Proteksionizm – ichki bozorni ma’lum cheklovlar (import va eksport boj to‘lovlari, subsidiyalar va boshqa tadbirlar) orqali chet el raqobatidan himoya qilishga qaratilgan siyosat.
Taktika – bu ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qo‘llaniladigan usul va vositalar yig‘indisi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar 1. Gerxard Shryoder hukumati iqtisodda va ijtimoiy sohada qanday chuqur islohotlar o‘tkazdi?
2. «Merkel davri» mamlakat tarixida qanday o‘rin tutadi?
3. Germaniyada A. Merkel davrining tashqi siyosati haqida nimalar bilasiz?
4. Zamonaviy Germaniyada bugun qanday muammolar mavjud?
5. 1990-yillar oxirida konservatorlar partiyasining mag‘lubiyati sabablari nimada?
6. E.Bler kabineti faoliyatining asosiy yo‘nalishi nimalardan iborat bo‘ldi?
7. D. Kemeron kabinetining iste’foga chiqishining sabablari nimada edi?
8. Buyuk Britaniyaning YIdan chiqishida nimalar asosiy omil bo‘ldi?
21-MAVZU:1991-2017-YILLARDA FRANSIYA VA ITALIYA REJA: 1. XX asr oxirlarida Fransiya. Postindustrial jamiyat. 2. XXI asrda Fransiya. 3. 1990-yillarda Italiya. 4. Italiya XXI asrda XX asr oxirlarida Fransiya. 1980-yillar oxirida Fransiya hukumati korxonalar, banklar va sug‘urta kompaniyalarini ommaviy xususiylashtirish siyosatini e’lon qilgan edi. Xususiylashtirish yo‘llaridan biri – korxonaning uning ishchilari tomonidan sotib olinishi bo‘ldi. Ishchilar soni 500 dan 1 ming nafargacha bo‘lgan korxonalarning chorak qismi shu yo‘l bilan sotib olindi. Iqtisodiy taraqqiyotning 1989 – 1992-yillarga mo‘ljallangan rejasi pul aylanishi barqarorligini ta’minlashni, inflatsiyaning pasayishini va iqtisodning raqobat bardoshligini qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutardi.
Fransiyani sotsialistlar boshqargan 1980 – 1990-yillar boshlarida xalqaro hayotda eng muhim voqealar sodir bo‘ldi: «sovuq urush» yakunlandi, Germaniya birlashdi, Sovet Ittifoqi va Yugoslaviya tarqalib ketdi, G‘arbiy Yevropa birlashdi. Fransiya prezidenti Fransua Mitteran va uning hukumati Germaniya bilan yaqinlashish va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining birlashishini o‘zining asosiy vazifasi deb bildi. Germaniya bilan birga Fransiya G‘arbiy Yevropani birlashtirishning eng faol ishtirokchi si bo‘ldi. 1990-yil yanvarda Lyuksemburgning Shen gen shahrida Fran siya hukumati Shengen kelishuvini imzoladi. Unga binoan
Yevropa Iqtisodiy Hamkorligi (YIH) mamlakat lari fuqarolari vizasiz va bojxona nazoratisiz bir-biriga bemalol o‘tishi mumkin bo‘ldi.
So‘llar hokimiyatda turgan yillarda ular tarafdorlari kutgan natijalarga erishilmadi. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari juda past bo‘ldi. 1993yili ishlab chiqarish hajmi qisqardi. Ishsizlik mislsiz darajaga yetdi. Sotsialistlarning obro‘yi tushib ketdi. Markaziy va Sharqiy Yevropada kommunistik rejimlarning qulashi, SSSR va Yugoslaviyaning tarqalib ketishi, Rossiya hukumati tomonidan rasman kommunizmning qoralanishi nafaqat kommunist larni, balki butun sotsia listik g‘oyalar va qadriyatlar tizimini obro‘sizlantirdi.
1993-yili Milliy majlisga bo‘lib o‘tgan saylovlarda o‘ng kuchlar parlamentda mutlaq ko‘p o‘ringa ega bo‘ldi. Fransiyaning urushdan keyingi tarixida so‘l kuchlar ilk bor shunday qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi. So‘l kuchlar bunday mag‘lubiyatdan so‘ng uzoq vaqt inqirozdan chiqa olmadi.
1995-yilgi prezidentlik saylovlarida Jak Shirak g‘olib chiqdi va ishsizlikka qarshi kurashni, jamiyatning boylar va qashshoqlarga bo‘linishini bartaraf qilishni asosiy vazifa deb e’lon qildi. Tashqi siyosatda uning asosiy faoliyati Fransiyaga Yevropa Ittifoqining «yetakchisi» va butun dunyo uchun «erk mayog‘i» rolini qaytarishga qaratildi. Yangi hukumat davlat budjeti kamomadini kamaytirish, bandlikni ta’minlash rejasini e’lon qildi. 1996-yildan YIMning o‘sish sur’atlari, kapital kiritish va shaxsiy iste’mol hajmi oshdi.
1990-yil yanvarda Lyuksemburgning Shengen shahrida Fransiya hukumati Shengen kelishuvini imzoladi. Postindustrial jamiyat. 1990-yillari Fransiyada postindustrial jamiyatning shakllanish jarayoni davom etdi. Ilmiy-texnik inqilobning
shiddat bilan rivojlanishi Fransiyaning qiyofasini o‘zgartirdi. Parij va boshqa yirik shaharlarda osmono‘par binolar paydo bo‘ldi. Butun mamlakatni avtomobil yo‘llari va soatiga 250 – 300 km tezlik bilan yuradigan temiryo‘l trassalari qamrab oldi. Angliya bilan hamkorlikda qurilgan La-Mansh bo‘g‘ozi ostidan o‘tgan temiryo‘l tonneli (Yevrotonnel) – XX asrning eng buyuk muhandislik yutuqlaridan biri 1994-yil may oyida tantanali ravishda ochildi.
Boshqa rivojlangan mamlakatlardagi singari Fransiyada ham elektronika, informatika va ular bilan bog‘liq sanoat sohalari jadal rivojlandi. Industrial jamiyatning ramzi bo‘lgan sanoat sohalari – metallurgiya, ko‘mir qazib chiqarish kabi sohalar asta-sekin tushkunlikka yuz tutdi.
XXI asrda Fransiya. XX – XXI asrlar chegarasida Fransiya barcha muhim ko‘rsatkichlar bo‘yicha dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatoriga kirdi. Ammo 2008 – 2009-yillardagi jahon moliyaviy inqirozi Fransiya iqtisodiga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 2007-yili Fransiya prezidenti etib saylangan Nikolya Sarkozi o‘ng konservativ «Xalq harakati uchun ittifoq» partiyasining yetakchisi edi.
2012-yilgi saylovlarda Fransiya prezidenti lavozimiga saylangan FSP (Fransiya sotsialistik partiyasi) yetakchisi Fransua Olland Fran siya ning Yevroittifoqdagi rolini yanada oshi rish, Yevropa siyosatida yetakchi davlatlardan
biri sifatidagi o‘rnini saqlab qolish uchun harakat qildi. U 2012-yili boylar uchun qo‘shimcha soliq o‘rnatish tashabbusi bilan chiqdi. Bu tashabbus konstitutsion sud tomonidan bekor qilindi. So‘ng bir jinsli shaxslar o‘rtasida nikohni yoqlab chiqib, uni qonunlashtirdi. Bu katolik cherkovining noroziligiga sabab bo‘ldi.
Suriya va boshqa urush harakatlari bo‘layotgan Sharq mamlakatlaridan kelayotgan muhojirlar oqimi ham Fransiyadagi ijtimoiy holatni keskinlashtirdi. 2015-yil noyabr oyida Parijda sodir etilgan terroristik akt oqi batida yuzdan oshiq kishi halok bo‘ldi, uch yuzdan oshiq odam yaralandi. Bu terro rchilik aktlarini ISHID terrorchi guruhi o‘z zimmasiga oldi.
Hukumat tomonidan barcha ehtiyot choralari ko‘rili shiga qaramasdan, terroristik aktlar yana takrorlandi.
F.Olland Fransiya tarixidagi eng nufuzsiz prezident bo‘lib tarixga kirdi. U 2017-yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlariga o‘z nomzodini qo‘ymadi. Aprel oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarning ikkinchi turida «Olg‘a!» harakatining vakili Emmanyuel Makron g‘alaba qozondi. Ayni paytda bu saylovlar Fransiyada ham Germaniyadagi singari multikulturalizm siyosatining barbod bo‘lganligini ko‘rsatdi. Muhojirlar sonining oshishi, terrorizm xavfining kuchayishi sharoitida o‘ng Milliy front partiyasining obro‘yi oshib bordi. Milliy front vakili Marin Le Pen ilk bor prezidentlik saylovlarida ikkinchi turga chiqib, qariyb 34% ovoz oldi.
Mamlakatdagi ko‘plab muammolarga qaramas dan, XXI asr boshlariga kelib, Fransiya ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatdan dunyoning yetakchi davlatlaridan biri bo‘lib qolmoqda.