Buyuk Britaniya XXI asr boshlarida. XXI asr boshlarida Buyuk Britaniya G‘arbiy Yevropaning boshqa davlatlari singari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda katta muvaffaqiyat lar ga erishdi. Mamlakatda favqulodda qulay holat vujudga keldi. Iqti sodiy o‘sish ko‘rsatkichlari yuqori, ish siz lik va inflatsiya esa so‘nggi o‘n yillar ichida eng past bo‘ldi.
E. Bler hukumati ijtimoiy ehtiyojlar uchun davlat xarajatlarini oshirish siyosatini yuritdi, bu mablag‘larning katta qismi ish o‘rinlarini yaratishga sarfl andi. Hukumat ishsizlikni ancha qisqartirishga erishdi.
Ammo ijtimoiy ta’minot sohasida hukumat bir qator qat’iy qadamlar qo‘yishga majbur bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash davlat xizmati, pensiyalar va ommaviy ta’limga davlat xarajatlari qisqartirildi.
Tashqi siyosatda Buyuk Britaniyaning 2003-yili Iroqqa qarshi koalitsiyada ishtiroki jamiyatda qizg‘in bahslarni keltirib chiqardi. Buyuk Britaniya ushbu «antiterror» koalitsiyada AQSHning asosiy ittifoqchisiga aylandi. Ammo ko‘pchilik inglizlar bu urushga qarshi edi. Leyboristlarning so‘l qanoti ham urushga keskin qarshi chiqdi. E. Bler siyosatidan norozilik ramzi sifatida tashqi ishlar vaziri Robin Kuk iste’ foga chiqdi. Shunga qaramasdan, 2005-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida kichik farq bilan leyboristlar partiyasi g‘olib chiqdi. Natijada E. Bler uchinchi muddatga bosh vazir etib saylandi.
2005-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida kichik farq bilan leyboristlar partiyasi g‘alaba qozondi.
Buyuk Britaniya 2003-yili Iroqqa qarshi koalitsiyada ishtirok etdi. 2005-yil Londonda to‘rtta terrorchilik akti amalga oshirildi, natijada o‘nlab kishilar halok bo‘ldi. Javobgarlikni «Al-Qoida» xalqaro terrorchilik tashkiloti o‘z zimmasiga oldi.
2006-yilgi Isroil-Livan urushi yakunlangandan so‘ng, AQSH ortidan Isroilning yonini olgan Britaniya bosh vaziri E. Blerning iste’fosi ta lab qilindi. E. Blerning muddatidan oldin iste’foga chiqi shini ko‘pchilik britaniyaliklar ham qo‘llab-quvvatladi, ular bosh vazirning amerikaparast siyosatidan norozi edi.
2007-yil iyunda E. Bler iste’foga chiqdi. Leyboristlar partiyasining ichki saylovlarida partiyaning yangi yetakchisi va bosh vazir lavozim la ri ni Gordon Braun egalladi. G. Braun jahon iqtisodiyotining global lashuvi taraf dorlaridan edi. Tashqi savdoda proteksionizm siyosatiga qarshi chiqdi.
Faoliyatining dastlabki davrida G.Braun bir qator tashabbuslar bilan chiqdi va ular jamoatchilik tomonidan ijobiy qabul qilindi.
2008-yili boshlangan jahon moliyaviy inqirozi sharoitida G. Bra unning bank tizimini xonavayron bo‘lishdan saqlab qolishga, biznesni qo‘llab quvvatashga qaratilgan qat’iy harakatlari uning obro‘yini oshirdi. Shunga qaramasdan, 2010-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida konservatorlar partiyasi g‘alaba qozondi. Konservatorlar yetakchisi Devid Kemeron Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini egalladi.
D. Kemeron hukumatining davlat xarajatlarini tejash uchun qilgan bir qator harakatlari natijasida YIMga nisbatan budjet tanqisligi qisqardi. Shunga qaramasdan, bu muammo hamon dolzarbligicha qolmoqda. Bu davrdagi iqtisodiy qiyinchiliklar davlatning butunligiga ham raxna sola boshladi. 2014-yil sentabrda Shotlandiyada Buyuk Britaniyadan ajralib chiqish masalasida umumxalq referendumi o‘tkazilib,
unda 45% aholi mus taqillik uchun ovoz berdi.
2015-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida konserva torlar partiyasi yana g‘alaba qozondi. Saylovoldi kampaniyasi davrida bosh vazir D. Kemeron agar konservatorlar g‘alaba qozonsa, Buyuk Brita niyaning Yevroittifoqdan chiqishi masalasini ko‘tarishga va ushbu masala bo‘yicha referendum o‘tkazishga va’da berdi. 2016-yil iyun oyida bo‘lib o‘tgan referendumda ishtirok etgan Buyuk Britaniya aholisining 50 % dan ortig‘i mamlakatning Yevropa Itti foqidan chiqishi uchun ovoz berdi. Shundan so‘ng bosh vazir D. Kemeron iste’foga chiqdi. Buyuk Britaniya bosh vaziri lavozimini Tereza Mey egalladi.
XX asrning ikkinchi yarmida Buyuk Britaniya mustamlaka imperiyasi to‘liq tugatildi. Ammo Buyuk Britaniya uncha osonlik bilan bo‘lmasa-da, jahonda o‘zining siyosiy va iqti sodiy mavqeyini saqlab kelmoqda. 2016-yil Yevropa Ittifoqidan chiqish uchun ovoz bergan ko‘pchilik inglizlar ham buni Tereza Meymamlakat mustaqilligini qadrlashlari bilan izohladi. Nima bo‘lganda ham, Buyuk Britaniya XXI asrda jahon hamjamiya tining eng muhim a’zolaridan biri bo‘lib qolmoqda.