Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi


Millatlararo munosabatlarda yangi davr



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə17/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

Millatlararo munosabatlarda yangi davr. Bugun respublika hududida yashovchi 130 dan ortiq millat va elat vakillari uchun O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi millatlararo totuvlikni mustahkamlash, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashning kafolati bo‘lib xizmat qilmoqda.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017– 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimizda millatlararo totuvlikni ta’minlash masalasiga alohida Millatlararo munosabatlar va e’tibor qaratilgan. Mamlakatimizda tinch- xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik likni yanada mustahkamlash, millatlararo aloqalari qo‘mitasi barqarorlikni yuksaltirish maqsadida 2017-yil 19-mayda O‘zbekiston Respub likasi Prezidentining “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq Baynalmilal madaniyat markazi negi zida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi. Bu esa, o‘z navbatida, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniy markazlar hamda do‘stlik jamiyatlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning samarali faoliyat yuritishida davlat idoralari va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishda mustahkam tayanch bo‘ladi.
SSSR davrida O‘zbekistonda 89 masjid, 2 ta madrasa bo‘lgan bo‘lsa, 2017-yilga qadar esa 2033 ta masjid, Islom universiteti, Islom instituti, 16 ta diniy konfessiyalar faoliyat yuritib keldi. O‘zbekiston aholisining 88 foizi islom diniga, 10 foizidan ziyodi boshqa dinlarga e’tiqod qiladi, 1,8 foizi hech qaysi dinga e’tiqod qilmaydi. Ramazon hayiti, Qurbon hayiti respublika miqyosida nishonlab kelinmoqda, diniy jurnal va gazetalar nashr etilib, televideniye va radioda diniy mavzularda maxsus ko‘rsatuv va eshittirishlar olib borilyapti. O‘zbekistonda din davlatdan, siyosatdan ajratilgan, ammo xalqdan ajratilgan emas. Aholisi ko‘p millatli bo‘lgan O‘zbekistonda islomdan tashqari xristianlik, yahudiylik, buddaviylik va boshqa konfessiyalarga e’tiqod qiluvchi kishilar ham bor. Ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali mamlakatda millatlararo hamjihatlik va diniy bag‘rikenglik sohasida olib borilayotgan izchil davlat siyosati turli millat hamda barcha diniy konfessiya
vakillarining emin-erkin yashashlari uchun mustahkam asos yaratdi. 1991-yil davlatning vijdon erkinligi va dinga oid siyosatini belgilab beruvchi “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Uning qabul qilinishi islom diniga va boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchi fuqarolarning hayotida muhim o‘rin egalladi. 1992-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. Qo‘mita tarkibida diniy konfessiyalar bilan ishlash uchun maxsus tashkil etilgan sho‘ba ish boshlaganidan so‘ng, respublika hududida joylashgan va diniy faoliyat yuritayotgan barcha tashkilotlar haqida ma’lumotlar to‘plana
boshlandi. 1998-yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi. Mazkur qonunda fuqarolarning vijdon va e’tiqod erkinligi bilan bog‘liq huquq hamda burchlari aniq-ravshan belgilab qo‘yildi. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq “Davlat diniy konfessiyalar o‘rtasidagi tinchlik va totuvlikni qo‘llabquvvatlaydi.
Bir diniy konfessiyadagi dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan xatti-harakatlar (prozelitizm), shuningdek, boshqa har qanday missionerlik faoliyati man etiladi. Ushbu qoidaning buzilishiga aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka tortiladilar”.
O‘zbekiston kabi ko‘p konfessiyali davlatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Diniy bag‘rikenglik mamlakatda rivojlanayotgan demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biridir. Ayni paytda 16 ta diniy konfessiya o‘zaro totuvlikda faoliyat ko‘rsatmoqda. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita dindorlar
ehtiyojlarini qondirishga ko‘maklashib kelmoqda. 2007-yilda Islom Hamkorligi Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalar bo‘yicha tuzilmasi – AYSESKO tomonidan “Toshkent – Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilindi. Bu O‘zbekiston davlatining dinga bo‘lgan munosabati natijasidir.
O‘zbekistonda qaror topgan diniy bag‘rikenglik quyidagi omillar bilan belgilanadi:
Birinchidan, respublikada istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillari hamda turli diniy konfessiyalar faoliyatida o‘zaro hurmat, sabr-toqat, bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirishda amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ikkinchidan, milliy va diniy bag‘rikenglik o‘zbek madaniyati hamda mentalitetining ajralmas qismidir. O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik borasida olib borilayotgan siyosat demokratik o‘zgarishlarni va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirishga, boshqa millatlar, dinlar va madaniyatlarga hurmatsizlik hollaridan, ekstremizm shakllaridan xoli
haqiqiy demokratik jamiyatni qurish omiliga aylanishiga, jamiyatda millatlararo va dinlararo ahillikning saqlanishiga imkon tug‘dirmoqda.
Uchinchidan, millatlararo va konfessiyalararo munosabatlardagi uyg‘unlik xalqlarning ma’naviy boyligi manbayi hisoblanadi va davlatlarning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Turli madaniyat va din vakillari o‘rtasidagi muloqotlar kelishuv va o‘zaro ishonchga erishish yo‘llaridan biri sanaladi.
To‘rtinchidan, mutaxassislar fikricha, bir-biridan farq qiladigan 2 xil bag‘rikenglik tushunchasi mavjud: formal – tashqi ko‘rinishdagi bag‘rikenglik va ichki – pozitiv bag‘rikenglik. Formal ravishdagisi boshqa kishining diniy e’tiqodiga nisbatan toqatlilikni, unga qarshi kurashmaslikni anglatsa, ichki – ijobiysi esa boshqa dinlarni yaxshi bilishni ham taqozo etadi. Bugungi kunga kelib, O‘zbekistonda har ikkala ko‘rinishdagi bag‘rikenglik amalda o‘zining to‘liq ifodasini topgan.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin