Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi


O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə5/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi .O’zbekistonda oily davlat vakillik organi-parlamentni shakllantirishda xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillarga va rivojlangan davlatlar tajribasiga tayanildi.
“Parlament” fransuzcha “parler”-gapirmoq so’zidan kelib chiqqan bo’lib,rasmiy so’zlashish joyi ma’nosini anglatadi. Parlament davlatning oily vakillik organi hisoblanadi. va qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Parlament qonun bo’yicha belgilangan sondagi deputatlardan iborat bo’lib,hududiy saylov okruglari bo’yicha ko’ppartiyaviylik asosida belgilangan yoshga to’lgan fuqarolardan saylanadi.
Parlament tarixi asrlar bilan o’lchanadi. Parlamentarizm g’oyasi milodning birinchi ming yillik bo’sag’asida Rimda,Angliya,Fransiya,Ispaniyada xalq majlislari shaklida vujudga kelib,davlat hokimiyati darajasiga ko’tarilgunga qadar yana bir necha taraqqiyot bosqichlaridan o’tgan. Parlament Angliyada 1215-yilda qabul qilingan “Erkinlikning Buyuk Xartiyasi”dan boshlanadi va 1265-yilda davlat hokimiyatining vakillik organi sifatida ta’sis etiladi.XVII-XVIII asrlarda boshqa mamlakatlarda ham Parlament vujudga keladi. Parlament xorijiy mamlakatlarda turlicha nom bilan yuritiladi.Masalan: AQSH va Lotin Amerikasi mamlakatlarida Kongress,Buyuk Britaniyada Parlament , Finlyandiya va Polshada Seym,Germaniyada Bundestag, O’zbekistonda Oliy Majlis va hokazo.
O’zbekiston Mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990-yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi – Oliy Kengash faoliyat ko’rsatmoqda edi. O’zbekiston demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lidan borib,birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yubormadi.U 1990-1994- yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat ko’rsatdi.
Mustaqil O’zbekistonning taraqqiyoti dastlab sobiq Ittifoq tuzumidan meros bo’lib qolgan qonunlar doirasida boshlandi. Shu boisdan Oliy Kengash O’zbekistonning mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlashgan, demotratik islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan yangi qonunchilik tizimini vujudga keltirish yo’lidan bordi va uni qadamba-qadam shakllantira boshladi.Oliy Kengash mamlakatimiztarixida birinchi bor 1990-yil 24-mart kuni O’zbekiston Prezidentini sayladi, Mustaqillik deklaratsiyasini, O’zbekistonning davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi Konstitutsiyaviy qonunni va boshqa muhim hujjatlarni ishlab chiqdi va qabul qildi.1990-1994-yillarda Oliy Kengash 200 ga yaqin qonun va 500 dan ziyod qaror qabul qildi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida demokratik tamoyillarga asoslangan yangi Parlamentni shakllantirishning huquqiy asoslari belgilab berildi.Uning 76-moddasida ; “O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oily davlat vakillik organi bo’lib,qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi ”,-deb belgilab qo’yilgan. Konstitutsiyaga muvofiq O’zbekiston Respublikasida bir palatali Parlament- Oliy Majlisni shakllantirishga kirishildi.
1993-yil 28- dekabrda bo’lib o’tgan Respublika Oliy Kengashining XIV sessiyasida “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida” 1994-yil 22-sentabrda bo’lib o’tgan XVI sessiyada “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida” Qonunlar qabul qilindi.Ularda qonunchilik sohasida tub islohotlarni amalga oshirish zaruriyati kun tartibiga qo’yiladi.Negaki,birinchidan,sobiq Ittifoq davridan qolgan bir qatorqonun va me’yoriy hujjatlar hamon amalda bo’lib,ular mazmun va mohiyati jihatidan yangilanayotgan davlat va jamiyat uchun mutlaqo moskelmas edi,qo’yilgan maqsadlarni amalga oshirishga monelik qilardi.
Ikkinchidan,har qanday mafkuraviy ta’sirdan xoli,xalqning o’ziga xos tarixiy,axloqiy-ma’naviy qadriyatlariga mos keladigan adolatli,demokratik-huquqiy davlat qurish,taraqqiyotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo’lidan boorish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga huquqiy asos bo’ladigan yangi qonunlar yaratish zarur edi. Bu borada rivojlangan mamlakatlar qonunchilik tajribasidan foydalanish lozim edi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Mustaqillik yillarida davlat boshqaruv hokimiyati tubdan isloh qilindi.Avvalo,sobiq Ittifoq davrida faoliyat yuritib kelgan O’zbekiston davlat hokimiyatining ijro qiluvchi va boshqaruvchi oily organi- Ministrlar Sovetining maqomi tubdan o’zgartirildi. 1990- yil 24- martda O’zbekistonda Prezidentlik lavozimi ta’sis etilgandan keyinhayotning o’zi ijro etuvchi hokimiyat maqomini o’zgartirishni talab qildi.1990-yil 15- noyabrda O’zbekiston Prezidentining “O’zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to’g’risida” farmoni chiqdi.Unga muvofiq O’zbekiston Prezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Prezident uning Raisi bo’ldi. Respublikada vitse – Prezident lavozimi ta’sis etilib, uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish va uning ishini uyushtirish vazifasi yuklandi.
1992-yil 4- yanvarda vitse – Prezident lavozimi tugatildi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis etildi.Bosh vazir zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilish,uning ishini tashkil etish vazifasi yuklandi.
O’zbekiston Respublikasi Bosh vazir nomzodi Prezident taklifiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasi a’zolari tarkibiga Bosh Vazir, uning o’rinbosarlari,vazirlar,davlat qo’mitalari raislari va Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashiningraisi kiradi.
Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasining hukumati bo’lib,ijro etuvchi hokimiyatdir.

  • davlat budjetini ishlab chiqadi va Oliy Majlisga taqdim etadi hamda uning bajarilishini ta’minlaydi.

  • Oliy Majlisga davlat budjetining bajarilishi haqida hisobot beradi.

  • yagona moliya,kredit va pul siyosati yuritilishini ta’minlaydi.

  • madaniyat,fan,maorif,ijtimoiy ta’minot,ekologiya sohasidagi yagona davlat siyosatni amalga oshirishni ta’minlash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

  • qonuniylik,fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash ,xususiy mulk va jamoat tartibini muhofaza qilish,jinoyatchilikka qarshi kurash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

  • iqtisodiyotning,ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali faoliyatiga rahbarlik qiladi.

  • O’zbekiston Respublikasi qonunlari Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari,qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.

  • barcha organlar,korxonalar,muassasalar,tashkilotlar,mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

Islohotlar jarayonida Vazirlar Mahkamasining tarkibi tobora takomillashib,qisqartirib borildi..Agar 1991- yil 30- martda Respublika ijroiya hokimiyati 41 kishidan iborat etib tuzilgan bo’lsa,1995-yil 5-mayda Vazirlar Mahkamasi 35 kishidan iborat etib tuzildi.2000-yil 11- fevralda bo’lgan II-chaqiriq O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Prezident tavsiyasiga ko’ra Vazirlar Mahkamasi tarkibini 34 kishidan- Bosh Vazir,Bosh vazirning birinchi o’rinbosarlari, 8 nafar Bosh Vazir o’rinbosarlari,15 nafar vazir va 9 nafar Davlat qo’mitalari raislaridan iborat etib tasdiqladi.
2003- yil 24-25-aprel kunlari bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XI sessiyasida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o’zgartishlar va qo’shimchalar kiritish to’g’risida ” gi Qonunga muvofiq Vazirlar Mahkamasining tarkibi,uni tuzish va tasdiqlash tartibi o’zgartirildi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 89-moddasining „O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi“ deyilgan qismi olib tashlandi. Vazirlar Mahkamasi tarkibida Rais lavozimi bo’lmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasining Bosh Vaziri nomzodini avval Qonunchilik palatasida,So’ngra Senatda ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining boshqa a’zolari esa Bosh Vazirning taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.Bu holat mamlakatimizda amalgam oshirilayotgan demokratik jarayonlarni yanada chuqurlashtirishga ko’maklashadi.Bosh vazirning,hukumat va butun hukumat tizimlarining vakolatlari oshdi,mas’uliyati kuchaydi.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin