Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi


-yillarda Yaponiyaning rivojlanishi



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə64/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

1990-yillarda Yaponiyaning rivojlanishi. Bu davrda Yaponiya siyosiy hayotida liberal-demokratik partiyaning (LDP) obro‘yi tiklandi. 1990-yili hokimiyatga kelgan Tosiki Kayfu Yaponiyaning xalqaro obro‘yini oshirishga erishdi. 1990-yili Quvaytning Iroq tomonidan anneksiya qilinishi paytida Yaponiya xalqaro harbiy kontingentga, shuningdek, Misr, Iordaniya va Turkiyaga moliyaviy yordam tarzida bir necha milliard dollar mablag‘ ajratdi.
1990-yillardan iqtisodiyotda davlat sektorining ulushi kamayib bordi. Shuningdek, sanoatni davlat tomonidan tartibga solish ham susaydi. Bu davrda Yaponiyaning asosiy eksporti chetga kapi tal chiqarish bo‘lib qoldi. Chet davlatlarda joylash tirilgan inves titsiyalar miqdori 1 trln dollardan oshib ketdi. Yaponiya mehnat unumdorligi bo‘yicha ham G‘arbiy Yevropa mamla kat laridan o‘tib, AQSHga tenglashib bordi. 1990-yillari butun dunyoda ishlab chiqarilgan videoapparaturalarning 90% i, sanoat robotlarining 2/3 qismi Yaponiya hissasiga to‘g‘ri kelardi. Ammo tashqi bozorga bog‘liqlik 1997 – 1998-yillardagi «Osiyo inqirozi» paytida Yaponiya uchun katta qiyin chiliklar tug‘dirdi. Shunga qaramasdan, Yaponiya iqtisodiyoti inqirozlar davrida o‘zining moslashuvchanligi va chidamliligini namoyish qildi.
Ichki siyosatda 1990-yillar hukumat beqarorligi bilan xarakterlanadi. Bu yillari Yapo niyada bir necha koalitsion hukumatlar almashgan dan so‘ng 1996-yil yanvarda LDP yana bir partiyali hukumat tuzishga erishdi. Unga Ryutaro Xasimoto boshchilik qildi. U «olti islohot»: 1) soliq; 2) ta’lim sohasida; 3) ijtimoiy ta’minotda; 4) iqtisodiyotda davlat boshqaruvini pasaytirish bo‘yicha; 5) ma’muriy boshqaruvni detsentralizatsiyalash bo‘yicha; 6) sanoat kompaniyalariga yer uchastkalari ajratish
bo‘yicha islohotlar boshlanishini e’lon qildi. Shuningdek, R.Xasimoto yangicha diplo matiyani na-Keydzo Obuti moyish qilib, tashqi siyosatda «yevroosiyochilik» konsepsiyasini tatbiq etishga urindi. U Yapo niyada bir qator terrorchilik aktlarini amalga oshirgan «Aum Sinrikyo» sek tasi faoliyatiga chek qo‘yishda qat’iy harakatlari bilan ham tanildi.
XX asr oxirida Yaponiya ichki siyosatida LDP yetakchilikni saqlab qoldi. 2000-yil Yaponiya bosh vaziri Keydzo Obuti vafot etgandan so‘ng bu lavozimni Yosiro Mori egalladi.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin