Savol va topshiriqlar : 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqish zarurati nimada edi ?
2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy tamoyillarini bilasizmi?
3. Davlat ramzlari deganda nimani tushunasiz ?
4. O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’ini tasvirlab bering, u qanday hollarda ko’rsatiladi ?
5. O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbini tasvirlab bera olasizmi ?
2-MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY DAVLATCHILIGINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI REJA : 1 . Prezidentlik institutining shakllanishi 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi. 3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning tizimi va vazifalari. 4. Sud hokimiyati. 5. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari. Tayanch iboralar:Oliy Majlis, Oliy Kengash, Vazirlar Mahkamasi Prezidentlik institutining shakllanishi.Mustaqillik yillarida O’zbekistonning siyosiy mustaqilligini mustahkamlashga ,huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolikjamiyati qurishga yo’naltirilgan chuqur siyosiy islohotlar o’tkazildi.Siyosiy hayotni tubdan o’zgartirish ishlarining ko’lamini anglash uchun Sobiq Ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan qanday siyosiy meros qolganini yana bir karra eslash zarur bo’ladi.
O’zbekiston keyingi 130 yil davomida siyosiy qaramlik,mustamlakachilik zulmini boshidan kechirdi.Xalqimiz o’z taqdirini o’zi belgilash huquqidan mahrum etilgan,o’z taraqqiyot yo’lini o’zi belgilay olmasdi.Milliy davlatchiligimiz inkor etilib,mamlakatimiz,xalqning xoxish-irodasiga qarshi o’laroq,sobiq Ittifoqning ma’muriy-hududiy qismiga aylantirilgan edi.Xalq o’z yurtboshisini tanlash , saylashdan mahrum edi. Respublika rahbari, hukumati a’zolari, vazirligik va idoralar boshliqlari ,hatto viloyat raxbari ham markaz tomonidan tayinlanadi, unga to’la bo’ysundirilgan edi. Oddiy ijtimoiy - iqtisodiy, ma’naviy masalalar ham markazning ruxsatisiz hal etilmas,mustaqil faoliyat yuritishga uringanlar hibsga olinar,quvg’in qilinar edi.
Sobiq Ittifoq poydevori ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv usuliga qurilgan,o’ta mafkuralashgan,xalqni yuvosh,itoatkor olomon deb biladigan totalitar tuzum bo’lib qolgan edi.
Mustaqillik yaratgan imkoniyatlar sharofati bilan mamlakatimizda inson manfaatlari,tinchligi va farovonligiga xizmat qiluvchi erkin,keng qamrovli siyosiy islohotlar amalga oshirilmoqda.