Reja: Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi


Markaziy Osiyo davlatlari



Yüklə 216,49 Kb.
səhifə51/86
tarix05.12.2023
ölçüsü216,49 Kb.
#173875
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   86
5.ma\'ruzalar matni-2023-2023

Markaziy Osiyo davlatlari. Markaziy Osiyo mamlakatlariga, odatda, O‘zbekistondan tashqari Qozo g‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston kiradi.
Qozog‘iston Respublikasi. 1991-yil 16-dekabrda Qozog‘iston o‘z mus ta qil ligini e’lon qildi. Shu yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti etib say landi. 1993-yil Qozog‘istonning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Unda eng katta vakolatlar prezidentga berildi. Hukumat iqtisodiy islohotlarni boshlab yubordi.
1993-yil noyabrda milliy valuta – tenge muomalaga kiritildi. Shu yil dekabrda Qozog‘is ton hukumati yirik neft konsernlari bilan Kaspiy dengizining shimoliy qismida qidiruv o‘tkazish to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Yirik korxonalarni xususiylashtirish amalga oshirildi. Shu yili parlament mamlakat poytaxtini Akmola shahriga ko‘chirish to‘g‘risida qaror qildi. U 1998-yildan «Ostona» deb ataladigan bo‘ldi. O‘tgan davrda Qozog‘iston iqtisodiyotining asosiy sohalari neft, gaz va metallurgiya bo‘lib qoldi. Aynan shu sohalarning hisobiga iqtisodiyotning boshqa sohalarida ham jadal o‘sishga erishildi.
2007-yil fevralda N. Nazarboyev prezidentning vakolat muddatini yetti yildan besh yilga o‘zgartirish, parlament deputatlari sonini oshirish tashabbusi bilan chiqdi. Bu MDH davlatlarida keng tarqalgan siyosiy texnologiya bo‘lib, konstitutsiyada bir
kishining ikki muddatdan oshiq prezident bo‘lishiga qo‘yilgan taqiqni chetlab o‘tishning yo‘li bo‘lib qoldi. N. Nazarboyev ham konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishdan so‘ng pre zidentlik saylovlarida yana o‘z nomzodini qo‘yish imkoniga ega bo‘ldi.
2010-yili Qozog‘istonning birinchi prezidenti – Elboshi to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Ammo 2011-yili Mangistau viloyatida mehnat sharoiti va oylik maoshidan norozi bo‘lgan neft konlari ishchilarining mustaqillik davridagi eng yirik norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.
Janaozen shahridagi tartibsizliklarda 15 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab namoyishchilar qamoqqa olindi.
2015-yili bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida N. Nazarboyev g‘alaba qozondi. Turkmaniston. 1991-yil 26-oktabrda referendum o‘tkazilib, unda qatnashganlarning aksariyati Turkmaniston musta qil ligi uchun ovoz berdi. 1991-yil dekabrda mamlakat MDHga a’zo bo‘ldi. 1999-yildan Xalq Majlisi qaroriga ko‘ra Saparmurod Ni yozov davlat boshlig‘i lavozimini umrbod egalladi. S.Niyozov hukumati muxolifatchi partiyalar Saparmurod Niyozovfao liyatini taqiq ladi. U «Turk man boshi» unvonini oldi. S. Niyozovning «Ruhnoma» nomli kitobi ommaviy axborot vositalarida keng targ‘ib qilinib, o‘quv yurtlarida o‘qitildi. S. Niyozov 2006-yili vafot etdi. Turkmaniston prezi denti etib Gurbanguli
Ber di muhamedov saylandi.
Mustaqillik yillari avvalida Turkmaniston iqtisodiyoti chuqur inqirozda edi. 1998-yili YIM hajmi 1991-yilga nisbatan ikki marta kama yib ketdi. Mamlakatda oziq-ovqat tanqisligi yuz berdi, aholining yashash darajasi keskin tushib ketdi. Bir qator kundalik iste’mol mollarini fuqarolar o‘rtasida bepul tarqatish va xizmatlarni bepul ko‘rsatish to‘g‘ri sida qaror qabul qilinishi ahvolni biroz yaxshiladi. Gaz qazib chiqarishning o‘sishi ham mamlakat iqtisodiga katta madad bo‘ldi.
2000-yillarning boshlaridan Turkmaniston inqirozdan chiqib oldi. Tabiiy boyliklar, birinchi o‘rinda tabiiy gazning juda katta zaxiralari ko‘plab mamlakatlar va transmilliy korporatsiyalarni o‘ziga jalb qilmoqda. Ammo so‘nggi yillarda jahonda uglevodorodlarga talabning pasayishi bilan Turkmaniston iqtisodiyoti ning o‘sish sur’atlari susaydi. 2015-yili mamlakatda boshlangan moliyaviy inqiroz 2016-yili yanada avjiga chiqdi.
2017-yil sentabr oyida Ashxobod shahrida Yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlari o‘tkazildi. Bu o‘yinlar Turkmanistonning sayyohlik salohiyatini oshirishga va chet el investitsiyalarining ko‘payishiga xizmat qilishi mumkin.
Tojikiston. 1991-yil 9-sentabr kuni Tojikiston o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Mustaqillikdan keyin mamlakatning turli mintaqalaridagi mahalliy elitalar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash qizib ketdi. Bu kurash 1992-yildan 1997-yilgacha davom etgan fuqarolar urushiga olib keldi. Urushdan mamlakat juda katta iqtisodiy zarar ko‘rdi.
1994-yil 6-noyabrda Tojikiston konstitutsiyasi qabul qilindi va shu kuni o‘tka zilgan prezidentlik saylovlarida Imomali Rahmonov Tojikiston Prezidenti etib saylandi.
Mamlakatda tinchlik o‘rnatilgandan so‘ng, hukumat Ros siya, Xitoy, Eron bilan hamkorlik qilib, mamlakat iqtisodiyotini tiklashga kirishdi. Tojikiston tog‘li o‘lka bo‘lganligi uchun uning gidroenergetika imkoniyatlari katta.
Tojikiston 2000-yil Yevroosiyo iqtisodiy hamkorligini ta’sis qilish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. U Shanxay hamkorlik tashkilotiga, Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risida shartnoma tashkilotiga qo‘shildi. Tojikiston, Rossiya, Xitoy va Eron bilan hamkorlikda bir necha yirik investitsion loyihalarni amalga oshirishni boshladi.

Yüklə 216,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin