Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi


Yoshlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə26/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

Yoshlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi. Millat kelajagi ham ma’nan, ham jismonan baquvvat, sog‘lom yoshlar qo‘lida. O‘zbekiston aholisining 60 foizdan ortig‘ini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki davrdanoq yosh avlod ta’limtarbiyasi, salomatligiga katta e’tibor berib kelinmoqda. Bu dolzarb masala davlat siyosatining eng muhim ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta’lim sohasidagi jahon andozalariga mos islohotlar, aholi salomatligini saqlashga qaratilgan beqiyos ishlarning zamirida ham ana
shunday mushtarak maqsadlar mujassam. 1991-yil noyabrda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 1997-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet ellarda o‘qishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Umid” jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida farmoni e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilinishi mamlakatimizda yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fi krlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarning mantiqiy davomi bo‘ldi. Ushbu qaror ilm-fanni yanada rivojlantirish, iqtidorli va qobiliyatli yoshlarni, jumladan, qizlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yanada keng sharoitlar yaratishga qaratilgan. Mustaqillik yillarida yosh iqtidorli qizlarning adabiyot, madaniyat, san’at, fan va ta’lim yo‘nalishlarida o‘z iste’dodini, salohiyat va qobiliyatlarini
namoyon etishlariga imkoniyat yaratib bergan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yilda qabul qilgan “Zulfi ya nomidagi davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha taklifl arni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni jamiyat hayotida yetuk mutaxassislar, yetakchi va iqtidorli qizlarning shakllanishiga zamin yaratdi. 80 nafarga yaqin xotin-qizlarning mumtoz qo‘shiqchilik, akademik ijro, estrada, opera, balet, cholg‘u ijrochiligi, an’anaviy ijrochilik, raqs yo‘nalishlarida “Nihol” mukofoti bilan taqdirlangani tom ma’noda ularga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasidir. Harbiy xizmatning yoshlar uchun mustahkam hayotiy prinsiplar, harbiy xizmatni tugatayotgan yoshlarni rag‘batlantirishning ahamiyatini, ularning o‘qishni davom ettirishi va mamlakat oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishi uchun imtiyoz va sharoitlar yaratishni e’tiborga olib, 2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Ushbu qarorga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolar uchun respublika oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishda test sinovlarida to‘planadigan eng ko‘p ballning 25 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklidagi imtiyoz berish belgilandi.
Istiqlol yillarida yoshlarning har tomonlama yetuk, barkamol voyaga yetishi uchun mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Xususan, 23 ta qonun va 100 dan ortiq me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Bundan tashqari, yillarga nom berishda ham yoshlarning manfaatlari alohida e’tiborga olindi. Xususan, 2000-yil – “Sog‘lom avlod yili”, 2001-yil – “Onalar va bolalar yili”, 2008-yil – “Yoshlar yili”, 2010-yil – “Barkamol avlod yili”, 2014-yil – “Sog‘lom bola yili”, 2016-yil – “Sog‘lom ona va sog‘lom bola yili”, deb e’lon qilinib, yaxlit chora-tadbirlar dasturlari amalga oshirilgani fikrimiz tasdig‘idir.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin