Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi


Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə29/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning tiklanishi. Istiqlol sharofati bilan xalqimizning milliy-ma’naviy merosini tiklash va yangilash hamda xalqimiz ongiga yetkazish va turmushiga singdirish muhim vazifalardan biri sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Xalqimizning azaliy qadriyati, sevimli bayrami hisoblanmish “Navro‘z” bayramining xalqimizga qaytib berilishi mamlakat tarixida katta voqea bo‘ldi. 1991-yildan boshlab mamlakatda Prezident farmoniga ko‘ra, 21-mart – Navro‘z umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo‘ldi. Qadimiy xalq bayrami – Navro‘zning tiklanishini respublikamizning butun aholisi mamnuniyat bilan ma’qullab, ko‘tarinki ruhda kutib oldi va hozirda ham ardoqli bayram sifatida nishonlamoqda. «Navro‘z» bayrami shodiyonalari
O‘zbekiston hali sovetlar qaramog‘ida turgan og‘ir kunlarda Islom Karimov xalq xohish-irodasiga quloq tutib, unutilmas tarixiy hujjatga imzo chekdi. 1990-yil 2-iyun kuni “Musulmonlarning Saudiya Arabistoniga haj qilishi to‘g‘risida”gi farmonini e’lon qildi.
Mamlakatda Islom dini omilidan unumli foydalanish, uning boy ma’naviy va madaniy qadriyat sifatidagi imkoniyatlarini kengaytirish choralari ko‘rildi. Jumladan, 1990-yilda musulmonlarning Haj ziyoratiga borishini kafolatlaydigan Prezidentning maxsus farmoni qabul qilindi. 1992-yil 27-martda O‘zbekiston Prezidentining “Ro‘za hayitini dam olish
kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra musulmonlar hayotidagi qutlug‘ sanalar – Qurbon va Ramazon hayit kunlarini doimiy ravishda bayram qilish va ularning
dam olish kunlari deb e’lon qilinishi ham aynan xalqimiz ko‘nglidagi ish bo‘ldi.
Mustaqillik sharofati bilan “Islom nuri” haftanomasi, “Hidoyat” jurnali dunyoga keldi, ko‘plab diniy-axloqiy adabiyotlar chop etila boshlandi. Jumladan, Imom Buxoriyning to‘rt jilddan iborat, Imom Termiziyning bir jildli hadis kitoblari, boshqa allomalarning qator asarlari yuz minglab nusxalarda chop etildi. Qur’oni Karim sakkiz marta, jami bir million nusxada nashr etildi. Bu muqaddas kitob yurtimizda ilk bor 1992-yil Alouddin Mansur tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi va uch marta, jami 300 ming nusxada bosmadan chiqarildi.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin