Mustaqillik uchun harakatlarning faollashishi. Sobiq Ittifoqqa kiruvchi respublikalar rasman teng va suveren deb yuritilsada, amalda qaram edilar.Ular o’z yerlari,suvlari,o’rmonlari va yerosti boyliklariga,ko’pdan-ko’p korxonalariga o’zlari egalik qilolmas edilar. 80- yillarning oxirlari,90-yillarning boshlarida ko’pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o’zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar. O’zbekistonRespublikasining rahbari I.A.Karimov 1989-yil 20- sentabrda Moskvada bo’lib o’tgan KPSS MQ sining plenumida so’zlagan nutqida respublikalar bilan Ittifoq o’rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo’yishni ko’zda tutadigan yangi shartnoma ishlab chiqish zarurligi to’g’risida o’z fikrini bildirib ; “ Biz Ittifoq va respublikalar ning vazifalarini,burchlarini va o’zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo’yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz”,- degan edi.
Biroq markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish haqidagi talab-takliflarni e’tiborga olishni istamas, to’g’rirog’I ularga erkinlik berishni xoxlamas edi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoatchiligining ta’siri ostida markazdan ajralishharakati kuchayib bordi.1990- yil bahorida Boltiqbo’yidagi Latviya,Estoniya Respublikalari, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon Respublikalari Ittifoq tarkibidan chiqqanligini e’lon qildilar.
Rossiya,Ukraina,Belarus parlamentlari davlat suvereniteti to’g’risida deklaratsiya qabul qildilar. Ittifoqdosh respublikalar ketidan RSFSR ga kiruvchi muxtor respublikalar ham suverenitet haqida deklaratsiyalar qabul qilishdi..Markazda va joylarda SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi,degan masalaga bahs va munozaralar kuchaydi.Markazdagilar “Kuchli markaz- kuchli respublikalar ” desa, joylardagilar “kuchli respublikalar - Kuchli markaz” der edilar.
Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zarurligini e’tirof etishga majbur bo’ldi.SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug’ullanuvchi maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi.1990- yil iyulda Moskvada markaz vakillari bilan respublikalar delegatsiyalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdilar.1990- yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi.
Dasturda respublikalar o’z hududlaridagi butun milliy boyliklarga egalik qilish ,foydalanish,tassaruf etish huquqiga ega ekanligi ta’kidlangan edi.Ammo shartnomaga bunday yondashuv markazdagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi. SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha shartnoma loyihasini tuzib, respublikalarga tarqatdi.Respublikalar, shu jumladan, O’zbekiston , markaz loyihasini tuzish harakatining birinchi bosqichi natijasiz tugadi.
1991- yil fevral- mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida ishlashning ikkinchi bosqichi bo’lib o’tdi.Unda Boltiqbo’yi respublikalari Gruziya,Armaniston,Moldova vakillari qatnashmadi,Ozarbayjon kuzatuvchi bo’lib qatnashdi. Bu bosqichda Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab qo’yishga harakat qilindi.Nihoyat, Ittifoq va respublikalar vakolatlari belgilab qo’yilgan yangi shartnoma loyihasi matbuotda e’lon qilindi. Respublikalar , jumladan, O’zbekiston, markaziy idoralar hali o’zining eskicha hukmron mavqeyini saqlash ruhi sindirilgan bu hujjatdan qanoatlanmaganliklarini bildirdilar.
1991- yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyovning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo’ldi.Ishtirokchilar tomonidan “Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo’lmaydigan choralar to’g’risida qo’shma Bayonot” imzolandi.Bu hujjat “9+1” ( 9 respublika+ markaz)degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon bermaganini, Kiyevda bildirilgan fikr-mulohazalarga rozi bo’lganini ko’rsatadi.