Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə37/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

O‘zbekiston va YuNESKO. O‘zbekistonning BMT homiyligidagi ta’lim, fan va madaniyat bilan shug‘ullanuvchi xalqaro tashkilot – YuNESKO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 1993-yil 29-oktabrda YuNESKOning Parijdagi qarorgohida O‘zbekistonni YuNESKOga a’zolikka qabul qilish marosimi bo‘ldi. O‘sha kuni Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligini nishonlash YuNESKO dasturiga kiritildi. 1994-yil oktabrda Parijda Mirzo Ulug‘bek haftaligi tantana bilan o‘tdi. Xiva va BuxoroYuNESKOning jahon madaniy qadriyatlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu ro‘yxatda O‘zbekistondan 411 ta obyekt bor. YuNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi. YuNESKO Bosh Sh.Mirziyoyev BMT minbaridan Orol dengizi xaritasini namoyish qilmoqda.
2017-yil O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalqaro hamkorligi doirasida 21 ta oliy darajadagi tashrif, 60 ta davlat va xalqaro tashkilotlar bilan uchrashuv, 400 dan ortiq kelishuv va 60 mlrd AQSh dollari hajmidagi kelishuvlarga erishildi.
YuNESKO direktori Federiko Mayorning O‘zbekistondagi rasmiy tashrifi chog‘ida, 1995-yil iyul oyida mazkur institut ochildi. YuNESKO buyuk bobokalonimiz Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996-yil oktabrda Parijda Amir Temurga bag‘ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri YuNESKOning madaniy qadriyatlar ro‘yxatiga kiritildi. 1997-yilda jahon madaniyatining durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro anjuman va ko‘rgazmalar o‘tkazildi. Keyingi yillarda bu hamkorlik doirasi yanada kengayib bordi. Jumladan, YuNESKO xalqimizning Shashmaqom, Katta Ashula, Navro‘z kabi ko‘pgina ming yillik qadriyatlarini saqlab qolish va targ‘ib etishda keng ko‘lamli ish olib bormoqda.
Savol va topshiriqlar :
1. Orol muammosini bartaraf etish bo‘yicha qanday tadbirlar amalga oshirildi?
2. O‘zbekiston BMTga a’zo bo‘lishining ahamiyatlari haqida gapirib bering.
3. Markaziy Osiyo xaritasidan transchegaraviy daryolarni toping va sharhlang.
4. Oldingi darslarda olgan bilimlaringizga tayanib, YuNESKO homiyligida
yubileyi nishonlangan yurtimizdagi shaharlarni sanab bering.



Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin