Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə50/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

Armaniston. 1991-yil 21-sentabrda Armanistonda respublika maqomi bo‘yicha referendum o‘tkazildi. Unda qatnashganlarning mutlaq ko‘pchiligi Arma nis ton ning SSSR tarkibidan chiqishi uchun ovoz berdi. Shundan so‘ng «Arma nistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risida deklaratsiya» qabul qilin di. Shu tariqa referendum Armanistonda respublika tuzumini o‘rnatdi. 1991-yil oktabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda Levon Ter-Petrosyan Arma nistonning birinchi prezidenti etib saylandi. Armanistonning mustaqil davlatga aylanishi boshqa respublikalarga nisbatan o‘zgacha asosda yuz berdi. XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmidayoq mustaqillik uchun kurash tashqi omil – Tog‘li Qorabog‘ muammosi qizigan bir paytda boshlandi. Tog‘li Qorabog‘ni qo‘shib olish arman jamiyatida etnik birlashish, tarixiy adolatning qaror topishi sifatida qaraldi. Bu kurash jarayonida kommunistik partiya rahbarlari o‘rniga kelgan milliy siyosiy elita shakllandi.
Shu elita bugun ham Armanis tonning rivojlanish yo‘nalishini belgilab kelmoqda.
SSSRning so‘nggi yillarida birinchilardan bo‘lib ittifoq markaziga qarshi kurash boshlagan Armaniston, mustaqillikdan so‘ng Moskva bilan munosabatlarini aniq belgilab oldi. Ayrim sobiq respublikalar qatorida sovetlarning aybi uchun zamonaviy Rossiyani ayblamadi. Buning sa bab laridan biri Tog‘li Qorabog‘ masalasida Armanistonning Rossiyaga tayanishi edi. Chunki Armanistonning Ozarbayjon va Turkiya bilan chegaralari amalda yopiq, Gruziya bilan munosabatlari murakkab, Eron bilan ancha jid diy geosiyosiy kelishmovchiliklar mavjud. Shu tariqa Rossiya Arma nistonning mintaqadagi yagona ittifoqchisi bo‘lib qolmoqda. 2008-yili Armaniston prezidenti etib saylangan Serj Sargsyan shu siyosatni ustalik bilan davom ettirib kelmoqda.
Armaniston sanoati asosan sovet davrida yaratilgan. U SSSRning ichki bozoriga dastgohlar, uskunalar, to‘qimachilik va boshqa sanoat mahsulotlari yetkazib berib, o‘rniga xomashyo va elektr energiyasi olardi. Qishloq xo‘jaligi yirik agrosanoat komplekslari bazasida rivojlandi.
1991-yil oktabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda Levon Ter Petrosyan Armanistonning birinchi prezidenti etib saylandi.
Armaniston – industrial-agrar mamlakat. Uning yerosti qazilma boyliklari ancha katta miqdorni tashkil qiladi. Sintetik kauchuk, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish va mashi na sozlik rivojlangan.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin