Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi


– 2017-yillarda Amerika Qo‘shma Shtatlari



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə54/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

1991 – 2017-yillarda Amerika Qo‘shma Shtatlari
1990-yillar boshida AQSH iqtisodiyotida qisqa muddatli retsessiya kuzatildi. O‘sish sur’atlarining pasayishi xo‘jalikning hamma jabhalarini qamrab oldi. Biroq, 1992-yil bahoridan yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari yana jadallasha boshladi.
Bill Klinton prezidentligining dastlabki uch yili AQSHning iqtisodiy rivojlanishi uchun muvaffaqiyatli kechdi. Bu davrda iqtisodiy konyunktura yaxshilanib, ishsizlik darajasi va inflatsiyaning pasayishiga olib keldi. B.Klinton prezidentligining ikkinchi muddatida uning ma’muriyati ijtimoiy sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratdi. Federal xarajatlarning asosiy qismi inson resurslarini rivojlantirishga sarflandi. AQSHni ijtimoiy davlatga aylantirish boshlan di. Bu siyosat B.Klintonning «yangi iqtisodiy falsafasi» nomini oldi.
XXI asr boshiga kelib AQSH iqtisodiyoti texnik taraqqiyotning asosiy manbayiga aylandi. Dunyo bo‘yicha yangi texnologiyalarni yaratishga sarflanayotgan barcha xarajatlarning 1/3 qismi AQSH ulushiga to‘g‘ri keladi. Dunyo ishlab chiqarishida yetakchi pozitsiyani ta’minlab turgan makro tex no logiya larning ham yarmi AQSHga tegishli edi. Jahonning iqtisodiy yetakchisi bo‘lgan AQSH davr muammolarini muvaffaqiyatli hal qilib, XXI asrga yangi iqtisodiyot bilan kirib keldi.
Biroq, 2007 – 2008-yillari AQSHning moliya sektorida boshlangan inqiroz 2009-yilga kelib dunyo miqyosidagi global retsessiyaga aylanib ketdi. 2009-yili jahonda ishlab chiqarilgan YIM Ikkinchi jahon urushidan beri birinchi marta salbiy ko‘rsatkichga tushib ketdi. Ishsizlikning misli ko‘rilmagan darajada oshishi mehnat bozorini kuzatishning butun tarixi davomida eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi va 2009-yili dunyoda ishsizlar soni 200 mln ga yaqin kishini tashkil qildi. Miqyosi va oqibatlari bo‘yicha bu inqirozni faqat 1930-yillardagi Buyuk depressiya bilan tenglashtirish mumkin. AQSH iqtisodiyoti 2014-yilga kelib ham to‘liq tiklanmadi.
Siyosiy rivojlanish. 1980-yillar – 1990-yillarning boshlari neokonservatizm
g‘oyasining tantanasi davri bo‘ldi. Bu yillari AQSH ichki taraq qiyotda ham, xalqaro maydonda ham katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Shunga qaramasdan, 1992-yilgi prezidentlik saylovlarida respublikachi J.Bush kutilmaganda yosh demokrat B.Klintonga yutqazib qo‘ydi. Biroq, demokratlar ham o‘z g‘alabasini mustahkamlay olmadi. 1994-yilgi oraliq saylovlarda demokratlar qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi. Ikkala palatada ham ko‘pchilik o‘rinlarni, ko‘plab shtatlarda gubernatorlik lavozimlarini ham respublikachilar egalladi. Respublikachilar partiyasining obro‘yi va ta’sirini tiklash uchun qulay sharoit paydo bo‘ldi. Ammo demokratlarning ichki va tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatlari 1996-yilgi saylovlarda ikkinchi marta B.Klintonning g‘alabasini ta’minladi. B.Klinton ma’muriyati ijtimoiy sohani o‘z siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qildi.
2000-yilgi saylovlarda yana respublikachilar vakili kichik Jorj Bush prezident etib saylandi. Uning ikkinchi muddat prezi dentlik davrida AQSH iqtisodiy inqirozni boshdan kechirdi. Natijada 2008-yili bo‘lib o‘tgan saylovlarda demokratik partiyadan yagona nomzod Barak Obama AQSH prezidenti etib saylandi.
B. Obama prezidentligining ikkinchi muddatida Iroq va Suriyadagi vaziyatning og‘irlashuvi, Yevropa mam lakatlari va AQSHning o‘zida ham terroristik xavfning kuchayishi kabi bir qator muammolar prezident va uning ma’muriyati obro‘yini tushirib yubordi.
1992-yil bahoridan yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari yana jadallasha boshladi.
1992-yilgi saylovlarda respublikachi J.Bush kutilmaganda yosh demokrat B.Klintonga yutqazib qo‘ydi. Natijada 2016-yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida demokratlar partiyasidan nomzod Xillari Klinton yutqazib qo‘ydi. AQSHning navbatdagi prezidenti etib respublikachilar partiyasidan nomzod Donald
Tramp saylandi.
D. Tramp ichki siyosatda Amerikaning buyukligini tiklash, tashqi siyosatda esa boshqa davlatlar ishlariga aralash maslikni e’lon qilgan edi. Ammo prezidentlik
say lov lariga ros siyalik xakerlarning aralashganligi to‘g‘ri sidagi gumonlar hamda prezident yordamchilarining Rossiya elchisi bilan xufiya uchrashuvlari D. Trampning obro‘yini tushirib yubordi. Bu esa unga o‘zining saylovoldi va’dalarini
bajarish imkoniyatini bermayapti.
Tashqi siyosat. 1990-yillari AQSH tashqi siyosatining asosiy tamoyillari o‘z ahamiyatini saqlab qoldi. Yuqori darajada rivojlangan sanoat mamlakati bo‘lgan AQSH turli mintaqalarda o‘zining hayotiy muhim manfaat larini himoya qilish uchun nafaqat harbiy vositalarga ega.
Sanoat, savdo, moliyaviy, ilmiy-texnik, madaniy va boshqa vositalar ham jahon siyosatida juda katta ahamiyat kasb etadi. AQSH xalqaro maydonda shu vositalarning barchasidan unumli foydalanmoqda.
B. Obama prezidentligining birinchi davrida dunyoda zo‘ravonlikka, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash, AQSHning dunyodagi yetakchilik pozitsiyasini tiklash hukumat tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qilindi. 2009-yili dunyoni yadro qurolidan xalos qilish, xalqlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida qilgan harakatlari uchun B. Obamaga Nobel tinchlik mukofoti berildi. Ammo ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash Afg‘onistonda to‘liq tugallanmay turib, Yaqin Sharqda keskinlikning yangi o‘chog‘i paydo bo‘ldi. Iroqda Saddam Husayn rejimi ag‘darilgandan so‘ng Suriyadagi Bashar Asad rejimiga qarshi kurashda mo‘tadil muxolifatchilarni qo‘llab-quvvatlagan AQSH hukumati ISHID ko‘rinishidagi yangi terroristik guruhning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Natijada AQSHning dunyodagi yetakchi davlat sifatidagi obro‘yiga putur yetdi.
D. Tramp ma’muriyatiga bir qator tashqi siyosiy muammolar meros qoldi. Ular avvalo xalqaro terrorizmga qarshi kurash hamda Yaqin Sharq va Afg‘oniston dagi ahvol bilan bog‘liq. Shuningdek, Xitoy va Rossiya bilan munosa batlarda ham taranglik mavjud bo‘lib, ular ham D. Trampdan diplomatik faollikni talab qilmoqda.
2017-yil noyabr oyida D. Tramp Xitoyga qilgan rasmiy tashrifi davomida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning iliqlashuviga, juda katta miqdordagi savdo va investitsiya kelishuvlariga erishdi.
Kapital – bu qo‘shimcha qiymat olishda foydalaniladigan moddiy, intellektual va moliyaviy vositalar yig‘indisi.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin