Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə32/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

O‘zbekiston – Xitoy. Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini 1991-yil 27-dekabrda tan olgan. 1992-yil yanvarda diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida an’anaviy do‘stlik munosabatlari o‘rnatilgan. Bular ikki mamlakatga har ikki tomonni qiziqtiruvchi ko‘plab masalalar bo‘yicha o‘zaro manfaatli va samarali hamkorlik olib borish imkonini beradi. Xitoy Xalq Respublikasi Raisining 2010-yildagi O‘zbekistonga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil iyunda Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Uchrashuvlar davomida hamkorlikning istiqbollari belgilandi. Buning yaqqol dalili sifatida O‘zbekiston rahbarining Xitoyga tashrifi chog‘ida davlatlar rahbarlari tomonidan “Strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot” imzolanganini ko‘rsatish mumkin. O‘zaro manfaatli hamkorlikning huquqiy bazasini 2005-yilda imzolangan Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma, 2010-yildagi Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik munosabatlarini har tomonlama chuqurlashtirish va rivojlantirish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya, 2012-yildagi Strategik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma deklaratsiya, 2013-yildagi Ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish haqidagi Qo‘shma deklaratsiya, 2014–2018-yillarga mo‘ljallangan Strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish dasturi hamda 2016-yilda imzolangan Qo‘shma bayonot tashkil qiladi. Mazkur hujjatlarning qabul qilinishi uzoq muddatli istiqbolda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
2017-yil 11–13-may kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi O‘zbekiston – Xitoy munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tardi. Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev va Si Szinpin O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi Qo‘shma bayonotni imzoladilar. Shavkat Mirziyoyev Xitoyga bo’lgan tashrifi davomida umumiy qiymati 23 mlrd. dollar bo’lgan 105 ta ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin