Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi


– 2017-yillarda Boltiqbo‘yi davlatlari



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə47/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

1991 – 2017-yillarda Boltiqbo‘yi davlatlari.
Boltiqbo‘yi respublikalari deganda, odatda, Latviya, Litva va Estoniya tushuniladi.
Mustaqillik e’lon qilingandan boshlab Boltiqbo‘yi respublikalari jadal ravishda bozor iqtisodiyotini joriy qilishga, o‘zlarining G‘arb davlatlari bilan munosabatlarini mustahkamlashga kirishdi. Uchala davlat ham 2004-yilda NATOga, shu yili YIga a’zo bo‘ldi.
Mustaqillik yillarida obro‘li xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lgan bu davlatlar shiddat bilan iqtisodiy rivojlanish yo‘liga kirdi. Shu jadal rivojlanish tufayli ular «Boltiq yo‘lbarslari» deb ataldi. Ammo bunday shiddat li rivojlanish 2008 – 2009-yillardagi inqirozgacha davom etdi.
Latviya. 1988-yili tuzilgan Latviya Xalq fronti mustaqillik uchun kurash boshladi. Natijada 1990-yil 4-mayda Latviya o‘z mustaqilligini e’lon qildi.
Mustaqillik yillarida Latviya sovet davrida qurilgan yirik sanoat korxonalarini, jumladan, elektrotexnika buyumlari ni ishlab chiqaruvchi eng yirik VEF, mikroavtobuslar ishlab chiqaruvchi RAF zavodlarini yopdi. Bu ko‘plab tajribali ishchi-mutaxassislarning qisqarishiga, ishsizlar sonining keskin oshishiga olib keldi. Baliq mahsulotlarini qayta ishlash zavodi ham katta zarar ko‘rdi. Hokimiyatga kelgan yangi siyosiy kuchlar bank sektori va logistikani rivojlantirishga qaror qildi. Dastlab G‘arb davlatlarining investitsiyalari jadal iqtisodiy o‘sishga olib keldi. Ammo 2008-yilgi inqiroz chet el investitsiyalariga to‘liq qaram bo‘lgan mamlakat
iqtisodining o‘ta beqarorligini ko‘rsatdi va katta zarar yetkazdi. Shu davrdan Latviyada iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari tushib ketdi. 2010-yilga kelib mamlakat yalpi milliy mahsuloti hajmi 1990-yilgi ko‘rsatkichga ham yetmadi.
Ishsizlikning yuqori darajasi tufayli aholi ish izlab ommaviy ravishda G‘arb davlatlariga ketishga majbur bo‘lmoqda.
SSSR tarqalgandan so‘ng Latviya aholisi 400 ming kishiga kamaydi. Mamlakat oldida turgan muammolar dan yana biri etnik muammodir. Mustaqillik yillarida sovetlar davrida bu yerga ko‘chib kelgan rusiyzabon aholiga va ularning avlodlariga Latviya fuqaroligi berilma di. Rusiyzabon aholi hozir Latviya aholisining 30% ini tashkil qil moqda. Mamlakatda latish va rus millatiga mansub fuqarolar
o‘rtasida munosabat ham tarangligicha qolmoqda.
Litva. 1988-yil iyunda Litvada «Sayudis» («Harakat») tashkiloti tuzildi va o‘z oldiga Litvaning mustaqillikka erishishini ta’minlash vazi fasini qo‘ydi.
1990-yil 11-martda Litva Oliy Soveti Litva Respub likasining mustaqilligini e’lon qildi. Ammo mustaqillik osonlikcha qo‘lga kiritilmadi. 1991-yil 13-yanvar kuni Vilnyusda mustaqillikni qo‘llab o‘tkazilgan namoyishda teleminora va parlament binosini sovet qo‘shinlaridan himoya qilgan 14 nafar namoyishchi halok bo‘ldi. Shu davrdan Litva bilan tugab borayotgan SSSR rahbarlari o‘rtasidagi munosabatlar deyarli uzildi.
Bu respublikaning etnik tarkibi Latviya va Estoniyaga nisbatan birxilligi bilan ajralib turadi. Aholining 90% ga yaqinini litvaliklar tashkil qiladi. Shu sababli mustaqillikdan so‘ng mamlakatda yashovchi barcha aholiga millatidan qat’i nazar Litva fuqaroligi berildi.
Litva ham 2008-yildan keyin og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy inqirozni boshdan kechirdi. 2010-yili ishsizlar soni 20% ga yaqinlashdi. Odamlarning ish izlab ko‘plab Yevropa mamlakatlariga ko‘chib ketishi oqibatida aholi soni umuman o‘smayapti, aksincha, kamaymoqda. Inqiroz tufayli ko‘plab litvaliklar G‘arbga ko‘chib ketdi.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin