Reja: Moyda eriydigan vitaminlar


Lipoproteidlar hosil bo‘lishiga qarshilik qiluvchi dorilar



Yüklə 148,6 Kb.
səhifə9/9
tarix24.12.2023
ölçüsü148,6 Kb.
#193550
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Metabolizmga ta’sir qiluvchi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi

Lipoproteidlar hosil bo‘lishiga qarshilik qiluvchi dorilar
Klofibrat (miskleron, atromidin). Qlofibrat barcha gipolipidemik dorilar ichida eng samarali va xavfsizdir. Giperlipoproteidemiyaning 1 turidan tashqari hamma turlarida, ayniqsa III turida yaxshi natija beradi.
Klofibrat lypydlar almashynuvyga ko‘p qirryly ta’sir qiladi. U yog‘ to‘qimasidan erkin yog‘ kislotalarining ko‘chishini (mobilizatsiya) to‘xtatadi, ularning jigarda ushlanib qolishini kamaytiradi.
Dori samarasi qondagi triglitseridlar miqdorini 30—40 foizga kamaytirish bilan kechadi. Xolesterin darajasiga kamroq ta’sir qiladi.
Farm^kokinetikasi. Qlofibrat oshqozonichak yo‘Lidan yaxshi so‘riladi. Eng yuqori miqdori qonda 3 soatdan keyin kuzatiladi. Yarim chiqish davri 12 soatga teng. U esterazalar ta’sirida erkin paraxlorfenilizomoy kislotalariga gidrolizlanadi, bu yog‘ kislotalarini albumin bilan bog‘langan ko‘rinishdan siqib chiqaradi va ularni to‘qimalarda oksidlanishini osonlashtiradi, bu esa qonda yog‘ kislotalari miqdori kamayishiga olib keladi.
Salbiy ta’sirlari. Dori kam zaharliligi bilan ajralib turadi. Ba’zida ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, miozit, agranulotsitoz, jigar va buyrak faoliyatining buzilishi, kamquvvatlik, teri toshmalari, qichishish, stomatit kuzatiladi. Davolash vaqtincha to‘xtatib turilganda bu salbiy ta’sirlar yo‘qolib ketadi. Qlofibrat bilan davolanganda vaqtivaqti bilan protrombin vatstini aniqlab turish lozim. Agar bemor antikoagulyantlar qabul qilayotgan bo‘lsa, ularning miqdorini kamaytirish kerak. Dorining sutkalik miqdori 1,5—2 g ni tashkil qiladi va bu miqdor 3 mahalga taqsimlab qabul qilinadi.
Jigar va buyrak kasalliklarida, homiladorlikda qo‘llanib bo‘lmaydi.
Setamifen. Urtacha gipoxolesterinemik ta’sirga ega. Setamifenning gipoxolesterinemik ta’siri to‘liq o‘rganilmagan. Xolesterin sintezining boshlang‘ich bosqichida to‘xtatadi, degan taxmin bor. Setamifen, shuningdek, gipofizning tireotrop faoliyatini kuchaytiradi. Bundan tashqari, u jigarning o‘t ajratishini kuchaytiradi.
Setamifen ateroskleroz va giperxolesterinemiya bilan kechadigan xafaqon, surunkali yurak toj tomirining yetishmovchiligi kasalliklarida ishlatiladi. Kuniga 3—4 mahal 0,25—0,5 g dan ovqatdan 15 daqiqadan so‘ng ichish uchun tavsiya etiladi. Davolash 3—4 oy davom etadi.
Salbiy ta’sirlari. Ko‘ngil aynishi, zarda bo‘lish, ishtahaning pasayishi bilan namoyon bo‘ladi.
Essensialforte. 5—10 ml dan ampulalarda chi
Sariladi. 16 ml ampulada: 166 mg fosfolipidlar, 5 mg gidroxlorid piridoksin, 15 mkg sianokobalamin, 100 mg nikotinamid tutadi; 1 ml ampulada esa 250 mg fosfolipidlar, 2,5 mg gidroxlorid piridoksin, 10 mkg sianokobalamin, 1,5 mg natriy pantotenat, 25 mg nikotinamid saqlaydi. 1 kapsulada 6 mkg sianokobalamin, 6 mg gidroxlorid piridoksin, 300 mg fosfolipidlar, 6 mg riboflavin, 30 mg nikotinamid va 6 mg tokoferol tutadi.
Klinikada zssensial jigarning yog‘li distrofiyasida, o‘tkir va surunkali gepatitlarda, yurak kasalliklari natijasida kelib chiqadigan jigar fibrozida ishlatiladi.
Lipostabil. 10 ml da 500 mg fosfolipidlar yig‘indisi, 4 mg V6 vitamini, 2 mg RR vitamini va 2 mg adenozin 5monofosfat tutadi. Qapsulada 300 mg fosfolipidlar va 500 mg etozmilin tutadi.
yoG‘ almashinuvi buzilishlari korrektori sifatida ishlatiladi.
Polisponin. Nipon dioskoreyasi o‘simligi va ildizoldi qismining quruq ekstrakti saqlaydi. Xolesterin so‘rilishini kamaytiradi. Giperlipidemiyada 0,1—0,2 ovqatdan keyin 2—3 marta ichiladi. Davolash kamida 4 hafta davom etadi.
Salbiy ta’siri. Teri qichishishi, ishtahaning susayishi, terlash bilan kechadi.
Tribusponin. Temirtikan o‘simligi steroid glikozidlari yig‘indisidan iborat. 0,1 g dan kuniga 3 marta ovqatdan oldin beriladi. Davolash 3—4 hafta davom etadi.
Dipsakozid. Vorsyanka o‘simligi triterpen glikozidlari yirindisini saqlaydi. Bizning tajribalar natijalariga ko‘ra dipsakozid jigarda lipidlar metabolizmini yaxshilaydi, xolesterinni o‘t (safro) kislotalari ko‘rinishida chiqib ketishini tezlashtiradi. Jigarda bilirubinning konyugatsiyalanish jarayonini yaxshilaydi. Kukun va tabletka holida 0,1—0,2 g dan kuniga 2—3 marta ovqatdan oldin ishlatiladi. Ateroskleroz, yurak ishemik kasalligida, o‘tkir va surunkali gepatitlarda gepatoprotektor sifatida shifobaxsh ichimlik ko‘rinishida tavsiya etiladi.
Linitol. Kunjut moyidan olinadi, olein, linolen to‘yinmagan moy kislotalarining etil efirlarini saqlaydi. Moy almashinuvini tiklaydi. GiperlipidemiyaDa 20 ml dan kuniga bir marta, ovqatlanish vaqtida sabul qilinadi, davolanish kursi 1,5 oy davom etadi,
Salbiy ta’biri. Dispeptik buzilishlar ko‘rinishida kechadi, xoletsistiti bor bemorlarda o‘t pufagi sohasida og‘riq kuchayishi mumkin.
Araxidon. Araxidon, linol va boshqa to‘yinmagan moy kislotalari yig‘indisidan iborat. Shoxli hayvonlar oshqozon oyeti va buyrak usti bezlarining ekstrakti hisoblanadi. Farmakologik ta’siri va ishlatilishi linetol singari. 10—12 tomchidan ovqat vaqtida 2 marta ichiladi.
Yüklə 148,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin