Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari. Fuqarolar yig’ini kollegial organ bo’lib,uni rais (oqsoqol) tegishli xalq deputatlari Kengashi yoki hokim bilan kelishilgan holda,zaruratga qarab chaqiriladi.Fuqarolar yig’ini,barcha aholini yig’ishning iloji bo’lmagan hollarda,belgilangan vakillik me’yorlari asosida o’tkaziladi. Rais (oqsoqol) , uning maslahatchilari fuqarolar yig’inida saylanadi.fuqarolar yig’ini raisidoimiy ishlovchi bo’g’in.Rais o’z mahkamasiga ega bo’lib,uning miqdori rais o’z vazifasini bajarishga imkoniyat yaratadigan darajada tuziladi.
O’zbekistonda fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini takomillashtirish,zarur holatlarda yiriklashtirish tadbirlari ko’rilmoqda.Agar 1994-yilda 12 mingdan ortiq o’zini o’zi boshqarish organlari shakllantirilgan bo’lsa,ularning soni 2001-yilda 7847 tani tashkil etdi.1999-yil 14- aprelda qabul qilingan “Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida”gi yangi tahrirdagi qonunda ularning vakolatlari va huquqi kengaytirildi. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga ,shuningdek,mahalla fuqarolar yig’iniga:aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan qarorlar qabul qilish;qonun hujjatlarining,shuningdek,o’z qarorlarining ijro etilishi bo’yicha jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;atrof-muhitni muhofaza qilish va obodonlashtirish yuzasidan o’z hududida joylashgan korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish huquqlari berildi.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari O’zbekiston Prezidentining 1999-yil 13-yanvarda chiqqan “Aholini aniq yo’naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari rolinioshirish to’g’risida” gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi “Aholining ijtimoiy muhtoj qatlamlarini aniq yo’naltirilgan tarzda qo’llab-quvvatlashning 2002-2003-yillarga mo’ljallangan dasturini amalgam oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Qarori talablarini amalgam oshirmoqdalar.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida O’zbekistonda demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi,ularga ko’ra inson,uning hayoti,erkinligi,sha’ni,qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari-oliy qadriyat hisoblanadi.Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi,deb belgilab qo’yildi.
O’zbekiston Respublikasida yagona fuqarolik qabul qilingan,ayni vaqtda Qoraqalpog’iston Respublikasining fuqarosi O’zbekiston fuqarosi hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 7-bobida respublika fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari quyidagicha ta’rflab berilgan:
• yashah huquqi ;
• erkinlik va shaxsiydaxlsizlik huquqi ;
• aybsizlik prezumpsiyasi;
• shaxsiy hayotga aralashishdan himoyalanish va uy-joy daxlsizligi huquqi ;
• bir joydan ikkinchi joyga ko’chish huquqi ;
• fikrlash,so’z va e’tiqod erkinligi;
• fuqarolarning o’z huquq va manfaatlariga daxldor bo’lgan hujjatlar bilantanishib chiqish huquqi ;
• vijdon erkinligi ;
Mazkur huquq va erkinliklarga har bir shaxs ega bo’ladi hamda o’zi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Inson hayoti qonun bilanqo’riqlanadigan muqaddas qadriyatdir.
Insonning shaxsiy huquq va erkinliklari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Fuqarolik kodeksi” , “Fuqarolarning murojaatlari to’g’risida”,”Fuqarolar muhofazasi to’g’rida”, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida” va boshqa qonunlar bilan kafolatlangan.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida fuqarolarning siyosiy huquqlari mustahkamlangan.Ular quyidagilardan iborat :
• davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda qatnashish;
• o’z ijtimoiy faolliklarini mitinglar,namoyishlar va yig’ilishlar shaklida amalga oshirish
• kasaba uyushmalariga,siyosiy partiyalarga,jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish;
• vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza,taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish;
Fuqarolarning siyosiy huquqlari Konstitutsiya , “Jamoat tashkilotlari to’g’risida”, “Ommaviy axborot vositalari to’g’risida”, “Siyosiy partiyalar to’g’risida” va boshqa Qonunlar bilan himoya qilinadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida respublika fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari mustahkamlanib qo’yilgan:
• uy-joyga ega bo’lish;
• mulkdor bo’lish va undan erkin foydalanish;
• mehnat qilish,erkin kasb tanlash,ishsizlikdan himoyalanish;
• yollanib ishlaganda dam olish;
• bilim olish ;
• qariganda,mehnat qobiliyatini yo’qotganda,boquvchisidan mahrum bo’lganda ijtimoiy ta’minot olish ;
• malakali tibbiy xizmatdan foydalanish ;
• ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi,madaniyatyutuqlaridan foydalanish.
Fuqaro va davlat bir-biriga nisbatan bo’lgan huquqlari va burchlari bilan o’zaro bog’langan.Davlat fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ham o’z hududida, ham uning tashqarisida himoya qiladi, ularga homiylik qiladi.Shuningdek,barcha fuqarolar davlat,jamiyat va boshqa fuqarolar oldida muayyan burchlarni,majburiyatlarni ham o’taydi. fuqarolarning burchlari,majburiyatlari Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to’g’risida”gi (1996-yil dekabr) Qonunida Siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari yanada rivojlantirildi va mustahkamlandi.
Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega:
o’z faoliyati to’g’risidagi axborotni erkin tarqatish,o’z g’oyalari, maqsadlari va qarorlarini targ’ib qilish;
qonunda belgilab qo’yilgan tartibda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti,Oliy Majlis, mahalliy vakillik hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish;
partiya faoliyati bilan bog’liq yig’ilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni o’tkazish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish;
O’zbekiston RespublikasiningSiyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari o’rnatish ;
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda demokratik jamiyatning qonuniy belgisi bo’lgan ko’p partiyaviylik shakllandi,jamoat tashkilotlari tubdan yangilandi. O’zbekistonda 4 ta siyosiy partiya, 2 ta ijtimoiy harakat, faoliyat ko’rsatmoqda.