Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə62/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. 1990-yillar boshlarida Fransiyada qanday sabablar so‘l kuchlarning mag‘lubiyatiga olib keldi?
2. Fransiyada postindustrial jamiyatning shakllanishi nimalarda namoyon bo‘ldi?
3. 2010-yillar boshlarida qanday sabablar Fransiyada ijtimoiy holatni keskinlashtirdi?
4. XXI asrda Fransiya oldida qanday muammolar paydo bo‘ldi?
5. 1980 – 1990-yillarda Italiya jamiyatida qanday ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi?
6. «Halol qo‘llar» kampaniyasi Italiyada qanday natijalarga olib keldi?
7. XXI asr boshlarida Italiya iqtisodiy rivojlanishda qanday yutuqlarga erishdi?
8. Yangi asrda Italiyada qanday muammolar saqlanib qolmoqda?

22-MAVZU. OSIYO, AFRIKA VA LOTIN AMERIKASI MAMLAKATLARI SIYOSIY, IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHINING ASOSIY YO‘NALISHLARI. 1991-2017-YILLARDA XITOY XALQ RESPUBLIKASI VA YAPONIYA
REJA:
1. Modernizatsiyalashning murakkab yo‘li
2. Janubiy Osiyo mamlakatlarining o‘ziga xosligi.
3. Islom dunyosi.
4. XX asrda Lotin Amerikasi mamlakatlari
5.1991-2017-yillarda Xitoy Xalq Respublikasi va Yaponiya


Modernizatsiyalashning murakkab yo‘li. XX asr oxiriga kelib Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarida modernizatsiya muammolari chuqurlashib bordi. Bunda «sovuq urush»ning yakunlanganligi ham ma’lum rol o‘ynadi. SSSRdan yordam olib turgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi mamlakatlar u tarqalib ketgandan so‘ng og‘ir sharoitga tushib qoldi. Vyetnam, Laos, Angola, Mozambik,
Kuba, Nikaragua kabi SSSR yordamiga tayangan davlatlarda tuzumlar almashdi yoki rivojlanishning muqobil yo‘llariga o‘tildi.
XX asrning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan modernizatsiyaning ijobiy natijalari ham rivojlanayotgan mamlakatlarda bir qator muammolarni keltirib chiqardi. Ulardan biri demografik muammo bo‘lib, hozir Yer yuzi aholisi o‘sishining asosiy qismi rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri kel moqda. Hayot kechirish manbalarining cheklangani holda aholi so nining jadal o‘sishi dolzarb muammolarni yanada ko‘paytirmoqda. Jumladan, aholining eng boy qismi bilan eng kambag‘al qismi daromadi o‘rtasidagi farq juda yuqoriligicha qolmoqda.
Janubiy Osiyo mamlakatlarining o‘ziga xosligi. Modernizatsiyalashni maqsad qilgan Osiyoning eng yirik mamlakatlari (Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Filippin, Tailand va boshqalar) o‘zlari uchun yagona to‘g‘ri yo‘lni topishga harakat qildilar. Bu yo‘l ijtimoiy-siyosiy islohotlarni amalga oshirishda ehtiyotkorlikni, asosan ijtimoiy hayotning eng qoloq shakllarini bartaraf qilish bilan cheklanishni talab etardi.
Chet el kapitalini jalb qilishning sharti bo‘lgan ijtimoiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlashga katta e’tibor berildi. Shunisi diqqatga sazovorki, bu mamlakatlarda umumiy hayot darajasi ancha past bo‘lgan holatda eng boylar bilan eng kambag‘allarning daromadlari o‘rtasidagi farq uncha yuqori bo‘lmasdan, rivojlangan mamlakatlardagi ko‘rsatkichga yaqin. Hukumat jamiyatda norozilikning o‘ta kuchayishiga yo‘l qo‘ymas dan, modernizatsiyalashning puxta o‘ylangan strategiyasini olib bormoqda. Uning asosini davlat investitsiyalarini iqtisodiyotning
istiqbolli sektorlariga yo‘naltirish, proteksionizm siyosati, chet el kapitalini mahsuloti xaridorgir bo‘lgan sohalarga kiritish tashkil qildi. Janubiy Osiyo mamlakatlarida Yevropa tipidagi gigant-shaharlar, postindustrial zonalar, yuqori texnologiyali ishlab chiqarish, ilg‘or mamlakatlardagi zamonaviy fan yutuqlari darajasida faoliyat yurituvchi ilmiy markazlar paydo bo‘ldi.
Ammo hal qilinmagan muammolar ko‘p. Masalan, katta yoshdagi aholi ning qariyb yarmi savodsiz. Aholi o‘qishni ham, yozishni ham bilmaydigan bu mamlakatlarda modernizatsiya o‘choqlari qishloqlardagi natural xo‘jalik bilan yonma-yon faoliyat yuritmoqda.
Islom dunyosi. XX asr oxiri – XXI asr boshlarida islom mamlakatlari modernizatsiyaning murakkab bosqichini boshdan kechirmoqda. Erondagi 1979-yilgi islom inqilobi butun musulmon olamiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Ko‘plab mamlakatlarda mutaassib guruhlar paydo bo‘ldi yoki borlari faollashdi, ko‘plari maqsadga erishishning vositasi sifatida terrorni tanladi.
Bu jarayonda islom fundamentalizmi alohida rol o‘ynamoqda. Aslida fundamentalizm faqat islomga xos emas. Masalan, so‘nggi yillarda Hindis tonda hinduizmning dastlabki qadriyatlariga qaytishni talab qilayotgan kuchlar faollashib qoldi. Ammo hozir ko‘proq «islom fundamentalizmi» haqida gapirilmoqda. Hatto u XXI asrda xalqaro munosabatlarning ham asosiy muammosi bo‘lishi haqidagi taxminlar hozircha o‘zini oqlamoqda.
Islom fundamentalizmi turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Masalan, 1990-yillarning boshlarida arab mamlakatlari va Shimoliy Afrikada «Musulmon birodarlar» kabi terrorchi guruhlar faollashdi. Ular ayrim arab davlatlari tomonidan moliyalashtirildi. Ba’zi islom davlatlaridagi ekstremistik guruhlar Usoma bin Lo din yetakchiligida «Jihod xalqaro fondi»ni tashkil qildi, bu tashkilot butun dunyo bo‘ylab terroristik aktlarni rag‘batlantirdi.
XXI asr boshlarida AQSH «demokratiya o‘rnatish» bahonasida Iroq va Liviya kabi suveren davlatlarda hokimiyatni qurol kuchi bilan ag‘darib tashladi. Natijada mintaqada terroristik oqimdagi mutaassib tashkilotlar kuchayib, bo‘shab qolgan hokimiyatni egallash uchun kurash boshladi. Iroq, Liviya, Suriya urush alangasida qoldi. ISHID terro rchilik tashki loti atrofida dunyoning barcha qismidan terror chilar
yig‘ilib, islom bayrog‘i ostida jang olib bormoqda.
Islom fundamentalizmi – bu oddiy terrorizm emas, u favqulodda ko‘pqirrali va xavfli hodisa. Unga juda ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lmoq lozim. Haqiqiy dinni uning nomidan terror uyushtirayotgan, jahonda tinchlikka xavf solayotgan guruhlardan ajrata olishda odamlarga yordam ko‘rsatish, islom dinining tinchliksevar din ekanligini asoslash bugungi kunda islom nazariyotchilarining dolzarb vazifasi
bo‘lib qolmoqda.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin