Reja Mulk shakllari. Mulkchilik munosobatlari va tarkibi


Xususiy mulk - ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o‘z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir



Yüklə 33,77 Kb.
səhifə3/6
tarix19.02.2022
ölçüsü33,77 Kb.
#52818
1   2   3   4   5   6
Reja Mulk shakllari. Mulkchilik munosobatlari va tarkibi

Xususiy mulk - ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o‘z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir.

O‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risidagi qonunida (7-modda), xususiy mulk o‘z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko‘rsatilgan. SHu bilan birga xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi.

Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. U, so‘zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga ma’suliyatlilik munosabatlarini rag‘batlan-tiradi. SHu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug‘diradi. Mulkchilikning bu shaklini tan olish xalq xo‘jaligida uni qo‘llash foydali bo‘lgan bo‘g‘inlarni aniqlash, uni tartibga solishning moliyaviy va huquqiy mexanizmlarini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish bilan umuman bog‘liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari asosida mustaqil xo‘jalik yuritish yoki davlat korxonalari, kooperativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin.


Yüklə 33,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin