Harbiy xavf-xatarlar. XX asrning 50-yillarida dunyoning bir guruh mashhur olimlari yadro qurolini ommaviy qo‘llash sivilizatsiyaning to‘liq yo‘q qilinishiga olib keladi, degan ogohlantirishlari bilan chiqdilar. Haqiqatan, yadro quroli barcha tabiiy ofatlarga qaraganda ham ko‘proq vayron qilish qudratiga ega. Bu qurolning paydo bo‘lishi tufayli tarixda ilk bor inso niyatning o‘zini o‘zi yo‘q qi lish xavfi paydo bo‘ldi. Hozirda sivilizatsiyani muqarrar halokatga olib kelish uchun Yer yuzida to‘plangan yadro qurollarining 1%ini qo‘llash yetarli ekan. Ayni paytda insoniyat uchun harbiy xavf-xatar XXI asrda ham bartaraf etilmadi. AQSH va Rossiya kabi yetakchi yadroviy davlatlar o‘rtasidagi ziddiyat va ishonchsizlik saqlanib qolar ekan, yadro urushi xavfi ham bartaraf qilinmaydi, insoniyat bunday urush xavfi dan qutulmaydi. Shuningdek, dunyoda yadro quroliga yoki uni tez yaratish imkoniyatiga ega davlatlar sonining muttasil oshib borishi ham insoniyat uchun katta xavf bo‘lib qolmoqda.
Kimyo va gen muhandisligining yutuqlari tufayli kimyoviy hamda bakteriologik qurollarni takomillashtirish imkoniyatlari ham insoniyatni tashvishga solmoqda. Bunday qurollarni yaratishning nisbatan arzonligi, nazorat qilishning murakkabligi, bu esa ko‘plab kishilarning yo‘q qilish imkoniyatini yaratmoqda, kichik to‘qnashuv o‘choqlarida paydo bo‘lish xavfini oshirmoqda.
Ekstremizm va terrorizm. Zamonaviy jamiyatning ko‘plab muammolari orasida so‘nggi paytda bir-biri bilan uzviy bog‘langan ikki muammo – ekstremizm va terrorizm alohida o‘rin tutadi. Ekstremizm va terrorizm insoniyatning ijtimoiy qadriyatlariga katta zarar yetkazadi, jamiyatda insonning himoyalanganlik hissini poymol qiladi.
Ekstremizm – bu ijtimoiy-siyosiy, diniy, milliy maqsadlarga taqiqlangan usullar orqali erishishning nazariyasi va amaliyoti. Taqiqlangan usullar deganda inson huquq va erkinliklariga qonunda man etilgan kuch ishlatish, zo‘rlik yo‘li bilan tajovuz qilish tushuniladi.
Ekstremist o‘zining siyosiy, diniy yoki boshqa ijtimoiy xavfli g‘oyala ri haqligiga ishongan va ularni kishilar, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirish uchun harakat qiladigan «g‘oyaviy» jinoyatchi. Bugun o‘zining mutaassib g‘oyalarini isbotlash va ularni jamiyatning asosiga aylantirish uchun harakat qilayotgan, o‘z faoliyati davomida dahshatli g‘ayriinsoniy usullardan foydalanayotgan bu guruhlar shunday ekstremistlardir.
Ekstremizmning eng xavfli shakli terrorizmdir. Terrorizm – bu davlat hokimiyati va mahalliy boshqaruv organlari hamda xalqaro tashkilotlarning qarorlar qabul qilish jarayonida aholini qo‘rqitish yoki qonunga xilof boshqa harakatlar bilan bog‘liq zo‘ravonlik orqali ta’sir ko‘rsatish mafkurasi va amaliyotidir. Ya’ni terrorchilar hech narsa bilan chegaralanmagan vahshiyliklar, masalan, aholi to‘plangan joyda portlash sodir etish, ommaviy qatl qilish kabi usullar orqali siyosiy hokimiyatga intiladilar. Ular hozirda ayniqsa diniy niqob dan keng foydalanmoqda.
Masalan, «Al-Qoida», ISHID kabi islom dinini niqob qilib olgan terrorchi tashkilotlar bugun dunyoning eng katta ekstremistik va terroristik xavfiga aylan di. Bu xavfni bilmaydigan yoki oxirigacha tushunib yetmayotgan kishilar, ayniqsa, yoshlar terrorchilar changa liga ilinib qolmoqda.
Ekstremistik g‘oya lar ning yoyili shida Internet va boshqa zamonaviy axborot vositalari ham ma’lum salbiy rol o‘ynamoqda.
Yaqin Sharqdagi notinch holat, u yerdan o‘n minglab qochoqlarning Yevropaga intilishi butun dunyoda terrorizm xavfini keskin oshir di. Eng xavflisi, zamonaviy kishilarga yot bo‘lgan qo‘rqinch va xavotir holati butun dunyoni qamrab olmoqda.
Tabiiy resurslar muammosi va biosferaning ifloslanishi. Yer yuzidagi hayotga tahdid qilayotgan xavflardan yana biri insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq. Inson ishlab chiqarish faoliyati ning Yer biosferasiga salbiy ta’siri kun sayin oshib bormoqda. Keyingi yillarda sayyoramizni quyoshning radioaktiv nurlaridan himoya qilib turgan ozon qatlami buzilmoqda. Oqi batda odamlarning saraton kasalligiga yo‘liqishi, hayvon va o‘simliklarning kasallanishi xavfi oshmoqda. Atmosferaga is gazlarining ko‘plab chiqarili shi global iqlim o‘zgarishi jarayonini boshlab berdi. Natijada sayyoramizda o‘rtacha harorat yil sayin oshib bormoqda. Kelajakda qutb muzliklari, Gren landiya va Antarktida muz qatlamlarining erishi, dunyo okeani sathining ko‘tarili shi, qirg‘oq bo‘yida gi yuz lab shaharlarni, keng hosildor yerlarni suv bosishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda hal qilinishi lozim bo‘lgan shunday eng katta muammo – bu Orol dengizi muammosi. So‘nggi qirq yil mobaynida Orol dengizi havzasi keskin qis qardi, suv hajmi kamaydi, uning minerallashu vi esa o‘nlab marta oshib, dengizni tirik organizmlarning yashashi uchun yaroqsiz holga keltirdi. Bugunga kelib, dengizning 90 % idan ortiqrog‘i qurib bo‘lgan. Bunday manzara Orolbo‘yi aholisi, ayniq sa, bolalar sog‘lig‘i, millat genofondi, atrof-muhit musaffoligiga jiddiy zarar yetkazmoqda.
So‘nggi davrda Yer yuzi aholisining katta qismi to‘plangan shaharlarda inson o‘tmishdagiga nisbatan ancha katta axbo rot ta’siriga uchramoqda. Natijada asab-psixologik, saraton va yurak-qon tomir kasalliklari ko‘payib bormoqda. Yuz yillar davomida shakllangan turmush tarzidagi o‘zgarishlar, ayniqsa, zamonaviy qulayliklar natijasida harakatning kamayishi ham inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Albatta, yuqorida keltirilganlar insoniyat hal qilishi lozim bo‘lgan muammolarning barchasini qamrab olmaydi. Ulardan ayrimlari, masalan, insoniyatning ma’naviy inqirozi, axloqiy buzilish kabi muammolar juda murakkab bo‘lib, ularning hal qilinishi Yer yuzida insoniyatni saqlab qolish va keyingi rivojlanishini ta’minlash uchun favqulodda muhim hisobla nadi. Shu qatori insoniyat oldida jamiyat va tabiat o‘rtasidagi muvozanatni tiklash, ekologik, texnologik va ijtimoiy jarayonlarni uyg‘unlashtirish, ijtimoiy tanglikni bartaraf qilish va natijada
insoniyat sivilizatsiyasini saqlab qolishdek olamshumul murakkab vazifa turibdi. Bu muammolarni hal qilish insoniyatdan, eng avvalo, hamkorlik va hamjihatlikni talab qiladi.