Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə78/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

Unifikatsiya – bu bitta tizim yoki shaklga keltirish.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi globallashuv jarayoni nimalarda namoyon bo‘ladi?
2. Atrof-muhit va inson salomatligining yomonlashuviga qanday omillar sabab bo‘lmoqda?
3. Ekstremizmning g‘oyaviy xavfi qanday ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi?
4. Zamonaviy mutaassib diniy guruhlarning ekstremistik xavfi nimada?
5. Nima uchun terrorizm ekstremizmning eng xavfli turi hisoblanadi?
6. Tabiiy resurslarning kamayishi va atmosferaning ifl oslanishi insoniyat oldiga qanday muammolarni qo‘ymoqda?
28-MAVZU. XX ASR OXIRI – XXI ASR BOSHLARIDA
BARQAROR RIVOJLANISH VA ETNO-IJTIMOIY
MUAMMOLAR
REJA:
1. Barqaror xavfsiz rivojlanish muammolari.
2. Irqchilik va irqiy kamsitilishga qarshi kurash
3. XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi etno-ijtimoiy muammolar.
Barqaror xavfsiz rivojlanish muammolari. Barqaror rivojlanish – bu iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar jarayoni bo‘lib, unda tabiiy resurslardan foydalanish, investitsiyalarni yo‘naltirish, ilmiy-texnik taraqqiyotning yo‘nalishini belgilash, shaxsning rivojlanishi va institutsional o‘zgarishlar bir-biri bilan moslashtiriladi, inson ehtiyojlari va intilishlarini qondirish uchun bugungi va istiqbolli imkoniyatlar kuchay tiriladi. Bulardan maqsad, albatta, kishilarning sifatli yashash darajasini ta’minlashdir.
Insoniyatning barqaror xavfsiz rivojlanishi ko‘p jihatdan xalqaro hamkorlikka ham bog‘liq. Sanoatni energiya va resurslar sarfini kamaytiruvchi yuqori texnolgiya lar ga asoslangan postindustrial tizimga o‘tkazish hozirgi sivilizatsiya zimmasiga tushayotgan yukni ancha kamaytirishi mumkin. Masalan, so‘nggi 50 yil ichida ilm-fan yutug‘i natijasida dunyoda yonilg‘i sarfining keskin kamayishi tabiatdan oshiq cha boyliklarni olmasdan, atrof-muhitni iflos qilmasdan yuqori texnologiyalar asosida mahsulot olish mumkinligini isbotladi.
Tabiatni himoya qilish bo‘yicha alohida davlatlar tomonidan olib borilayotgan tadbirlar bilan bir qatorda, bu sohadagi xalqaro hamkorlik ham rivojlanmoqda. Atrof-muhitni himoya qilish va barqaror taraqqiyot bo‘yicha 1992-yili Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan konferensiyada XXI asrdagi harakat, jumladan, butun insoniyat uchun barqaror-xavfsiz rivojlanish konsep siyasini ishlab chiqish dasturi qabul qilindi. Dunyoning yetakchi mamlakatlari ozon qatlamini yemiruvchi moddalarni atmosferaga chiqarishni kamaytirish va keyinchalik butunlay to‘xtatish majburiyatini oldilar. Yadro tex no logiyalaridan foydalanuvchi davlatlar atom elektrostansiyalari xavfsizligining xalqaro standartlariga rioya qilmoqdalar.
Shunga qaramasdan, global, umumjahon miqyosida barqaror-xavfsiz taraqqiyot modeliga o‘tish muammosini yechish uchun hozircha sharoit yaratilgan emas. Ammo insoniyat shu yo‘nalishda rivojlanmoqda, hamkorlik qilishda davom etmoqda. Bu insoniyatning ertangi kuniga ishonchini mustahkamlaydi.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin