Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi


Yoshlarga e’tiborning kuchayishi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə27/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

Yoshlarga e’tiborning kuchayishi. 2016-yilda “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra, 30 yoshgacha bo‘lgan barcha toifadagi shaxslar yoshlar ekanligi qayd etilgan. “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda yoshlarning huquqlari va
qonuniy manfaatlarini mustahkamlashga, yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar mas’uliyatini kuchaytirishga, ushbu sohada sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Savol va topshiriqlar :
1. Mustaqillikning dastlabki yillarida sport sohasida qanday tadbirlar amalga oshirildi?
2. Uch bosqichli sport o‘yinlari o‘tkazilishidan maqsad nima edi?
3. Olimpiada o‘yinlaridagi g‘olib ishtirokchilarni sanang.
4. O‘zbekiston boks maktabi va uning xalqaro maydondagi zafarlarini sharhlang.
5. O‘zbek milliy kurashi va uning rivojlanish bosqichlari haqida gapiring.
6. O‘zbekistonda yoshlar umumiy aholining qanchasini tashkil qiladi? Biz kimlarni yoshlar deb ataymiz?
7. Lex.uz saytidan 2016-yildagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida” gi qonunni topib mazmun-mohiyatini aytib bering.
8. O‘zbekistonning yoshlarga doir davlat siyosati asosiy tamoyillarini izohlang.
9. Bugungi kunda yoshlarga berilayotgan imtiyozlar haqida nimalarni bilasiz?


10-MAVZU : MUSTAQILLIK YILLARIDA O‘ZBEKISTONDA MA’NAVIY VA MADANIY TARAQQIYOT
REJA:
1. O‘zbekistonda ma’naviy va tarixiy merosning tiklanishi.
2. O‘zbekistonda madaniyat va san’at
Tayanch ibora va atama : tarixiy xotira, qadriyat.
Tarixiy xotiraning tiklanishi.O‘zbekiston suveren davlat sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda ma’naviy yangilanish jarayonini amalga oshirmasdan mustaqillikni har tomonlama mustahkamlab bo‘lmasligini hayotning o‘zi ko‘rsatdi. Shuning uchun ham mamlakat rahbariyati istiqlolning dastlabki paytidanoq bu borada zarur choralar ko‘rdi. 1991-yili Alisher Navoiy tavalludining 550-yilligi keng nishonlandi. Alisher Navoiy nomida Davlat mukofoti ta’sis etildi. Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi. Navoiy haykali Toshkentning Komsomol ko‘li deb nomlangan istirohat bog‘iga o‘rnatildi va bu bog‘ Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i deb ataladigan bo‘ldi. 1994-yilni hukumat qarori bilan mamlakatimizda Ulug‘bek yili, deb e’lon qilinishi, uning 600-yilligini O‘zbekistonda va jahon miqyosida, xususan, YuNESKO qarorgohi Parijda keng nishonlanishi ham buyuk allomalar qoldirgan meros umuminsoniy qadriyatga aylanganligining nishonasidir.
1996-yil Amir Temur tavalludining 660 yilligi ham keng miqyosda nishonlandi. Mamlakat Prezidenti “1996-yilni Amir Temur yili” deb atash to‘g‘risida farmon qabul qildi. “Temur tuzuklari” bir necha tilda chop etildi. O‘sha davr tarixiy-madaniy yodgorliklari tiklanib, yozma adabiyotlar ilmiy muomalaga kiritildi. Juda qisqa fursatda Toshkentda bobokalonimizning dunyoviy sha’ni va shavkatiga mos keladigan Temuriylar tarixi davlat muzeyi qurildi.
Hukumatning maxsus qaroriga binoan, 1999-yil dekabrda Xorazmda Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 190 yilligi, Nukusda Ajiniyoz Qosiboy o‘g‘li tavalludining 175 yilligi, 1998-yil oktabrda esa Farg‘onada Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlandi. Islom olamining zabardast allomalari bo‘lmish Imom Ismoil Buxoriyning 1225 yilligi, Imom Abu Iso Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahouddin Naqshbandiyning 675 yilligi, Xoja Ahror Valiyning 600 yilligi va boshqa allomalarning yubileylari keng nishonlandi.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin