Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi


Mamlakat ishlab chiqarish salohiyatining oshirilishi va jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə13/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

Mamlakat ishlab chiqarish salohiyatining oshirilishi va jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi
2000-yilda boshlangan iqtisodiy islohotlarning keyingi bosqichida iqtisodiyotga davlat aralashuvi darajasining pasayishi hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati kafolatlarini kuchaytirish va ularni nazorat qiluvchi organlarning noqonuniy aralashuvidan himoya qilish masalalariga asosiy e’tibor qaratildi. 2002-
yildan boshlab import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi amalga oshirila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yildagi “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida iqtisodiy nochor korxonalarni moliya sog‘lomlashtirish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayoniga tijorat banklarining mablag‘larini kengroq jalb qilishni yo‘lga qo‘yish tadbirlari va bankrot korxonalarni tijorat banklariga sotish yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri balansiga berish mexanizmi belgilab berildi. Mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan obyektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi.
Tadbirkorlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, ularni rag‘batlantiradigan mexanizmning yaratilishi. 2001-yildan boshlab xususiy tadbirkorlikni, ayniqsa, kichik va o‘rta biznes korxonalarini rivojlantirish orqali iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish amalga oshirildi.


5-MAVZU : O ‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY SIYOSAT
REJA :
1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish.
2.Tadbirkorlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, ularni rag‘batlantiradigan mexanizmning yaratilishi.
3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanishi. Soliq tizimi.
4. Ijtimoiy siyosat va uning amalga oshirilish bosqichlari.
2000-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun kichik va xususiy tadbirkorlikning rivoji uchun yanada keng imkoniyatlarni ochib berdi. Bu xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aksiyalarni imtiyozli shartlar bilan sotish, yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlarini bepul topshirish, davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog‘lar va shu kabilarni imtiyozli shartlar asosida xususiylashtirish hamda soliq to‘lashda ayrim imtiyozlar berish kabi holatlarda o‘z ifodasini topdi. Respublikada mulkni davlat tasarrufidan chiqarish chog‘ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta’minlandi.
2002-yil “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi va Prezident farmoni asosida 2002-yil fevraldan boshlab sug‘urta tashkilotlarining 3 yil muddatga daromad solig‘idan ozod qilinishi mamlakatimizda sug‘urta bozorini yanada erkinlashtirish va rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Mustaqillikning qo‘lga kiritilishi O‘zbekistonning tadrijiy taraqqiyot yo‘liga qaytishiga imkoniyat yaratdi. “O‘zbek modeli” konsepsiyasi asosida boshlangan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar respublikada tadbirkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bir necha bosqichlarda olib borildi.
Birinchi bosqich – 1991–1996-yillar. Bu bosqichda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish hamda bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosi bo‘lgan kichik mulkdorlar sinfining shakllantirilishidan boshlandi. Shu bilan birga, bu bosqichda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit, xususiy mulkni himoya qilishning konstitutsiyaviy huquqlari va kafolatlarini ta’minlovchi qonunlar qabul qilindi.
Ikkinchi bosqich – 1996–2000-yillar. Ushbu bosqichda keng qamrovli xususiylashtirish amalga oshirildi, iqtisodiyot sohalariga xususiy kapitalni jalb qilish imkoniyatlari kengaytirildi, dastlabki xususiy tijorat banklari va bankdan tashqari moliya institutlari (kredit uyushmalari) o‘z faoliyatlarini boshladi. 1996-yilda xalqaro iqtisodiy makonda yuz bergan paxta inqirozi uning narxini pasayib ketishiga, ayni vaqtda respublika iqtisodiga valuta tushumini ta’minlab turgan ushbu xomashyoning eksportidan tushadigan daromad shu yilning o‘zida 15% qisqarishiga sabab bo‘ldi. Boz ustiga, 1998–1999-yillardagi noqulay ob-havo sharoiti paxta hosildorligiga jiddiy zarar yetkazdi, natijada uning eksporti 25% ga qisqardi. Bunga javoban mamlakat hukumati e’tibori import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va bu davrda katta qiyinchilik bilan topilayotgan valuta zaxirasini saqlab turishga, undan unumliroq foydalanishga qaratildi.
Uchinchi bosqich – 2000–2016-yillar. Mazkur bosqichda xususiy tadbirkorlikni keng ko‘lamda rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish va uni kafolatlashga qaratilgan qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, 2000-yilda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun bilan tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mexanizmi soddalashtirildi, fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar taqdim etildi, tadbirkorlarning imtiyozli kredit olish uchun huquqlari mustahkamlandi.
2008-yilda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan kichik biznes subyektlarining tijorat banklari kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirildi, ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi yanada pasaytirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011–2015-yillarda O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish choralari to‘g‘risida”gi va “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va modernizatsiyalash hamda mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi.
To‘rtinchi bosqich – 2016-yildan boshlandi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2016-yil 5-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq tadbirkorlikni yanada jadal rivojlantirishga e’tibor kuchaytirildi. 2018-yil tasdiqlangan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga ikki yil muddatga moratoriy (to‘xtab turish) e’lon qilindi.
Erkin va maxsus iqtisodiy zonalar yaratilishi hamda ularning ahamiyati. 1996-yilda O‘zbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Qonunga binoan erkin iqtisodiy zona deganda muayyan mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma’muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo‘lgan maxsus ajratilgan hudud tushuniladi. Prezidentimizning 2008-yil “Navoiy viloyatida erkin industrialiqtisodiyzona tashkil qilish to‘g‘risida”gi farmoni asosida “Navoiy” xalqaro intermodal logistika markazi bunyod etildi. 2013-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax” maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida” va “Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida”gi farmonlari qabul qilindi. Mazkur farmonlar raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan zamonaviy, yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish, bu borada qulay shart-sharoitlarni shakllantirishga, ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish, yangi ish joylarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan.
Iqtisodiy zonalar kiritiladigan investitsiya miqdoridan kelib chiqqan holda 3 yildan 7 yilgacha muddatga bojxona va soliq to‘lovlaridan ozod etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil oktabrdagi “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi, 2017-yil “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari asosida bugungi kunda (2018) mamlakatimizda 10 hududda 14 ta erkin iqtisodiy zona faoliyat yuritmoqda. “Navoiy”, “Angren”, “Jizzax”, “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarida 62 loyiha amalga oshirilgan, 4 ming 600 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan. Farmatsevtika
sohasiga ixtisoslashgan “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm”, “Parkent-farm” singari 7 yangi korxonani qurib foydalanishga topshirish ishlari izchil olib borilmoqda. Prezidentning 2016-yildagi farmoniga ko‘ra “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi, “Angren” va “Jizzax” maxsus industrial zonalari nomini birxillashtirish maqsadida ular bundan buyon “Navoiy”, “Angren” va “Jizzax” erkin iqtisodiy zonalar deb yuritiladigan bo‘ldi.
Soliq tizimi. 1991-yil avgustda O‘zbekistonda eng zamonaviy shaklda, yangi tipdagi soliq tizimi yuzaga keldi. O‘zbekiston soliq organlari 1991- yilda qabul qilingan “Korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan olinadigan soliqlar to‘g‘risida”gi qonun, 2008-yilda yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Soliq kodeksi” asosida ish yuritmoqda.
Tibbiyot, ta’lim va sport obyektlarini saqlash xarajatlari korxonalarning soliqqa tortiladigan bazasidan chiqarilib, savdoda ilgari to‘lab kelingan uchta to‘lov o‘rniga esa yagona soliq to‘lovi joriy etildi. Rivojlangan davlatlar tajribasi asosida fuqarolarning yillik daromadlarini Deklaratsiya qilish tartibi joriy qilindi.
2008-yildan keyingi davrda ham mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi ham barqaror rivojlandi. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soliq yukini yanada kamaytirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovining 10 foizdan 8 foizga, 2009-yilda 7 foizga, keyinchalik ushbu ko‘rsatkichning 5 foizga tushirilishi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalarining kamaytirilishi va ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun rag‘batlantiruvchi omillar yaratdi.
2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida soliq solish tizimini izchillik bilan soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish orqali soliq yukini pasaytirish kabi vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalar ijrosi yuzasidan, shuningdek, soliq ma’muriyatchiligining zamonaviy uslublarini joriy etish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar yig‘iluvchanligini oshirish maqsadida 2017-yil 18-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. 2018-yil 1-yanvaridan
boshlab soliq organlari va halol soliq to‘lovchilar o‘rtasida ularga joriy soliq solish masalalarini hal etishda har tomonlama ko‘maklashgan holda kengaytirilgan axborot almashinuvini ta’minlaydigan soliq nazoratining zamonaviy shakli – soliq monitoringini joriy etish belgilandi.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin