Diniy bag‘rikenglik tamoyillari .Ilmiy manbalar o‘lkamizda qadim zamonlardanoq zardushtiylik, buddaviylik, yahudiylik, nasroniylik kabi murakkab ideologik tizimga ega dinlar tinch-totuv faoliyat olib borganliklaridan dalolat beradi. Bunday holatni hozirgi O‘zbekistondagi islom, xristian, yahudiy dinlari va boshqa konfessiyalarning o‘zaro munosabatlari misolida ham ko‘rish mumkin.
Umuman, O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan noislomiy konfessiyalar turli e’tiqodda bo‘lgan fuqarolar o‘rtasida totuvlik va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashda muayyan
mavqega ega.Ayni paytda O‘zbekistonda islom dini bilan bir qatorda, pravoslavlar, baptistlar, yahudiylar, adventistlar, katoliklar, lyuteranlar,krishnaitlar, buddistlar, pyatidesyatniklar, Iegova shohidlari, yangi havvoriylar, xristian-presviterianlar singari bir qancha din va mazhablar mavjud. Ulardan har birining o‘ziga xos mafkurasi, talab va ehtiyojlari mavjud.
Markaziy Osiyodagi musulmon va boshqa konfessiyalarga mansublar o‘rtasidagi munosabatlar ham siyosiy,ham maishiy darajada ikki asosiy xususiyatga asoslangan bo‘lib, bular o‘zaro hurmat va bag‘rikenglikdir. Bu munosabat har xil dinlar vakillarining
murakkab tarixiy jarayonlar sinovlarini mardonavor yengib o‘tishlari natijasida shakllangan. Mamlakatda tinchlik, taraqqiyot va farovonlik bo‘lishidan barcha din vakillari manfaatdor bo‘lib, ba’zi konfessiyalar vakillari O‘zbekistonda va xorijda tashkil etilayotgan ma’naviy va ma’rifiy tadbirlardagi ma’ruzalarida respublikada diniy bag‘rikenglik va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirmoqdalar. Bunday munosabat davlat tomonidan
ham taqdirlanmoqda. Mitropolit Vladimirning “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangani buning yorqin dalilidir.
Savol va topshiriqlar : 1.Bugungi kunda O‘zbekistonda qancha diniy tashkilotlar mavjud?
2. Konfessiyalararo munosabatlar deganda nimani tushundingiz?
3. Diniy bag‘rikenglikni kafolatlaydigan huquqiy-me’yoriy hujjatlarni sanab bering.
4. Diniy bag‘rikenglik tamoyillarini aytib bering.