Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi


Potensial – bu qaysidir soha, jabhada mavjud barcha imkoniyatlar, vositalar yig‘indisi; keng ma’noda «zaxira» vositalari. Irqchilik –



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə80/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

Potensial – bu qaysidir soha, jabhada mavjud barcha imkoniyatlar, vositalar yig‘indisi; keng ma’noda «zaxira» vositalari.
Irqchilik – bu irqlarning teng emasligi, «oliy» irqlarning «past» irqlar ustidan hukmronlik qilishi to‘g‘risidagi g‘ayriilmiy, reaksion nazariya.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Etno-ijtimoiy muammolar deganda nimani tushunasiz?
2. Migratsion jarayonlar etno-ijtimoiy munosabatlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
3. Irqchilik va irqiy kamsitilish deganda nimani tushunasiz?
4. Etno-ijtimoiy munosabatlarga migratsion jarayonlarning ta’siri nimalarda namoyon bo‘lmoqda?
5. SSSR parchalangandan keyin sobiq sovet respublikalarida etnoslararo mojarolar kelib chiqishining qanday sabablari bor edi?


29-MAVZU. XX ASR OXIRI – XXI ASR BOSHLARIDA ILMIY-TEXNIK TARAQQIYOT. ILM-FAN, ADABIYOT, SAN’AT
REJA:
1. ITI va uning natijalari
2. Tabiiy fanlar va tibbiyot
3. Qadriyatlar tizimidagi o‘zgarishlar.
4. Adabiyot. San’at.
ITI va uning natijalari. XX asrning ikkinchi yarmidagi ilmiytexnik inqilob so‘nggi yuz yil davomida ilm-fan rivojlani shining qonuniy natijasi bo‘ldi. Bu inqilobning asosiy belgilari tabiiy va sintetik materiallardan mahsulotlarni ommaviy ishlab chiqarish, mashinalar dan keng foydalanish, ishlab chiqarishning konveyerli liniyalarini, zavod-avtomat larni va sanoat robotlarini yaratish bo‘ldi. ITI jahonning
ilg‘or mamlakatlarini sivilizatsiyaning industrial bosqichidan postindustrial davriga olib chiqdi.
Axborot va yangi texnologiyalarning jadal rivojlanishi, XX asrning so‘nggi 30 yilida yuz bergan yangi texnologik inqilob, umumiy kompyu ter lashti rish va ja mi yatning axbo rotlashuvi, ishlab chiqarishning intellektuallashuvi kabi jarayonlar rivojlangan mamlakatlarda jamiyatning mutlaqo yangi hola tini keltirib chiqardi. Buni olimlar «axborot ja mi yati» deb atamoqdalar. Olim larning fikricha, «ax bo rot jamiyati» industrial jamiyatdan keyin keladigan, jamiyatning ancha yuqori bos qichidir. Hozir indus trial rivojlangan mamlakatlarda intellektual mehnat bilan band bo‘lgan aholi soni butun ishchi kuchining yarmiga yaqin lashmoqda. AQSH va Yaponiyada bu ko‘rsatkich yanada yuqori. Agar Afrikada aholining 2/3 qismi qishloq xo‘jaligi sohasida band bo‘lsa, AQSHda bu ko‘rsatkich 3% dan oshmaydi. AQSHda
axborot texnologiyalari sohasida 80% aholi mehnat qilmoqda.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin