Devalvatsiya – bu qat’iy xalqaro valutaga nisbatan milliy valutaning rasmiy kursini pasaytirish.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. Vyetnamda 1991-yili boshlangan iqtisodiy islohotlar qanday natijalarga olib keldi?
2. XXI asrda Kambodja va Laosda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda?
3. Narasimxa Rao hukumati amalga oshirgan islohotlar natijasida Hindiston 1990-yillari qanday yutuqlarga erishdi?
4. A.B.Vajpai hukumati qanday muhim tadbirlarni amalga oshirdi?
5. Hindiston XXI asrda qanday yutuqlarga erishishni maqsad qilib rivojlanmoqda?
6. XXI asrda hind jamiyati oldida qanday dolzarb muammolar turibdi?
7. 1990-yillar oxiri – 2000-yillari Turkiyadagi siyosiy jarayonlarning o‘ziga xos tomoni nimalardan iborat?
8. Turkiyadagi siyosiy jarayonlarda islom omili qanday rol o‘ynaydi?
9. Turkiyaning iqtisodiy rivojlanishida qanday muammolar mavjud?
10. Yaqin Sharqdagi voqealar Turkiyaning tashqi siyosatida qanday rol o‘ynamoqda?
24-MAVZU. 1991-2017-YILLARDA ERON ISLOM RESPUBLIKASI, POKISTON VA AFG‘ONISTON REJA: 1. Eron Islom Respublikasi 2. Pokiston va Afg‘oniston Eron Islom Respublikasi. XX asrning ikkinchi yarmi Eron jamiya tida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy beqarorlik davri bo‘ldi. Ammo aynan shu davrda mamlakat uchun eng muhim voqealar sodir bo‘lib, ular ma’lum ma’noda zamonaviy Eronning taraqqiyot yo‘lini belgilab berdi.
Shu davrda Eron Islom Respublikasida muhim siyosiy jarayonlar yuz berib, jahon tarixida ilk bor inqilobiy islom XX asrda butun islom sivilizatsiyasi oldida turgan muammolarni hal qilishning vositasiga aylandi. Islom dini Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada juda qudratli ijtimoiy-siyosiy kuch sifatida maydonga chiqdi va ushbu mintaqalarda G‘arb qadriyat larining joriy qilinishiga faol qarshi turmoqda.
1990-yillar boshlarida Eronning iqtisodi ham barqarorlashib, YIM ning jadal o‘sishiga olib keldi. Islom radikalizmi ham biroz susaydi. Eron jahon sport va madaniyat maydoniga qaytdi. 1999-yili Eronning «Osmon bolalari» filmi AQSHda «Oskar» mukofotiga tav siya qilindi. Mamlakatda chet el musiqasi va internet-kafelarga ruxsat berildi. Ayollar ham faol ijtimoiy hayotga qaytdi.
Eron xalqaro yakkalanishdan qutulish uchun islohotlar o‘tkazishga majbur bo‘ldi. 1997-yili islohotchilik qarashlarini qo‘llab-quvvatlovchi M. Hotamiy prezident etib saylandi. U Eronda demokratik va tolerant jamiyat qurishga qaratilgan islohotlarning boshlanganligini, shuningdek, G‘arb mamla katlari bilan munosabatda ijobiy o‘zgarishlar bo‘lishini e’lon qildi. Ammo islohotlarni amalga oshirishda Muhammad Hotamiy mutaassiblarning qat’iy qarshiligiga duch keldi.
2001-yil 11-sentabr kuni Nyu-Yorkda amalga oshirilgan terrorchilik aktidan so‘ng AQSH Eronni «xalqaro terrorizmning sherigi» deb atadi. Bu tamg‘adan qutulish uchun Eron ancha ishlarni amalga oshirdi. «Hizbulloh» rahbarlari Erondan quvib chiqarildi, Sudan, Liviya, Bosniyadagi eronlik diniy maslahatchilar chaqirib olindi.
Ammo, shunga qaramasdan, AQSH Eronni yashirin ravishda yadro quroli yaratish ustida ish olib borayotganlikda aybladi. 2002-yili AQSH prezidenti J.Bush Eronni «yovuzlik tayanchi» mamlakatlari qatoriga qo‘shib, terrorizmni moliyalashtirishda aybladi.
AQSH Eronni xalqaro izolatsiya qilishga harakat qildi. Ammo bu harakat Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya tomonidan ma’qullanmadi hamda Eronga harbiy texnika yetkazib berayotgan va atom elektro stansiyasini qurayotgan Rossiyaning qarshiligiga uchradi.
2005-yili ultrakonservator Mah mud Ahmadi na jod ning prezident etib saylanishi Eronda islohotlarning borishini, mam la katning jahon hamjamiyatiga qaytishini biroz susaytirdi. M. Ahmadinajod o‘zidan oldingi prezidentlarning bir qator liberal islohotlarini to‘xtatib qo‘ydi.
Humayniy vafotidan so‘ng Eronda saqlanib qolayotgan teokratik rejim yanada kuchaydi. Islom huquqiga (shariatga) asoslangan qonunlar inson huquqlari bo‘yicha qator muammolarni vujudga keltirdi. Masalan, shu davrda Eron o‘lim jazosini amalga oshirish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda (Xitoydan so‘ng) turardi. 2006-yili mamlakatda ikki yuzdan oshiq kishi, jumladan, yetti nafar balog‘at yoshiga yetmagan bolalar qatl qilindi. Tashqi siyosatda M. Ahmadinajod konservativ qarashlarga amal qildi. U J. Bush ma’muriyatini keskin tanqid qildi, Eronning arab
mamlakatlari va Rossiya bilan hamkorligini kuchaytirish tarafdori bo‘ldi.
2009-yili navbatdagi prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovlarda amaldagi prezidentdan tashqari yana uch nafar nomzod qatnashdi. Asosiy kurash konservatorprezident M. Ahmadinajod bilan islohotlar va’da qilayotgan Mir-Husayn
Musaviy o‘rtasida kechdi. Ammo birinchi turdayoq M. Ahmadinajod g‘alaba qozondi.
Muxolifat saylovlar natijasini tan olmadi. Tehron va boshqa bir qator shaharlarda namoyishlar va politsiya bilan to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ayrim muxolifatchi partiyalarning a’zolari qamoqqa olindi.
Mavjud muammolarga qaramas dan, XXI asrda Eron qashshoqlik, savodsizlik va jaholat botqog‘iga botgan mamlakatga mutlaqo o‘xshamaydi. Zamo na viy Eron – O‘r ta Sharqning eng yirik iqtisodiyotiga ega bo‘lgan industrial mamlakat. U 2009-yili Semnondagi kosmodromdan Safir – 2 raketasi yordamida o‘zining «Umid» nomli sun’iy yo‘ldoshini fazoga chiqarib, koinotni o‘zlashtirayotgan davlatlar qatoridan o‘rin egalladi.
Eronda ta’lim va fan rivojlangan, urbanizatsiya darajasi 70 % ga yaqinlashmoqda, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Eron yoshlar mamlakati, aholisining yarmini 30 yoshdan kichik bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi. Eronning zamonaviy muammolari ichida eng dolzarblari ishsizlik va infl atsiya darajasining yuqoriligi bo‘lib kelmoqda.
2013-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan prezi dentlik saylovlarida Hasan Ruhoniy ning g‘alaba qozonishi Eronda yuz berayot gan chuqur o‘zgarishlarni ifoda etadi. Eronning jahon hamjamiyatiga to‘laqonli integratsiyalashuviga to‘siq bo‘lib turgan yadroviy dasturi ham o‘n yildan oshiq davom etgan muzokaralardan so‘ng 2015-yil iyulda Eron bilan oltita davlat (AQSH, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Fransiya,
Germaniya) vakillari tomo nidan imzolangan kelishuv orqali hal qilindi. Eron 15 yil
ichida boyitilgan uran ishlab chiqarmaydigan, evaziga G‘arb davlat lari 2015-yil oxiridan boshlab unga qarshi qo‘llanilgan sanksiyalarni bos qich ma-bosqich bekor
qila digan bo‘ldi. Shunday sharoitda, 2016-yil fevral oyida Eronda parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Say lovlarda islohotchilar koalitsiyasi konservatorlardan ko‘proq ovoz oldi. Bu mamlakatdagi ijobiy o‘zgarishlar uchun yaxshi asos bo‘lib, prezident Hasan Ruhoniy obro‘yining yuqoriligini namoyish qildi.