Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə53/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

Siyosiy texnologiya – bu siyosiy faoliyatning ma’lum usullari bo‘lib, ulardan jamiyatning ongiga ta’sir o‘tkazish orqali ma’lum bir siyosiy maqsadga erishish uchun foydalaniladi.
Transmilliy korporatsiya – bu bir nechta mamlakatlarda ishlab chiqarish bo‘limlariga ega bo‘lgan va faoliyatining asosini xalqaro biznes tashkil qiladigan kompaniya.
Milliy siyosiy elita (elita – eng yaxshisi, saralangani) – bu jamiyatni boshqarishning ma’lum layoqatiga ega bo‘lgan shaxslar guruhi bo‘lib, ular siyosiy hokimiyatni o‘z qo‘llarida jamlaydi, rahbar lavozimlarni egallaydi, jamiyatni boshqaradi.


19-MAVZU. G‘ARB MAMLAKATLARIDA INTEGRATSIYALASHUV JARAYONLARINING JADALLASHUVI. YEVROPA ITTIFOQI VA AQSH MUNOSABATLARI. 1991-2017-YILLARDA AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARI.
REJA:
1.G‘arb mamlakatlarida integratsiyalashuv jarayonlarining jadallashuvi.
2. Yevropa Ittifoqi va AQSH munosabatlari.
3. 1991-2017-yillarda Amerika Qo‘shma Shtatlari.
Integratsiyalashuv jarayonlari va ularning natijalari. XX asrning ikkinchi yarmida boshlangan kapital, tovarlar, xizmat ko‘rsatish va ishchi kuchining erkin harakatlanishi G‘arbiy Yevropa mam la kat larida rivojlanish va yashash darajasini bir-biriga yaqin lash tir di. Ishchi kuchlarining rivojlangan mamlakatlarga mavsumiy
yoki shartnoma asosida ishga borishi kam rivojlangan mamlakatlarda ishsizlik muammo sini hal qilishga ko‘maklashdi. Qoloq mintaqa larni rivojlantirish umumyevropa dastur lari ham bu mintaqalarning iqti sodiy o‘sishiga yordam berdi.
Integratsiya ta’sirida rivojlangan Yevroatlantika mamlakatlarida asta sekin yagona iqtisodiy siyosat modeli shakllanib bordi. Ular o‘rtasidagi asosiy farq iqtisodiyot ustidan davlat nazoratining darajasi, unga ta’sir ko‘rsatish usullari bilan bog‘liq edi.
1990-yillardan boshlab Yevropa integratsiyasining keyingi rivojlanishi ikki yo‘nalish bo‘yicha bordi. Birinchidan, yangi a’zolarni qabul qilish yo‘nalishi bo‘lib, 1996-yili a’zolar soni 15 taga yetdi. 2002-yili Kopenga genda (Daniya) bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Yevroittifoqqa yangi a’zolar – Vengriya, Kipr, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slova kiya, Sloveniya, Chexiya, Estoniya qabul qilindi. Albatta, yangi a’zolar uchun o‘tish davri ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu davr mobaynida ular o‘z qonunchiligini, moliyaviy va iqtisodiy tizimini yagona Yevropa talablariga moslashtirishi lozim edi. Ularga o‘zlarining ichki muammolarini hal qilish uchun Yevroittifoq budjetidan subsidiyalar berildi.
Ikkinchidan, integratsiyaning chuqurlashuvida Yevropa mamlakatlarida o‘zaro siyo siy munosabatlar sohasini ham qamrab olish yo‘lidan borildi. Yevropa par la mentining maqomi oshdi, Yevroparlamentga to‘g‘ridan to‘g‘ri saylovlar o‘tkaziladigan bo‘ldi. 1987-yili Yevropa Iqtisodiy Hamkorlik tashkilotini YIga aylantirish bilan u «ichki chegaralarsiz makon» bo‘lib qoldi. 1993-yili yagona Yevropa fuqaroligini ta’minlagan Maastrixt kelishuvlari kuchga kirdi. YIga kiruvchi
mamlakatlar fuqarolari hech qanday vizasiz Ittifoq ning istalgan mamlakatida o‘zi xohlagan muddat yashashi va mahalliy saylovlarda ishtirok etishi mumkin bo‘ldi. Qonunchilikni birxil lash tirish huquqiy me’yor larning yagona Yevropa tizimi shakllanishiga olib keldi. 2002yili Yevropada (Bu yuk Britaniyadan tashqari) yagona valuta – yevro joriy qilini shi YI davlat larini yanada yaqinlashtirdi. Keli shilgan yagona tashqi va mudofaa siyosati olib borilmoqda. Endi Yevropa Ittifoqiga amalda konfederatsiya tipidagi yagona davlat tuzilmasi sifatida qarash mumkin bo‘ldi. Yevroat lantika mamla kat larining keyingi integratsiyasi G‘arbiy Yevropa bilan Shimoliy Amerika davlatlarining yanada yaqinlashuvi asosida yuz bermoqda. Ammo so‘nggi paytlarda YIga kiruvchi bir qator davlatlar qarzining haddan oshib ketishi katta muammolarni keltirib chiqardi. 2015-yilgi saylovlarda Gretsiyada hokimiyatga kelgan A.Sipras boshchiligidagi so‘llar hukumati mamlakatning qarzini kreditorlar qo‘ygan shartlar bo‘yicha uza olmasligini e’lon qildi. Shundan so‘ng o‘tkazilganreferen dumda Gretsiya aholisining ko‘pchiligi hukumatni qo‘llab ovoz berdi. Gretsiya hukumati qarzlarning bir qismidan voz kechishlarini talab qildi. Gretsiya qarzini restrukturizatsiya qilish to‘g‘risida Yevrokomissiya kelishuvga erishgan bo‘lsa-da, Yevropa markaziy banki va Xalqaro valuta fondi bilan muzokaralar yana davom etdi.
Italiya va Ispaniyaning ham qarzlari juda katta miqdorni tashkil qiladi. Ayni paytda YIda iqtisodiy jihatdan yetakchilik qilayotgan Germaniya va Fransiyaning siyosiy bosimidan ham norozilik kuchayib bormoqda. Bu norozilikning yorqin namoyishi Buyuk Britaniyada 2016-yil iyunda o‘tkazilgan referendum bo‘lib, unda ishtirok etgan aholining yarmidan ko‘pi mamlakatning Yevropa Itti foqidan chiqishi uchun ovoz berdi. 2016yil sentabrda Bratislava shahrida bo‘lib o‘tgan YI rahbarlari yig‘ilishida ilk bor Buyuk Britaniya bosh vaziri qatnashmadi. Unda nutq so‘zlagan
GFR kansleri A. Merkel YI og‘ir inqirozda ekanligini tan oldi. Bu inqirozning yana bir namoyishi 2017-yil oktabr oyida Ispa niyaning Kataloniya avtonom viloyatida o‘tkazilgan referendum bo‘ldi. Uning natijalariga ko‘ra Kataloniya mustaqilligi e’lon qilindi. Ammo Madriddagi markaziy hokimiyat referendum natijalarini tan olmadi,
Kataloniya hukumati a’zolarini qamoqqa oldi va avtonomiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri Madriddan boshqarilishini e’lon qildi.
YI va AQSH munosabatlari. «Sovuq urush» yakunlanib, kommunizm xavfi bartaraf qilingandan so‘ng AQSH bilan YI o‘rtasidagi munosabatlarda ham o‘zgarish yuz berdi. 1990-yili YI va AQSH o‘rtasida Deklaratsiya – Transatlantik xartiya imzolandi. Unda ikkala tomonning yaqin hamkorligi, muhim masalalar bo‘yicha maslahatlashuvlari ta’kidlandi.
2002-yili Kopengagenda (Daniya) bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Yevroittifoqqa yangi a’zolar – Vengriya, Kipr, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Chexiya, Estoniya qabul qilindi. 2002-yili Yevropada (Buyuk Britaniyadan tashqari) yagona valuta – yevro joriy qilindi.
2015-yil saylovlarda Gretsiyada hokimiyatga A.Sipras keldi. YI va AQSH o‘rtasidagi munosabatlarning o‘ziga xos tomoni shundaki, unda an’anaviy ikki tomonlama shartnomalar mavjud emas. Bu munosabatlar xalqaro tashkilotlarning me’yor va qoidalari bilan tartibga solinadi.
2007-yili YI va AQSH Transatlantik iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish
to‘g‘risida kelishuv imzoladi va Transatlantik iqtisodiy kengash joriy qildi. Ammo tomonlar bu kelishuvni to‘liq amalga oshirishga shoshilmadi. 2000-yillar davomida bir qancha kelishuvlar imzolanib, ular tomonlar o‘rtasidagi aloqalarning turli xususiy jihatlarini tartibga solishga qaratildi.
AQSH va YI dunyoda eng yirik energiya iste’molchilari bo‘lib, ular atmosferaga eng ko‘p zaharli moddalarni chiqaradi. 2000-yillar boshlarida ikki tomon energetika samaradorligi, xavfsizlik va iqlim o‘zgarishi to‘g‘risida bayonot, Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risida BMT ning Parij konven siya sini imzo ladi. Ammo 2017-yili AQSH prezidenti D.Tramp mamlakatning bu konvensiyadan chiqishini e’lon qildi. AQSH bilan YI o‘rtasidagi munosabatlarda ma’lum kelishmovchiliklar mavjud. Bu kelishmovchiliklar ayniqsa xalqaro muammolarni hal etishdagi yondashuvlarning farqida keskin ko‘zga tashlanmoqda. AQSH xalqaro mojarolarni hal qilishda kuchga tayanish tarafdori, YI esa diplomatik imkoniyatlardan oxirigacha foydalanish lozim deb hisoblaydi. Shunga qaramasdan, ular o‘zaro siyosiy, harbiy-strategik va iqtisodiy hamkorlik manfaatlari orqali bir-biri bilan uzviy bog‘langan. AQSH va YI yagona Yevroatlantik sivilizatsiyaning vakillari bo‘lib, bu ular o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi asosiy omil hisoblanadi.


Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin