Vitaminlar — organizmda kechayotgan biokimyoviy va boshqaruv jarayonlarida ishtirok etuvchi turli kimyoviy tuzilishga ega bo‘lgan ekzogen moddalardir. Ko‘pgina vitaminlar kofermentlar tarkibiga kiradi va apofermentlar bilan birikadi va turli fermentlar hosil qilib, modda almashinuvida ishtirok etadi. Ba’zilari (masalan Dvitamini) gormonlarga o‘xshaydi. Vitaminlar saqlovchi o‘simliklar ekstrakti, sintetik dori shakllari yoki ularning kofaktorlari ishlatiladi.
Vitamin dorilari o‘rin bosuvchi davolashda yoki organizmda vitamin yetishmasligidan kelib chiqqan holatlarda metabolizmni korreksiya qilish maqsadida ishlatiladi.
Vitamin yetishmovchiligining sabablari: 1. Organizmga vitaminlar yoki oqsillarning yetarli tushmasligi.
2. K, Vguruhidagi vitaminlarni ishlab chiqaradigan ichak florasining yetishmasligi.
3. Ichakka safro suyuqligini tushmay qolishi (mexanik to‘siq, o‘t yo‘llari bitib qolishi, xolestatik gepatit), moyda eriydigan A, K, YE va D vitaminlari so‘rilishining buzilishi.
4. Vitaminlarning ichakda« so‘rilishi buzilishi (yaralinekrotik enterokolit, kam so‘rilish sindromi).
5. Jigar va buyrak kasalliklarida vitaminlarning faol metabolitlarining kam hosil bo‘lishi.
6. Vitamin almashinuvining irsiy buzilishlari.
7. Vitaminlarga organizm ehtiyojining ortishi (yuqumli kasalliklar, asfiksiya, balog‘atga yetish davri, homiladorlik, emizish davri va boshqalar).
Vitamin dorilari: 1. Moyda (A, D, YE, K) eriydigan,
2. Suvda (S, R, V, V2, V3, V5, V6, V,2, S va boshqalar) eriydigan turlarga bo‘linadi.