Geostrategiya – davlatning xalqaro maydonda olib boradigan tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyati yo‘nalishlari. Geostrategiya milliy xavfsizlik doktrinasining ajralmas qismi bo‘lib, geosiyosiy yoki geoiqtisodiy makonda o‘z maqsadiga erishish uchun davlat tomonidan qo‘llaniladigan harakat texnologiyalarini ham o‘z ichiga oladi.
«Rangli inqilob» – bu XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi norozilik namoyishlari va ular natijasida yuz bergan hokimiyat almashinuvlarining umumiy nomi.
Shok terapiyasi – bu iqtisodiy nazariya, shuningdek, shu nazariyaga asoslangan keskin iqtisodiy islohotlar.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. SSSR parchalangandan so‘ng sobiq sovet davlati hududida MDH qanday rol o‘ynadi?
2. Mustaqillikka erishgan sobiq sovet respublikalari rivojlanishida qanday siyosiy va iqtisodiy muammolar vujudga keldi?
3. 2010-yillardan keyin Rossiya va MDH davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarda
qanday o‘zgarishlar yuz berdi?
4. 2000-yillardan boshlab MDH davlatlari rivojlanishida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?
5. Rossiyada Y. Gaydar hukumati tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar qanday natijalarga olib keldi?
6. 1990-yillari Rossiyada amalga oshirilgan eng muhim siyosiy islohotning mohiyati nimadan iborat edi?
7. Rossiyada 1990-yillari vujudga kelgan millatlararo tanglik qanday usullar bilan hal etildi?
8. XXI asrda Rossiya tashqi siyosatda qanday muammolarni hal qilishga urinmoqda?
17- MAVZU. 1991 – 2017-YILLARDA UKRAINA, BELARUS VA MOLDOVA RESPUBLIKALARI . BOLTIQBO‘YI DAVLATLARI REJA: 1. 1991-2017-yillarda Ukraina, Belarus va Moldava respublikasi 2. Latviya, Litva va Estoniya Ukraina. 1991-yil 24-avgustda Ukra ina o‘z mustaqilligini e’lon qildi. 1991-yil dekabrda o‘tkazilgan referendumda mutlaq ko‘pchilik aholi Ukraina mustaqilligi uchun ovoz berdi.
Referendum bilan birga Ukraina prezidentligiga o‘tkazilgan saylovlarda Leonid Kravchuk Ukrai naning birinchi prezidenti etib saylandi.
Mustaqillik e’lon qilindi. Ammo yuqori samarali, barqaror milliy iqtisodni tashkil qilmasdan real siyosiy mustaqillikni qaror top tirish mumkin emasdi. SSSRni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz, umumittifoq iqtisodiy kompleksining barbod bo‘lishi boshqalar qatori Ukrainaga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Mustaqillik e’lon qilinishi paytida Ukraina iqtisodiyoti kuchsiz holatda edi.
Inqiroz sanoat va qishloq xo‘jaligini qamrab oldi. Inqirozdan chiqishning ko‘plab dasturlari ishlab chiqildi, ammo ulardan birortasi ham oxirigacha amalga oshirilmadi.
XX asr 90-yillarining ikkinchi yarmidan ish haqidan qarzdorlikni bartaraf qilish, chet el kreditlari va valuta bozorini tartibga solish hisobiga iqtisodiy holat o‘zgardi, 1996-yili milliy valuta – grivna muomalaga kiritildi. Ammo kutilganidek, chet el investitsiyasi mamlakatga oqib kelmadi, grivna tez qadrsizlanib bordi.
XX asr oxiriga kelib, ko‘plab korxonalarda mulkdorlar almashdi, yangi xo‘jayinlar ishlab chiqarishni tiklashga kirishdi. Yuqori malakali va juda arzon ishchi kuchi hamda qudratli sanoat bazasi Ukraina iqtisodiga mablag‘ kiritishni foydali qilib qo‘ydi. Bu o‘zgarishlar iqtisodning bar qarorlashuvini, keyin esa iqtisodiy o‘sishni ta’minladi. Ammo bu ko‘pchilik MDH mamlakatlaridagi singari Ukrainada ham rahbar elitaning korrup siyalashuviga, aholi katta qismining esa qashshoqlashuviga olib keldi.
Ukrainada davlat qurilishi va siyosiy jarayonlar. Mustaqillikning dastlabki yillarida Ukraina oldida turgan eng muhim vazifalardan biri davlat qurilishi muammosi edi. 1996-yili qabul qilingan Ukraina konstitutsiyasi bu jarayonning huquqiy asosi bo‘ldi.
Ammo siyosiy beqarorlik va iqtisodiy qiyinchiliklar uzoq yillardan beri hal qilinmay kelinayotgan ijtimoiy muammolar bilan qo‘shilib, bir qator siyosiy inqirozlarga olib keldi. 2004-yilgi saylovlarda Viktor Yanukovichning g‘olib deb e’lon qilinishi ko‘pmingkishilik norozilik namoyishiga sabab bo‘ldi. Natijada, o‘tkazilgan uchinchi tur saylovlarida «Bizning Ukraina» bloki yetakchisi Viktor Yushchenko Ukraina prezidenti etib saylandi. Lekin V. Yushchenko mamlakatda katta ijobiy o‘zgarishlar qilishga erisha olmadi. Shu sababli 2010-yilgi saylovlarda
V. Yanukovich g‘olib chiqdi. U mamlakatdagi ijtimoiy tizimni to‘liq isloh qilishga kirishdi. Ammo uning 2013-yili Yevroittifoq bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuvni imzolashdan bosh tortishi siyosiy inqirozga sabab bo‘ldi. Kiyev va boshqa shaharlarda ommaviy norozilik chiqishlari bo‘lib, ular ijtimoiy tarmoqlarda «Yevromaydan» nomini oldi. V. Yanukovich Ukrainani tark etdi. 2014-yil bo‘lib o‘tgan saylovlarda Pyotr Poroshenko Ukraina prezidenti etib saylandi.
Qrim Avtonom respublikasi va Sevastopol shahri Rossiyaga qo‘shib olingandan so‘ng esa Ukraina bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar o‘ta keskinlashdi.
Ukrainadagi yangi hokimiyatni jahon jamoatchiligi tan oldi. Agar poytaxtda, shimoliy, markaziy va g‘arbiy mintaqalarda Yevrointegratsiya tomon intilayot gan yangi hukumat tezda tan olinib, aholining xayrixohligiga erishgan bo‘lsa, janubi-sharqiy hududlarda rusiyzabon aholining norozilik chiqishlari kuchayib bordi. Bu hudud aholisi tarixan Rossiya bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni saqlab qolishni talab qildi va o‘ta o‘ng, ekstremistik, millatchi guruhlarning o‘z mintaqasida tarqali shiga qarshi chiqdi. Rossiya parast yetakchilar bosh chi ligi dagi bu harakat lar Donetsk va Lugansk viloyatlarida qurolli qarama-qarshilikka aylanib ketdi. Ukraina rahbarlari bu hududlarda antiterror operatsiya boshlanishini e’lon qildi, bu esa ikki tomon o‘rtasida keng miqyosdagi urush harakatlariga olib keldi. 2014-yil sentabr oyida Belarus Respublikasi poytaxti Minsk
shahrida Rossiya, Ukraina hamda Donetsk va Lugansk viloyatlari vakillari o‘rtasida harbiy harakatlarni to‘xtatish to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Ammo 2015-yil yanvar oyining o‘rtalaridan janglar yana boshlanib ketdi. Shu yil fevral oyida Germaniya, Fransiya, Rossiya va Ukraina davlat rahbarlari Minsk shahriga yig‘ilib, Ukraina
sharqida harbiy mojaroni hal etish to‘g‘risida yangi kelishuv imzoladi (Minsk – 2). Ammo urush to‘xtamayapti. 2017-yil noyabr oyida artilleriyadan o‘zaro otishmalar yangidan boshlanib ketdi. G‘arb davlatlari va Ukraina bu mojaroda Rossiyani isyonchilarni qo‘llabquvvatlashda ayblab kelmoqda. Rossiya esa buni rad etib, mojaro Ukrainaning ichki ishi ekanligini ta’kidlamoqda.