, bo‘shashish, ishtaha yo‘qolishi, qaltirash, nevroz, fikrlashning susayishi, tutqanoq xurujlari; ich ketishi yoki atonik ich qotishi, ichakda yel to‘planishi, qayt qilish; dermatit, glossit, otit yoki yarali stomatit simptomlari bilan kechadigan simptomokompleks) ishlatiladi.
2. Aterosklerozda (juda katta miqdorlarda sutkasiga 3—9 g) yuboriladi.
3. Zndoarteriit. Reyno kasalligi, migren, safro va siydik yo‘llari sanchig‘ida.
4. Trombozlarda.
5. Xartnup kasalligi (triptofan aminokislotasining so‘rilishi va to‘kimalarga kirishi buzilishi bilan kechadigan irsiy kasallik). Bunda triptofandan nikotin kislota hosil bo‘lishi buziladi.
V5 vitamini
Farmakodinamikasi (pantotenat kislota) koenzim A tarkibiga kiradi. QoenzimA atsetat va boshqa atsil guruhlar transportini nazorat qiladi, bu guruhlar safro kislotalari, fosfolipidlar, xolesterin, steroidlar, atsetilxolin sintezi uchun zarur.
Farmakologik ta’sirlari:
1) ef va boshqa moddalar almashinuvida qatnashadi,
2) Hujayra qobig‘ining normal tuzilishini nazorat qiladi.
3) Xolinergik qurilmalarda normal impuls o‘tishida qatnashadi.
4) Glyukokortikoidlar, jinsiy gormonlar va mineralkortikoidlar sintezini tartibga soladi.
Farmakokinetikasi. Dori mushakka yuboriladi yoki ichishga beriladi. Yaxshi so‘riladi va to‘qimalarga yaxshi tarqaladi, ayniqsa jigar, buyrak usti bezlarida, yurakda va buyraklarda ko‘p to‘planadi. Biotransformatsiyaga uchramaydi. Biroq V5 vitamini, V6 vitamini ishtirokida jigarda pantotenat kislotasi va betaalanindan sintez bo‘lishi mumkin. Uzgarmagan holda buyraklar (70%) va jigar (30%) orqali chitsariladi.
Uzaro ta’siri. Pantotenat kislota ichak va siydik pufagi tonusi susayganda prozerin va kalsiy preparatlari bilan yaxshi samara beradi, xuddi shuningdek ular yallig‘lanishga va allergiyaga qarshi dorilar bilan yaxshi natija beradi.
Salbiy ta’sirlari. Ko‘ngil aynishi, qayt qilish, zarda bo‘lishi ham kuzatiladi.
Ishlatilishi. Gipovitaminoz borligini aniqlash uchun bs vitamini qon plazmasidagi miqdorini aniqlash (chaqaloqlarda normada 40,5—63,0 nmol/l; 1—2 yoshli bolalarda — 18 nmol/l; 2 yoshdan katta bo‘lgan bolalarda 12,1 —14,1 nmol/l, V5 vitamini yetishmovchiligi kam kuzatiladi).
V5 vitamini jigarning yog‘li distrofiyasida, apatiyada, kamquvvatlikda, nervmushak o‘tkazuvchanligi buzilganda, polinevrit, falajliklarda, silliq mushak tonusi susayganda davolash maqsadida ishlatiladi. Sianokobalamin. V12 vitamini guruhidan siaiokobalamin va vitamin V,2 koferment shakli, tabiiy metabolitlari, oksikobalamin ishlatiladi.
Sianokobalamin dorilari tanada biologik faol metabolitlar rolini o‘ynab, uning o‘sishi va rivojlanishi, eritrotsitlarning yetilishi va mo‘tadil qon xosil bo‘lishini ta’minlaydi. Ular oqsil, uglevod, lipidlar almashinuvida harakatchan (labil) metil guruhlari biosintezida (xolin, metionin, kreatinin, nuklein kislotalari) ishtirok etadi, eritrotsitlarda sulfgidril guruhlarini ushlab turuvchi birikmalarning to‘planishiga olib keladi, jigar va asab tizilmasi faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi, qon ivish jarayonini faollashtiradi, aterosklerozda qondagi xoleo terin miqdorini kamaytiradi, letsitinxolesterin ko‘rsatkichini oshiradi. Sianokobalaminga nisbatan oksikobalamin tanada tezkor faol koferment shakliga o‘tadi, oqsillar bilan mustahkam birikma hosil qilgani uchun tanada uzoqroq saqlanadi va siydik orqali sekin chiqib ketadi.
Qobalamin Bt2 vitaminining tayyor koferment shakli bo‘lib, sianokobalamindan jigar xujayralarida uzoq ushlanib qolishi va kuchli anabolik ta’siri borligi bilan farq qiladi. Gematoensefalik to‘siqdan yaxshi o‘tib, bosh miya to‘qimalarida modda almashinuvini yaxshilaydi, aqlan zaif rivojlangan bolalarga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi.
Ishlatilishi. Sianokobalamin dorilari kamqonlikka qarshi samarali dorilar hisoblanadi. Ular AddisonBirmer va boshqa qator kamkonliklarda ishlatiladi.
Bundan tashqari, bu dorilar nurlanish kasalligida, chala tug‘ilgan bolalar yaxshi rivojlanmaganda va birlamchi yoki ikkilamchi gipotrofiyasi bor bolalarda, anoreksiyada, jigar kasalliklarida (Botkin kasalligida, gepatitlarda, sirroz), polinevritlarda, rarikulitlarda, ba’zi teri kasalliklarida, alkogolizmni davolashda, diabetik neyropatiyada, funikulyar miyelozda tavsiya etiladi.
Sianokobalaminni 0,003; 0,01; 0,02; 0,05 foizli eritmalari 1 ml dan teri ostiga, muskul orasiga va venaga yuborish uchun tavsiya etiladi.
Oksikobalamin 0,01; 0,05; 0,1 foizli eritma xolida 1 ml dan parenteral yo‘l bilan kiritish uchun tavsiya etiladi.
Qobalamid 0,1; 0,5 va 1 mg dan tabletka holida ichish uchun tavsiya etiladi.
Salbiy ta’sirlari. Sianokobalamin dorilari, odatda, bemorlar tomonidan yaxshi qabul qilinadi, sezuvchanlik oshganda bemorlarda allergik reaksiyalar, asabiylashish va taxikardiya kuzatilishi mumkin.
Pangamat kislotasi dorilari. Amaliyotda pangamat kislotasining ikkita dorisi ishlatiladi: kalsin pangamat (Bis vitamini) va kimyoviy tuzilishi jihatidan shu guruhga o‘xshash bo‘lgan — dipramoniy.
Kalsiy pangamat. Glyukon kislotasi zfirining kalsiyli tuzi va dimetilglitsin bilan kalsiy glyukonat va kalsiy xlorid aralashmasidir.
Qalsiy pangamat lipidlar almashinuvida kreatininfosfat miqdorini oshiradi va muskullarda, jigarda glikogenni ko‘paytiradi. U tananing har xil to‘qimalarida kislorod almashinuvida ishtirok etadi va gipoksiyani yo‘qotadi, metil guruhlarining tashuvchisi bo‘lib, transmetillash jarayonida ishtirok etadi. Dori tarkibida bo‘lgan kalsiy ham ma’lum biologik vazifani bajaradi.
Ishlatilishi. Kam zaharli birikma bo‘lib, aterosklerozni kompleks davolashda, o‘pka emfizemasi va zaharlanishda, teri kasalliklarida, shuningdek, sulfanilamid, kortikosteroid va boshqa dorilarning salbiy ta’sirlarini kamaytirish maqsadida ishlatiladi.
Qalsiy pangamat tabletka holida 0,05g dan chiqariladi. Dipramoniy. Tajribalarda gangliyalarni falajlovchi va qon bosimini pasaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi.
U tanada oksidlanish jarayonida ishtirok etadi, lipotrop ta’sir ko‘rsatadi, jigarning pigment va antitoksik faoliyatini yaxshilaydi, tananing gipoksiyaga va har xil zaharlanishlarga chidamliligini oshiradi. Ishlatilishi. Qo‘l, oyoq, periferik arteriyalarning kasalliklari, endoartrit, arteriyalar aterosklerozining yengil davrlarida, mikrotsikulyatsiyasi buzilgan qo‘loyoq qon tomir kasalliklarida ishlatiladi.
Dipramoniy bosh miya qon tomirlari aterosklerozida ham ishlatiladi. Bevosita kiritish oldidan, maxsus suvda 2,5 foizli eritmasi tayyorlanib, muskul orasiga yuboriladi.



Yüklə 148,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin