Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi


Siyosiy partiyalarni tuzish: quyidagilar taqiqlanadi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə9/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

Siyosiy partiyalarni tuzish: quyidagilar taqiqlanadi

  • ixtiyoriylik irqiy,milliy,ijtimoiy,diniy adovat va nafratni

  • a’zolarning teng huquqliligi targ’ib etuvchi,zo’rlik va Konstitutsiyaviy

  • o’zini o’zi boshqarish tuzumni ag’darib tashlashga chaqiruvchi

  • qonuniylik Siyosiy partiyalar

  • oshkoralik

Quyidagilar Konstitutsiyaga zid deb hisoblanadi.
davlat organlari , muassasalari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning Siyosiy partiyalarning faoliyatini cheklashga, bir partiyali siyosiy tuzum yaratishga qaratilgan hujjatlari va qilmishlari Siyosiy partiyalar mamlakatimiz fuqarolarining siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, aholining,ayniqsa, siyosiy jarayonlarida xoxish-irodasi va fikrini ifodalash vositasiga aylanib bormoqda.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati rivojlanishining asosiy bosqichlari va istiqbollari
2000-yildan bugungi kunga qadar bo‘lgan davrni qamrab olgan bosqichda mamlakatda faol demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi. Ushbu bosqichning asosiy vazifasi qilib milliy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga qaratilgan kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tish masalasi qo‘yildi. Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson haq-huquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy faolligi ortib bordi. Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish sohasini isloh etish, so‘z erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini takomillashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi. 2002-yili bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning IX sessiyasida mamlakatning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ayni ana shu ko‘p qirrali islohotlarni
amalga oshirishning yangi tamoyillarini o‘rtaga tashladi. Unda islohotlarga doir yettita masala – ustuvor yo‘nalish belgilab berildi. Ustuvor yo‘nalishlardan biri jamiyat hayotida nodavlat va notijorat tashkilotlarning o‘rni va rolini oshirish orqali fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonlarini chuqurlashtirish, “Kuchli davlatdan – kuchli jamiyat sari”
tamoyilini amalga oshirish hisoblanadi.
Davlat siyosatining bosh yo‘li huquqiy, demokratik davlatni vujudga keltirish, qonun oldida barchaning tengligini ta’minlash, “fuqaro – jamiyat – davlat” prinsipini joriy etish, ana shu yo‘l bilan fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish bo‘ldi.
Islom Karimovning 2010-yil 12-noyabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida qilgan ma’ruzasi amalga oshirilgan islohotlarni sarhisob qilish hamda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab olish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu Konsepsiyada
mamlakatimizda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish borasida amalga oshirilgan ishlar mufassal tahlil etilib, bu yo‘nalishdagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va izchil davom ettirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab berildi.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin